Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Massachusets texnologiya instituti J-Wel ijrochi direktori hisoblanadi. Janob Vijay dunyoning bir qancha nufuzli tashkilotlarida, jumladan:

🔸Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) da o‘quv strategiyasi bo‘yicha maslahatchisi;
🔸AQShning Smisonian institutida Raqamli kelajak loyihasi bo‘yicha maslahatchisi;
🔸Hindiston Milliy bilimlar komissiyasining faxriy maslahatchisi sifatida faoliyat olib borgan.

✔️Shuningdek, UNESCOda ochiq ta'lim resurslari, texnologiyalar va siyosat strategiyalarini ishlab chiqish loyihasida ishtirok etga
n.

Vijay Kumarning ta'limda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish yo‘lidagi bu tashabbusi qirol Hamad Bin Iso al-Xalifa nomidagi mukofoti bilan taqdirlangan.

⚡️Ma'lumot o'rnida, Massachusest instituti o'z yo'nalishida dunyoda birinchi o'rinda turadi.
_____
Vijay Kumar is currently the Executive Director of MIT J-WEL. He has been providing leadership for sustainable technology-enabled educational innovation at MIT.
#yangiloyiha #EPAM #hamkorlik

📂 Muhammada al-Xorazmiy nomidagi ixtsosolashtirilgan maktab EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda SCRATCH bo'yicha kurslarini yo'lga qo'ymoqda.

📁Mazkur kurslar EPAM kompaniyasi metodikasiga asoslanib, 5-sinfdan yuqori sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
Mashg'ulotlar informatika o'qituvchisi Babayeva Sevara hamda mentorlarimiz Xudoyberdiyev Laziz, Vahobboyev Abdurahmon, Namozova Sevinch va Xolmamatov Shuhratlar tomonidan olib boriladi.

🗂 Bu loyiha Epam kompaniyasi va Muhammad al-Xorazmiy maktabi hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, kelgusida ushbu loyihani butun O'zbekiston bo'ylab ommalashtirish rejalashtirilgan.

🖥 SCRATCH - bu MIT Media Lab tomonidan ishlab chiqilgan va dasturlashni sodda usulda o'rganish uchun ishlangan dasturdir.

©️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Forum_mehmonlari_bilan_tanishtiramiz

Stefaniya Jannini Italiya Piza universitetida tahsil olgan. Tilshunoslik bo‘yicha doktorlik darajasiga ega.

U 2013 – 2018 yillarda:

🔸Toskana provinsiyasida senator, ayni vaqtda “Italiya uchun fuqarolik tanlovi” fraksiyasi kotibi,
🔸Ta'lim, universitetlar va tadqiqotlar vaziri;
🔸Yevropaning tadqiqot, fan va innovasiyalar bo‘yicha komissari K. Medasning maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

⚡️S. Jannini BMT tizimining ta'lim sohasidagi eng yuqori martabali shaxslaridan biri bo‘lib, bu boradagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shgan taniqli jahon siyosatchilaridan hisoblanadi. Faoliyati davomida asosiy inson huquqi sifatida ta'limni global darajada ilgari surishning faol tarafdori bo‘lib kelgan.

📍Stefaniya Janini hozirda 4-Barqaror rivojlanish maqsadidan kelib chiqadigan “Ta'lim-2030” kun tartibini amalga oshirishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish, UNESCO ta'lim sektorining strategik qarashlarini ishlab chiqish ishlariga rahbarlik qiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BayramMuborak

🇺🇿🇺🇿🇺🇿O'zbekiston bayrog' milliy g'urur va qadriyatlarimizni o'zida mujassam etgan davlatimiz ramzidir. Undagi ranglar jilosida ona yurtimiz o'tmishi va kelajakka dadil orzu-umidlari o 'z ifodasini topgan. Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma‘rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha‘ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi.

🇺🇿18-noyabr - O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun bilan!

©️
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#cooperation #IT #school #PM

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI MAKTAB O'QUVCHILARI TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA!

🏋🏽Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish borasidagi ishlar yangi va qizg‘in bosqichga chiqqan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

🤸🏽 O‘z navbatida aholini ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

🏐 Yoshlarni sportga qiziqtirish va ular orasida ommaviy sportni keng targ'ib etish maqsadida Toshkent shahridagi Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab jamoalari o’rtasida voleybol bo’yicha o’rtoqlik uchrashuv tashkil etildi.

Fotolavha

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Forum_ishtirokchilari_nima_deydi

⚡️AGENTLIK TOMONIDAN TASHKIL ETILAYOTGAN XALQARO TA'LIM FORUMI DOIRASIDA AYNI PAYTDA TOSHKENTDA BO'LIB TURGAN MEHMONLARNING TA'LIM BORASIDAGI FIKRLARI

🔸 John Brisson - Massachusets Texnika instituti J-Wel Oliy ta'lim bo‘yicha maslahat kengashi raisi, professor.

- Prezident tashabbusi bn tashkil etilgan mazkur maktablar loyihasini alohida e'tirof etishim kerak. Bu yerni bitirgan o‘quvchilar ertaga mamlakat uchun foydali kadrlar bo‘lib yetishadilar;

-- O‘zbekistonda ta'limni rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor tahsinga sazovor;

- Ta'lim tizimi doimiy islohotlar va harakatni talab etadigan soha. Ta'lim doimo diqqat markazda bo‘lsagina katta natijalarga erishish mumkin;

- Innovatsiyalar yoshlar qo'li bilann yaratiladi. Chunki, innovatsiya chegara bilmas yoshlar ijodidir
.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot va [email protected] orqali yo’llang!
#MIT

☑️Massachusets Texnologiya Institutining professorlaridan tashkil topgan delegatsiyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabga tashrif buyurdi.

✔️ Massachusets Texnika instituti J-Wel Oliy ta'lim bo‘yicha maslahat kengashi raisi professor John Brisson
boshchiligidagi delegatsiya Agentlik rahbari Hilola Umarova hamrohligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati va o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

🖥 Mehmonlar maktabimiz o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan turli loyihalar ko'rgazmasini tomosha qilishdi.

💻 Aytish joizki, MIT-xususiy universitet boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Massachusets shtatidagi Cambridge shahrida joylashgan. Ushbu muassasa asosan ilm-fan va texnologiyaga sohasiga yo'nalgan bo'lib, AQShda va jahonda yetakchi universitet hisoblanadi.

©️Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#theatre

Teatr ibratxonadir!

🗓 18-noyabr kuni Muhammad al- Xorazmiy maktabi 9- 10- sinf o'quvchilari O'zbekiston Davlat Yosh Tomashabinlar teatrida bo'lishdi.

🎭 O'zbekiston Xalq shoiri Iqbol Mirzo asari asosida mahorat bilan sahnalashtirilgan "Alisher va Husayn" spektakli o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🖋 Ulug' mutafakkir Mir Alisher Navoiy hayotidan hikoya qiluvchi ushbu spektakl do'stlikning naqadar katta kuchga ega ekani va haqiqiy do'st bebaho boylik ekanini tomoshabin ko'z o'ngida gavdalantira oldi.

📜 O'quvchilarning ma'naviy dunyoqarashini boyitishda katta ahamiyat kasb etadigan teatrlar ularning hayotida ibrat maskani sifatida o'rin tutadi,desak mubolag'a bo'lmaydi.

💡 Kunni sermazmun o'tkazgan o'quvchilar teatr kunlari tashkil etishni maqsad qilib olishdi.

©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |Web
⚡️The Agency for Presidential Educational Institutions is organizing an International Forum "New Uzbekistan Education: Successful Partnership for Educational Reforms"
Over 100 representatives of leading educational organizations and institutions from Europe, America and Asia, including the Times Higher Education, which ranks the world's higher education institutions are expected to participate.

📌Massachusetts Institute of Technology (USA);
📌Technical University of Munich, (Germany);
📌Cambridge and Nottingham Universities (Great Britain) are also expected to take part in this forum.

⚡️The International Forum "New Uzbekistan Education: Successful Partnership for Educational Reforms" is an opportunity to discuss the most pressing issues in the sphere of education.
📌The Forum will be held at the Palace of International Forums on November 24-25.

Forum ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: piimauz
Facebook: piima.uz
Savollaringizni @eduforumuz_bot va [email protected] orqali yo’llang!