Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.81K subscribers
10.4K photos
727 videos
138 files
3.14K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

Bugun, 24-mart kuni ingliz tili o’qituvchilari uchun kasbiy rivojlanish xalqaro seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

✔️Tadbirni Markaz direktori Sherzod Yakubov ochib berdi:

- Sifatli ta’lim jamiyatni o’zgartira oladi. Bundagi hal qiluvchi kuch esa - malakali pedagoglardir. Nottingham Trent universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur trening bu yo’ldagi maqsadlarimizga erishishda yana bir qadam bo’lib xizmat qiladi.

✔️Nottingham Trent universitetining Akademik maqsadlarga yo’naltirilgan ingliz tili dasturi rahbari professor Martin Seviour:

- Men ilk bora O’zbekistonga 1994-yilda kelganman. Bugun bu yerdagi katta o’zgarishlarga, xususan ta’lim tizimidagi islohotlarga guvoh bo’lib turibman. Ushbu treninglar o’qituvchilarning kelgusi faoliyati uchun samarali bo’ladi, deb umid qilaman.

Seminar-treninglar davom etmoqda.
#Seminar_trening

KUTUBXONACHILAR UCHUN MAHORAT DARSLARI

⚡️Bugun, 25-mart kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi kutubxonachilar faoliyatini takomillashtirish maqsadida o'quv seminar-treninglari tashkil etildi.

Unda kutubxonalar faoliyatini yanada yaxshilash va innovatsion yangiliklardan boxabar bo'lib borish mavzularida taqdimot ishlari bo'lib o'tmoqda.

🔴Ayni paytda seminar-treninglar doirasida davomida Bookshare onlayn kutubxonasidan foydalanish tartiblari haqida taqdimot ishi bo'lib o'tmoqda.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Nottingham_Trent_university

SEMINAR-TRENINGLARNING OFFLAYN QISMI YAKUNLANDI

⚡️Nottingham Trent universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro-seminar treninglarning offlayn qismi o'z nihoyasiga yetdi.

Unda Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning ingliz tili o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Seminar-treninglar doirasida bugun:

✔️ingliz tili darslarida formativ baholash,
✔️ingliz tili o'qituvchilari uchun onlayn kurslarni tashkil etish mavzularida darslar bo'lib o'tdi.

Shuningdek, Macmillan nashriyot uyi tomonidan ingliz tilidagi kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi va o'qituvchilar uchun kitoblar taqdim etildi.

❗️Mashg'ulotlarning onlayn qismi yana 8 hafta davom etadi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

JAMOATCHILIKKA MAS'UL XODIMLAR UCHUN TRENING O'TKAZILDI

🔴Ayni paytda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablar va "Yangi O'zbekiston" universitetining OAV va jamoatchilikka mas'ul xodimlari uchun o'quv-treninglari bo'lib o'tmoqda.

❗️Seminar-treninglar “Axborot xizmatini samarali tashkil etish” mavzusiga bag‘ishlangan.

Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Biz axborot asrida yashayapmiz va shu jihatdan sodir bo'layotgan yangiliklarni tezkor hamda xolis yoritish juda muhimdir. Bugungi seminar-treninglarimiz ham bu borada mahoratingizni oshirishga qaratilgan. Umid qilamizki, bu yerda egallagan ko'nikmalaringiz kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo'ladi.

📍O'quv-treningda, shuningdek AOKA Davlat boshqaruv organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i Sadoqat Aslanova ham ishtirok etib, ma'ruza qildi.

👉
Treninglar haqida saytimizda batafsil o'qing.
#Seminar_trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida yangi baholash tizimiga o'tayotganligi munosabati bilan kriterial baholash tizimi mezonlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

Unda ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining pedagog-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

📆Seminar-treninglar 2 kun davom etadi.

📌Ma'lumot o'rnida, Agentlik tomonidan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun yangi-summativ baholash tizimi ishlab chiqilgan bo'lib, unda baholash jarayonlarida inson omilini minimallashtirishga ustuvorlik berilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi maktablarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va psixologlari uchun seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda.

🔰Tadbirni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimining samaradorligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Zero, yosh avlodni vatanga sadoqat va ma'nan yetuk qilib tarbiyalash bugungi kunning eng ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur
seminar-treninglardan ko'zlangan maqsad ham bu borada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maktab mas'ullariga metodik yordam ko'rsatishdan iborat.

O'ylaymanki, bugungi seminarda o'rgangan bilimlaringiz kelgusi faoliyatingizda ham asqotadi.

👉Batafsil saytimizda o'qing.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari uchun bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy taʼlim tizimida boshqaruv sanʼati” mavzusida seminar-treningdan lavhalar.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun “Muvaffaqiyat strategiyasi” nomli seminar-treninglarning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarovaning video-murojaat orqali yig’ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Har qanday taraqqiyot ta’limdan, maktabdan boshlanadi. Zero, sifatli ta’lim tizimi va malakali o’qituvchi hamma narsani o’zgartira oladi. Bugungi seminar-treninglar ham yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish va yangi metodikalarni o’zlqshtirishga qaratilgan. Mazkur bilimlar kelgusi faoliyatingizda ham foydali bo’lishiga ishonaman.

❗️Tadbirda, shuningdek, o’quv yili davomida yuqori ko’rsatkichlar qayd etgan ustozlarga sertifikatlar topshirildi.

📍Ma’lumot uchun, treninglarda 300 ga yaqin rahbar va pedagog-kadrlar ishtirok etishmoqda.

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Қўлланма_тақдимоти

"YUKSALISH YO'LIDA 45 QADAM" - O'QITUVCHILAR UCHUN YANGI INNOVATSION QO'LLANMA TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" mavzusidagi seminar-treningning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o'rinbosari Dilshod Kenjayev va UNESCOning Toshkentdagi vakili Sara Noshadi so'zga chiqib, ta'limda amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida so'z yuritishdi.

❗️Ochilish marosimida, shuningdek "Yuksalish yo'lida 45 qadam" qo'llanmasining taqdimoti o'tkazildi.

Mazkur innovatsion qo'llanma UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo'lib, 2 kunlik trening davomida o'qituvchilarning fikr-mulohazalari asosida mazkur qo'llanmani yanada takomillashtirish ko'zda tutilgan.

⚡️Bundan tashqari, tadbir doirasida Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilarining ijodiy ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

👉 Seminar-treninglar va innovatsion qo'llanma haqida batafsil saytimizda o'qing.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" treninglarining ochilish marosimidan video-lavha.

#1_kun #Trening #Қўлланма_тақдимоти

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube