Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.69K subscribers
9.79K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#yangi #innovatsiya #savol #javob

🦷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

👩🏻‍⚕️ 👨🏻‍⚕️ Tadbirda institutning ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektori Yunusov Ravshan Alimjanovich, ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori Shomurodov Qahramon Erkinovich va davolash fakulteti dekani Rizayev E'zoz Alimjanovich ishtirok etdi.

✔️ Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad - maktabda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni oliy maqsadlari sari dadil harakat qilishlari yo'lida ma'naviy qo'llab-quvvatlash va bu borada maktab hamda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida integratsiyani kuchaytirishdir.

🦾🦿 O'quvchilar sog'liqni saqlash tizimidagi innovatsion yangiliklar bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web 🌐
#mahorat #to_garak #notiqlik

DIQQAT, E'LON!

🎤 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi
da tashkil etilgan “Mahorat” klubi a'zolari diqqatiga! Klubning ilk mashg‘uloti 2021-yilning 20-noyabr kuni soat 10:00 da faollar zalida bo‘lib o‘tadi.

🎬 Eslatib o‘tamiz, maktabning Ijodiy-madaniy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchisi Fozil Farhod va ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova tomonidan tashkil qilingan “MAHORAT” klubida siz she’riyat, nasr, adabiyotshunoslik, dramaturgiya, jurnalistika, shuningdek, chiroyli gapirish, sahna nutqi va aktyorlik sirlarini o'rganasiz.

❗️Ustoz shoirlar, yozuvchilar, dramaturglar, adabiyotshunoslar, aktyorlar, rejissyorlar, suxandonlar, jurnalistlar klubimizning doimiy mehmoni bo‘ladi.

📸 Klub a’zolari ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan barcha tadbir va tantanalarning asosiy ishtirokchilariga aylanadi.

🎞 “Mahorat” klubi-sizning qobiliyatingizni yuzaga chiqarishda benazir imkoniyat!

Telegram |Facebook |Instagram |Web 🌐
#yangi #innovatsiya #savol #javob

🦷 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Fotolavhalar👈
Batafsil👈

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web 🌐
Forwarded from Hilola Umarova
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Agentligimiz tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ta'lim forumiga o’z yo'nalishi bo’yicha dunyoda
1-o’rinni egallab turgan Massachucets texnologiya instituti, Xalqaro Oliy ta'lim muassasalari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti, Myunxen Texnika Universiteti, Cambridge Assessment, TUM International tashkiloti va Nottingem universitetlari ishtiroki kutilmoqda.

Xalqaro ta'lim forumi 24-25-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#unicef

☀️ Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz va qadrli bolajonlar!

🎠 Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir.

🌐 UNICEF tomonidan Xalqaro bolalar kuni deb e'lon qilingan 20-noyabrni butun dunyo bolalari eng quvonchli bayram sifatida keng nishonlaydi.

💠 Yosh avlodni himoya qilish- kelajak hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylashdir. Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir.

🔅 Shunday ekan, bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib etishishida muhim omil hisoblanadi.

Bugungi bayram kelajagimiz ertasi bo'lgan aziz bolajonlarimizga muborak bo'lsin!

©️
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Volfgang A. Herman Myunxen Texnika Universiteti faxriy prezidenti, "Yangi O‘zbekiston" universiteti faxriy rektori.

🔸 2002 – 2004 yillarda Bavariya universiteti rektorlari konferensiyasi raisi
🔸 2007 yil Saudiya Arabistonida Qirol Abdulla Fan va Texnologiya Universiteti Xalqaro maslahat kengashi (KAUST) a'zosi
🔸 2008 – 2014 yillarda Yevropa innovasiyalar va texnologiyalar instituti boshqaruv kengashi a'zosi sifatida faoliyat olib borgan.

⚡️ Professor Herman noorganik va metallorganik kimyo sohasida ilmiy izlanishlar olib boradi.

U ko‘plab akademik jamiyatlar, jumladan:

- Leopoldina, Acatech, Shvesiya Qirollik muhandislik fanlari akademiyasi, Mayns adabiyot va fanlar akademiyasi a'zosi,
- Germaniya va boshqa mamlakatlardagi 13 ta universitetning faxriy doktori
- ISI (Internasional Scientific Index) reytingiga ko‘ra, eng ko‘p tilga olingan nemis kimyogarlaridan biri
- 800 dan ortiq ilmiy maqolalar va 80 ga yaqin patentlar muallifidir.

👉https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Agentligimiz tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro ta'lim forumiga o’z yo'nalishi bo’yicha dunyoda
1-o’rinni egallab turgan Massachucets texnologiya instituti, Xalqaro Oliy ta'lim muassasalari reytingini baholovchi Times Higher Education tashkiloti, Myunxen Texnika Universiteti, Cambridge Assessment, TUM International tashkiloti va Nottingem universitetlari ishtiroki kutilmoqda.

Xalqaro ta'lim forumi 24-25-noyabr kunlari bo’lib o’tadi.

Forum yangiliklari:
https://eduforum.uz/
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️"YANGI O‘ZBEKISTON" UNIVERSITETI DUNYONING BOSHQA HUDUDLARI UCHUN HAM O‘ZIGA XOS MODELGA AYLANA OLADI

Vijay MS Kumar,
Massachusest Texnologiya Instituti (MIT) J-WEL direktori

- O'zbekistonga kelganimga atigi bir kun bo‘ldi, ammo allaqachon bir olam tassurotga egaman;.

- Bizning tashkilotimiz butun dunyoda ta'limni ijobiy tomonga o‘zgartirish va shakllantirishda ishtirok etadi. Bunda xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz, shulardan biri "Yangi O‘zbekiston" universitetidir.

- "Yangi O‘zbekiston" universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki dunyoning boshqa hududlari uchun ham o‘ziga xos modelga aylana oladi. Tabiiyki, bu vaqt talab etadigan jarayondir.

- Biz mazkur universitet bilan o'quv dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bunda o'zimizning eng yaxshi tajribalarimizni 'Yangi O‘zbekiston" bilan bo'lishamiz.

Forum yangiliklari: https://eduforum.uz/