Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.7K subscribers
9.77K photos
687 videos
138 files
2.99K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#kitobxonlik #birgalikda #oʻqiymiz

KITOB KAMOLOTGA CHORLAYDI!

📚Xabaringiz bor, Muhammad al-Xoprazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” adabiy-ma’rifiy tanlovi e’lon qilingan edi.

📢Ushbu tanlovning ilk navbati 5-sinflar o‘rtasida 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 5-sinf o‘quvchilari “Men bilgan 10 asar” loyihasi bo‘yicha uch shart asosida kitobxonliklarini namoyish etadi.

🤩Barcha ustoz-pedagoglarni kitobxonlik bellashuviga chorlaymiz!
Keling, ko‘ring, baho bering!

▫️▫️▫️

КНИГА ПУТЬ К СОВЕРШЕНСТВОМ!

📚Как известно, в специализированной школе имени Мухаммада аль-Хоразми в рамках «Пяти важных инициатив», выдвинутых Президентом, в целях совершенствования навыков чтения объявлен литературно-познавательный конкурс «Будем читать вместе».

📢Первый тур этого конкурса пройдет 19 ноября среди пятиклассников. В нем учащиеся 5-х классов продемонстрируют навыки чтения на основе проекта «10 произведений, которые я знаю» по трем условиям.

🤩Приглашаем всех учителей-педагогов на конкурс чтецов!
Приходите, смотрите, оценивайте!

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#radio #kitobxonlik

KITOBXONLIK BOLALIKDAN BOSHLANADI

📢Maktabimizning “Kelajak ovozi” radioeshittirishi bugungi dasturida yana inson uchun har doim qadrli bo’lib kelgan kitob va uning inson hayotidagi o’rni haqida ma’lumot berdi. “O’qishdan to’xtagan odam fikrlashdan ham to’xtaydi” degan edi donishmandlardan biri.

📖Tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, badiiy asar o’qigan odam hayotda ham boshqalarning his-tuyg’ularini yaxshi tushunar ekan. Emori universiteti olimlari kitob o’qigan odam insonning aqliy salohiyati bir necha oy davomida yuqori holatda bo’lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o’qish miyadagi asab tolalari sonini oshirishini ta’kidlashmoqda.

-

ЧТЕНИЕ ФОРМИРУЕТСЯ С ДЕТСТВА

📢В сегодняшней программе радиопередачи нашей школы «Голос будущего» была дана информация о пользе чтения, которое всегда было ценно для человека, и его месте в жизни человека.
Один из мудрецов сказал: «Человек, который перестает учиться, перестает думать».

📖Согласно исследованиям, человек, прочитавший произведение искусства, лучше понимает чувства других людей в жизни. Ученые Университета Эмори доказали, что человек, читающий книгу, на несколько месяцев будет обладать более высокими умственными способностями. Авторы исследования отмечают, что чтение книги увеличивает количество нервных волокон в головном мозге.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#kitobxonlik

KITOBNI SEVING

📚Xabaringiz bor, Muhammad al-Xoprazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oquvchilari ortasida “Birgalikda o‘qiymiz” adabiy-ma’rifiy tanlovi e’lon qilingan edi.

📝Ushbu tanlovning ikkinchi bosqichi navbati 6-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda 6-sinf o‘quvchilari “Men bilgan 10 asar” loyihasi bo‘yicha uch shart asosida kitobxonliklarini namoyish etishdi. “Asar haqida taqdimot”, “Savol-javob”, “Sahna namoyishi” bo’yicha oquvchilar bellashib, o'z bilimlarini va sahnada aktyorlik mahoratlarini ko'rsatishdi.

🥇-orin 6-03 va 6-05 sinf o'quvchilari;
🥈-orin 6-06 sinf o'quvchilari;
🥉-orinni 6-01 sinf o'quvchilari qolga kiritishdi.

❗️📝Aziz oquvchim! O’qing, tafakkur qiling va donolar xazinasi bolmish kitobga oshno bo’ling! Kitobxonlik estafetasini 7-sinflar davom ettiradi.

🔵🔵🔵

ЛЮБИТЕ КНИГУ

📚Как известно, среди учащихся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми объявлен литературно-просветительский конкурс «Мы будем учиться вместе».

📝Второй тур этого конкурса прошёл среди шестиклассников. В нем учащиеся 6-х классов продемонстрировали навыки чтения по трём условиям в рамках проекта «10 произведений, которые я знаю». Ученики соревновались в «Презентации о работе», «Вопрос-ответ», «Сценическое шоу» и показали свои знания и актерское мастерство.

🥇 место 6-03 и 6-05 классы
🥈 место 6-06 класс
🥉 место 6-01 класс.

❗️Читайте, думайте и любите книгу, ведь она клад мудрости! Данный конкурс чтения будет продолжен среди учащихся 7 классов.‌‌

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik #yosh #kitobxon

KITOBXONLIK KAMOLOTGA CHORLAYDI!

🎒Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
da 7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Kitob kamolatga chorlaydi! “ nomli musobaqa bo'lib o'tdi. O'zbek va jahon adabiyotining eng nodir namunalari asosidagi bellashuvga o'quvchilar katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko'rdilar.

🧠Uchta shart asosida o'z bilimlarini sinagan sinflar asarni chuqur o'rganish bilan birga, asar asosida sahnalar ham namoyish etdilar.

Kitobxonlik musobaqasida:
🥇-o'rinni 7-04 sinf o'quvchilari;
🥈-o'rinni 7-01 sinf o'quvchilari;
🥉-o'rinni 7-02 sinf o'quvchilari egalladilar!

🥳G'oliblarni chin dildan tabriklaymiz!

-

КНИГА ПУТЬ К СОВЕРШЕНСТВУ!

🎒В специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми прошло мероприятие под названием «Книга путь к совершенству» среди учащихся 7-х классов. Школьники усердно подготовились к данному мероприятию по узбекской и зарубежной литературе.

🧠Учащиеся прошли через 3 этапа соревнования где проверялись знания по произведениям и их актёрское мастерство.

На данном мероприятии:
🥇-место заняли учащиеся 7-04 класса;
🥈-место заняли учащиеся 7-01 класса;
🥉-место заняли учащиеся 7-02 класса!

🥳Поздравляем победителей!‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik #musobaqasi

BIRGALIKDA O’QIYMIZ!

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek "Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi.

📕 O'quvchilarimiz orasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 6-sinf o'quvchilarini "Birgalikda o’qiymiz” deb nomlangan bellashuvga chorlab qolamiz.

‼️Bellashuv shartlari:
🔵“Asar bilan tanishuv” 🔵“Savol-javob” 🔵“Sahna namoyishi”
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik

BIRGALIKDA O'QIYMIZ!

Kitob – zamonlar to'lqinida suzuvchi, o'zidagi ma'nolar xazinasini ajdodlardan avlodlarga avaylab yetkazuvchi tafakkur kemasidir. Uning har bir sahifasi hikmatlarga boy va dillarga ro'shnolik kiritib, ezgu tuyg'ularni uyg'otmoqqa qodir.

📆Shu boisdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 28 oktyabr kuni "Birgalikda o’qiymiz” kitobxonlar bellashuvi tashkil etildi.6-sinflarning 6 nafardan tashkil topgan 5 jamoasi berilgan shartlar bo’yicha bellashdilar.

✔️Bellashuvning asar bilan tanishuv sharti orqali o ‘quvchilar o‘zlari o‘qigan va tanlagan kitoblarini taqdimot qilib berishdi.Ikkinchi savol-javob shartida esa asarni qay darajada mutolaa qilganliklari baholandi.

👀 Eng qiziqarli shartlardan biri Asardan parcha namoyishi sharti orqali o‘quvchilar rollarni mahorat bilan ijro etish, sahnada nutq madaniyatiga rioya qilish kabi iqtidorlarini namoyon etdilar.

Bellashuv g’oliblari:
6-04 va 6-06 sinf o‘quvchilari🥇- o‘rin;
6-02 sinf o‘quvchilari🥈-o‘rin;
6-03 va 6-05 sinf o‘quvchilari🥉-o‘rin.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik
#5tashabbus

Kitob va
kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi

👦👦 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchi yoshlari orasida badiiy mutolaani targ‘ib qilib kelayotgan “Birgalikda o‘qiymiz” adabiy-ma’rifiy tanlovi 17-noyabr kuni 5-sinflar o‘rtasida o‘tkazildi. .

Qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu kitobxonlik musobaqasida 5-sinf o‘quvchilari “Asar haqida taqdimot”, “Savol-javob”, “Sahna namoyishi” bo‘yicha bellashib, o‘z bilimlarini va sahnada aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishdi.📖

🥇-o‘rinni 5-04 sinf o‘quvchilari
🥈-o‘rinni 5-03 sinf o‘quvchilari
🥉-o‘rinni 5-02 va 5-06 sinf o‘quvchilari qo‘lga kiritishdi.

Kitobga oshno kishidan hech vaqt yomonlik chiqmaydi. O‘qing, tafakkur qiling va donolar xazinasi bo‘lmish kitob bilan do‘st bo‘ling!

🤝 Kitobxonlik estafetasini 7-sinflar davom ettiradi.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik #bellashuvi

BIRGALIKDA O‘QING VA YUKSALING


📖Asrlar osha kitob mutolaasi eng sharafli mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan. Bizning davrimizga kelib kitob o‘qiganga mukofot beriladi. Respublika miqyosida bayram shaklidagi katta yutuqli tanlovlar o‘tkazilmoqda . Demak, mutolaa davrlar o‘tsa ham inson hayotida o‘z ahamiyatini yo’qotmagan saboqdir.

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Birgalikda o‘qiymiz” kitobxonlik bellashuvi tashkil etilgan. 2023-yil 1-dekabr kuni estafetani 11-sinf o’quvchilari davom ettirishdi .

11-01 sinfi Said Ahmadning “Ufq” asarini , 11-02 sinfi Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarini, 11-04 sinfi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarini va 11-05 sinfi “O‘tkan kunlar” romani o‘qib, o‘rganib, asar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

O‘quvchilar an’anaga asosan, asar bo’yicha taqdimot, savol-javob, sahna ko’rinishlari bilan o‘qigan asarlarini targ‘ib qilishdi. Kitobxonlik bellashuvi qiziqarli o‘tdi. Bellashuvda 29 ball to‘plagan 11-02 sinfining “Yo‘qotilmagan avlod “ jamoasi g‘olib bo‘lishdi.🥇

‼️Kitob o‘qing va ma’naviy yuksalin! Zero, ilmdan o‘zga najot yo‘q.
___
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik #bellashuvi

KITOB - BEMINNAT DO'ST!

📖Kitob insonning eng yaqin va beminnat do'stidir. Shuning uchun ham asrlar osha kitob mutolaasi  eng sharafli mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan. Mutolaa davrlar o‘tsa ham   inson hayotida  o‘z ahamiyatini yo’qotmaydigan mo'jizadir.

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Birgalikda o‘qiymiz” kitobxonlik  bellashuvi tashkil etilgan bo'lib, navbatdagi soni 2023-yil 15-dekabrda 10-sinf o’quvchilari o'rtasida o'tkazildi.

10-02 va 10-03 sinflari Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarini , 10-04 sinfi  Remarkning  “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarini, 10-01 sinfi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarini va  10-05 sinfi  “O‘tkan kunlar” romani o‘qib, o‘rganib, asar bo‘yicha  o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

🏆O‘quvchilar an’anaga asosan, asar bo’yicha taqdimot, savol-javob, sahna ko’rinishlari bilan o‘qigan asarlarini targ‘ib qilishdi. Kitobxonlik bellashuvi qiziqarli o‘tdi. Bellashuvda 28 ball to‘plagan 10-04 sinfining kitobxon o'quvchilari g‘olib bo‘lishdi.
Kitob-zulmatni yorituvchi chiroqdir. U bilan oliy maqsadlaringizga oson erishasiz!
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBXONLIK TARG‘IBOTIDA SAMARADOR USULLAR

O‘quvchilarga bilim berishda, avvalo ularda umuminsoniy qadriyatlar, odob-axloq tushunchalarini shakllantirish muhimdir. Bu fazilatlar bilan bezangan bilim samarali va foydali bo‘ladi. Ulug‘ mutafakkir ajdodlarimiz ilmiy-ijodiy merosi, g‘oyalari asrlar oshsa-da hanuz dolzarb va qadrli ekanligi shundan. Kitobga oshnolik esa barcha bilimlarning kalitidir.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sabohat Rahimova o‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatishda qoʻllanilayotgan samarador usullar haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyati oshirish, kitobxonlikka rag‘bat uygʻotish maqsadida “Birgalikda o‘qiymiz” an’anaviy adabiy musobaqasini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Musobaqa ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Albatta, bu musobaqaning vaqti va o‘tkazilish tartibi o‘quv yili boshida tasdiqlanadigan maktab Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashmasining yillik ish rejasiga kiritiladi. O‘quv yili boshida o‘quvchilarga yil davomida o‘qilishi zarur bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati berilganda qaysi sinf qaysi sanada musobaqada ishtirok etishlari ma’lum qilinadi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBSEVARLAR BELLASHUVI


📚Kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa yoshlar orasida, bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb. Har bir o‘quvchi kitobni o‘qish orqali o‘zining kelajagini shakllantiradi, ilm-fan va madaniyatda o‘z o‘rnini topadi. Kitoblarni o‘qish, o‘rganish va targ‘ib qilish, mas'uliyali vazifarimizdan biridir.

📖Shu ma’noda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda har yili an’ana tusiga kirgan “Birgalikda o‘qiymiz” kitobxonlik bellashuvi katta ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir hisoblanadi. Bu tadbir nafaqat o‘quvchilarning bilimlarini sinab ko‘rish, balki ular orasida kitob o‘qish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarni ilmga chanqoq qilishning yana bir go‘zal usulidir. 5-sinf o‘quvchilari turli asarlar bilan tanishib, kitobxonlik bellashuvida ishtirok etdilar. Jajji kitobsevar o‘quvchilarimiz taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari va savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini va qiziqishlarini namoyish etdilar. Bu esa nafaqat ularning bilim darajasini, balki o‘z ijodkorliklarini, ifoda qilish qobiliyatlarini ham oshirdi.

Bellashuv natijasiga ko’ra g’oliblar aniqlandi:
5-03 sinf o’quvchilari 🥇- o’rin;
5-06 sinf o’quvchilari 🥈-o’rin;
5-05 sinf o’quvchilari 🥉-o’rin.

❗️Har bir kitob – bu chiroq, zulmatni yorituvchi yorug‘likdir. Kitob yordamida insonlar o‘zlarini yanada rivojlantirishi, hayotdagi oliy maqsadlariga erishishi mumkin.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik_targʻiboti

KITOBSEVARLAR BELLASHUVI


📚 Kitob-inson ma'naviyatining ko'zgusi sanaladi. Ma'naviyat xazinasi bo'lmish kitob bilan oshno bo'lgan 6 -sinf o'quvchilarimiz o'rtasida 27- noyabr kuni "Birgalikda o'qiymiz" kitobxonlik musobaqasi tashkil etildi. Qiziqarli shartlar va savol-javoblarga boy tarzda  bo‘lib o‘tgan ushbu kitobxonlik musobaqasida 6-sinf  o‘quvchilari "Asar taqdimoti", "Savol- javob" "Sahna ko'rinishi" bo‘yicha  bellashib, o‘z bilimlarini va sahnada aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatishdi.

🥇-o‘rinni  6-03 sinf o‘quvchilari
🥈-o‘rinni 6-02,6-05sinf o‘quvchilari 🥉-o‘rinni  6-04, 6-06 va 6-01 sinf o‘quvchilari qo‘lga kiritishdi.

Kitob bilan do'st bo'lgan o'quvchilar siz ham o'z bilimingizni sinab ko'rishni xohlasangiz sizlarni kitobxonlik musobaqasiga chorlab qolamiz.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik #tanlovi #kitobxonlik_targʻiboti

KITOBSEVARLAR BELLASHUVI


📖📚Kitobxonlik tanlovi o‘quvchilar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim va dunyoqarashlarini kengaytirish hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni ma’naviy boy, intellektual salohiyatli shaxslar sifatida shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan 9-sinflar o‘rtasidagi kitobxonlik tanlovi ham ana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zlagan holda tashkil qilindi. Tanlov davomida o‘quvchilar o‘zlari o‘qigan asarlarni tahlil qildilar, bilimdonlik va tezkor fikrlashda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. 📚

Natijalar quyidagicha:
🥇-o‘rin: 9-03 guruh;
🥈-o‘rin: 9-01 guruh;
🥉-o‘rin: 9-05 guruh.

Barcha ishtirokchilarni qizg‘in musobaqadagi yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusida yanada yuksak natijalar tilaymiz! Kitobni sevib o‘qiylik, bilim va ma’naviyatni boyitaylik❗️
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlik

“Ulug‘bek xazinasi“ kitobxon ustozlar nigohida


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ma’naviyat xazinasi bo‘lmish kitob bilan oshno o‘qituvchi hamda tarbiyachi- pedagog xodimlar o‘rtasida kitob o‘qib o‘rganish va targ‘ib qilishdek mas’uliyatli maqsadlarni ko‘zlagan holda kitobxonlik tanlovi tashkil qilindi.

Kitobsevar ustozlarimiz “ Ulug‘bek xazinasi “ romani asosida tayyorlagan taqdimotlar, sahna ko‘rinishlari va savol-javoblar orqali o‘z bilimlarini hamda mahoratlarini namoyish etdilar. Bu esa nafaqat ularning bilim darajasini, balki o‘z ijodkorliklarini, shuningdek, ifoda qilish qobiliyatlarini ham oshirdi.

Bellashuv natijasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:
🥇-o‘rin: 1- guruh;
🥈-o‘rin: 5- guruh;
🥉-o‘rin: 3- guruh.

Barcha ishtirokchilarni qizg‘in musobaqadagi yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi ishlarida yuksak natijalar tilaymiz!
Har doim kitobni sevib o‘qiylik, bilim va ma’naviyatimizni boyitaylik!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM