Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.71K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Seminar_trening

JAMOATCHILIKKA MAS'UL XODIMLAR UCHUN TRENING O'TKAZILDI

🔴Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining OAV va jamoatchilikka mas'ul xodimlari uchun o'quv-treninglari bo'lib o'tmoqda.

❗️Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo'layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga qaratilgan. Umid qilamizki, bu yerda egallagan ko'nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo'ladi.

📍O'quv-treningda, shuningdek AOKA Davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sadoqat Aslanova ham ishtirok etib, ma'ruza qildi.

👉
Treninglar haqida saytimizda batafsil o'qing.
#Seminar_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yangi baholash tizimiga o'tayotganligi munosabati bilan kriterial baholash tizimi mezonlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Unda ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining pedagog-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

📆Seminar-treninglar 2 kun davom etadi.

📌Ma'lumot o'rnida, Agentlik tomonidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi-summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, unda baholash jarayonlarida inson omilini minimallashtirishga ustuvorlik berilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

🔰Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, yosh avlodni vatanga sadoqat va ma'nan yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur
seminar-treninglardan ko'zlangan maqsad ham bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maktab mas'ullariga metodik yordam ko'rsatishdan iborat.

O'ylaymanki, bugungi seminarda o'rgangan bilimlaringiz kelgusi faoliyatingizda ham asqotadi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar

Joriy yilning 31-may kuni Yangi O'zbekiston universitetida Prezident ta'lim muassasalari agentligi, Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Times Higher Education (THE) reyting agentligi ishtirokida seminarlar bo‘lib o‘tdi.

🖇 Seminar avvalida, Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi.

📌 Shundan so‘ng, Times Higher Education tashkilotining boshqaruv direktori Elizabet Shepard, tashkilotning Markaziy Osiyo/Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Lachin Italmazova tomonidan Respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarining rektor, prorektor va reytinglar bilan ishlashga ma'sul xodimlari uchun seminarlar tashkil etildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun “Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarovaning video-murojaat orqali yig’ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Har qanday taraqqiyot ta’limdan, maktabdan boshlanadi. Zero, sifatli ta’lim tizimi va malakali o’qituvchi hamma narsani o’zgartira oladi. Bugungi seminar-treninglar ham yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish va yangi metodikalarni o’zlqshtirishga qaratilgan. Mazkur bilimlar kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo’lishiga ishonaman.

❗️Tadbirda, shuningdek, o’quv yili davomida yuqori ko’rsatkichlar qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.

📍Ma’lumot uchun, treninglarda 300 ga yaqin rahbar va pedagog-kadrlar ishtirok etishmoqda.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Қўлланма_тақдимоти

"YUKSALISH YO'LIDA 45 QADAM" - O'QITUVCHILAR UCHUN YANGI INNOVATSION QO'LLANMA TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" mavzusidagi seminar-treningning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev va UNESCOning Toshkentdagi vakili Sara Noshadi so'zga chiqib, ta'limda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida so'z yuritishdi.

❗️Ochilish marosimida, shuningdek "Yuksalish yo'lida 45 qadam" qo'llanmasining taqdimoti o'tkazildi.

Mazkur innovatsion qo'llanma UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, 2 kunlik trening davomida o'qituvchilarning fikr-mulohazalari asosida mazkur qo'llanmani yanada takomillashtirish ko'zda tutilgan.

⚡️Bundan tashqari, tadbir doirasida Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilarining ijodiy ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

👉 Seminar-treninglar va innovatsion qo'llanma haqida batafsil saytimizda o'qing.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" treninglarining ochilish marosimidan video-lavha.

#1_kun #Trening #Қўлланма_тақдимоти

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#seminar #testologiya

📢Qishki ta’til o’quv seminari

Ta’limga to‘g‘ri yondashuvning eng muhim bo’g’ini bu baholashdir. Keyingi yillarda TEST baholashning eng xolisona va qulay shakli sifatida e’tirof etilmoqda. Test ma`lum o`quv materiali asosida tuziladigan, bilimlarni nazorat qilish maqsadiga qaratilgan, faoliyatda bilimlarni tekshirish vazifasini bajaradigan,berilgan javoblardan eng to`g`risini ajratish metodi sanaladi. Testlarni o`rinli qo`llash har doim ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko`rsatib kelgan.

📝11-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o`qituvchilar uchun semenar tashkil etildi. Semenarda testolog mutaxassis A. Solijonov maktab pedagoglariga testologiya va uning talablari haqida batafsil tushuncha berib, savollar tuzishda ahamiyat beriladigan quyidagi jihatlarini ta`kidlab o`tdi: savol matnining aniqligi mantiqiyligi va to‘g‘riligi; so‘z shaklining bir xilligi; javoblarning bir xil shaklda , bir xil so‘z hajmida berilishi; javoblarning bir xil miqdorda berilishi.

Shuningdek, A.Solijonov o`z taqdimotida test tuzishdagi quyidagi muhim jihatlar ham qayd etdi:

🔴Amaliyot tahlili
🔴So`rovnoma, tadqiqot
🔴Spetsifikatsiya ishlab chiqish
🔴Test tuzish
🔴Aprobatsiya
🔴Statistik tahlillar
🔴Testni shakllantirish
🔴Test o`tkazish
🔴Natijalarni e`lon qilish

➡️Semenar qizg`in baxs- munozaralarga boy bo`ldi va o`qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.

↔️

📢Образовательный семинар зимних каникулов

Наиболее важной частью правильного подхода к образованию является оценивание. В последние годы наиболее объективной и удобной формой оценивания признан ТЕСТ. Тест основан на определенном учебном материале, направлен на контроль знаний, выполняет задачу проверки знаний в деятельности, считается методом отделения наиболее правильных ответов. Надлежащее использование тестов всегда положительно сказывалось на качестве образования.

📝11 января в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми был организован семинар для учителей. На семинаре эксперт по тестированию А. Солижонов дал школьным педагогам детальное представление о тестологии и её требованиях, а также подчеркнул следующие аспекты, важные при составлении вопросов: ясность, логичность и правильность текста вопроса; однородность словообразования; давать ответы в той же форме, тем же объемом; давать одинаковое количество ответов.

🎙Также в своем выступлении А. Солижонов отметил следующие важные аспекты теста:

🔴 Анализ практики
🔴Опрос, исследование
🔴 Разработка спецификации
🔴Создайть тест
🔴 Утверждение
🔴 Статистический анализ
🔴 Формирование теста
🔴 Тестирование
🔴 Объявление результатов

➡️Семинар был полон оживлённых дискуссий и произвел большое впечатление на преподавателей.‌‌

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan “Liderlar haftaligi” seminar-treninglariga start berildi.

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarning 130 nafar rahbar kadrlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so'zi bilan ochib berdi:

- Ta'limdagi o'zgarishlar ko'pchilikning mehnati, harakati natijasida amalga oshiriladi. Hozirda boshlangan islohotlarni amalga oshirishda sizning alohida o'rningiz bor, chunki Siz ta’lim sohasining liderlaridirsiz!

Bugungi seminarlar esa sizdagi liderlik ko’nikmalarini yanada rivojlantirishiga ishonaman.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad umumta'lim maktablari direktorlari uchun uzoq muddatli strategiya va ustuvor vazifalarni belgilash, jamoada sog‘lom muhit yaratish, samarali ta'lim tamoyillari hamda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hisoblanadi.
____
❗️E'tiborlisi, rahbar kadrlarda liderlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan birinchi o‘quv-seminari hisoblanadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube