#ochiq #dars
#karikatura #ijodkorlik #rasm
KARIKATURA: SAN’AT VA FIKR
👨💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 6-03 sinfida "Karikatura: san’at va fikr" mavzusiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi. Ushbu darsni tajribali ustoz Raxmatov Shukrullo olib bordi.
🎯 Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga karikaturaning tarixi, uning asl mohiyati va bugungi kundagi ahamiyati batafsil tushuntirildi. Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarni karikatura janri bilan yaqindan tanishtirish, ularning estetik didini shakllantirish va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish edi.
📝 Ochiq darsni olib borgan ustoz nafaqat mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlarni berdi, balki o‘quvchilarga karikatura yaratishda yaqindan yordam berdi. Dars davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, karikatura janriga oid savollarga javob berishdi. Bu o‘quvchilarga mavzuni chuqurroq anglash va o‘z ijodiy yondashuvlarini namoyon etish imkonini berdi.
🔅 Dars yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, ustoz Raxmatov Shukrulloga ijodiy dars o‘tkazgani uchun alohida rahmat aytildi. Bunday ochiq darslar o‘quvchilarning bilimini boyitadi, shuningdek, yangi g‘oyalar yaratishga, mustaqil fikrlashga va jamoa bilan ishlashga o‘rgatadi.
_
🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐 Web 🌐 Youtube 🌐 Linkedin
#karikatura #ijodkorlik #rasm
KARIKATURA: SAN’AT VA FIKR
_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM