This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#unicef
☀️ Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz va qadrli bolajonlar!
🎠 Bolalik—hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir.
🌐 UNICEF tomonidan Xalqaro bolalar kuni deb e'lon qilingan 20-noyabrni butun dunyo bolalari eng quvonchli bayram sifatida keng nishonlaydi.
💠 Yosh avlodni himoya qilish- kelajak hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylashdir. Ular to‘g‘risidagi har qanday g‘amxo‘rlik esa yurt ravnaqi uchun qo‘yilayotgan mustahkam poydevor demakdir.
🔅 Shunday ekan, bugun ertamiz egalariga ko‘rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo‘lib etishishida muhim omil hisoblanadi.
Bugungi bayram kelajagimiz ertasi bo'lgan aziz bolajonlarimizga muborak bo'lsin!
©️Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalar maktabi matbuot xizmati
Telegram |Facebook |Instagram |Web

November 20, 2021
Forwarded from Zamin Foundation
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar – bizning kelajagimiz va bugunimiz!
Bugun, 20-noyabr kuni, dunyoning barcha davlatlarida Jahon bolalar kuni nishonlanmoqda. Bu kun har bir bolaning salomatligi va taqdiri uchun mas'ul ekanligimizni yodga soladi.
O‘zbekiston ikkinchi yildirki, "Dunyoni moviy rangga bo‘yang" nomli jahon miqyosidagi aksiyani qo‘llab-quvvatlamoqda: 19 va 20-noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va boshqa viloyatlardagi 100 dan ortiq zamonaviy va tarixiy binolar barcha bolalar huquqlarini ta'minlash masalasiga jamoat e'tiborini qaratish uchun ko‘k rang bilan yoritildi.
Keling, har bir bola ta'lim olish, madaniyat va faol ijtimoiy hayot imkoniga ega bo‘lishi uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solaylik!
#Tosiqlarsiz #BizTurlimizBizTengmiz #NoBarriers #WeAreDifferentWeAreEqual #БезБарьеров #МыРазныеМыРавные #Zamin #UNICEF
Telegram | Instagram | Facebook

Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF
✅ Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.
⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.
Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.
👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter

January 19, 2023