Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.85K photos
694 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#kitobxonlik #bellashuvi

BIRGALIKDA O‘QING VA YUKSALING


📖Asrlar osha kitob mutolaasi eng sharafli mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan. Bizning davrimizga kelib kitob o‘qiganga mukofot beriladi. Respublika miqyosida bayram shaklidagi katta yutuqli tanlovlar o‘tkazilmoqda . Demak, mutolaa davrlar o‘tsa ham inson hayotida o‘z ahamiyatini yo’qotmagan saboqdir.

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Birgalikda o‘qiymiz” kitobxonlik bellashuvi tashkil etilgan. 2023-yil 1-dekabr kuni estafetani 11-sinf o’quvchilari davom ettirishdi .

11-01 sinfi Said Ahmadning “Ufq” asarini , 11-02 sinfi Remarkning “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarini, 11-04 sinfi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarini va 11-05 sinfi “O‘tkan kunlar” romani o‘qib, o‘rganib, asar bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

O‘quvchilar an’anaga asosan, asar bo’yicha taqdimot, savol-javob, sahna ko’rinishlari bilan o‘qigan asarlarini targ‘ib qilishdi. Kitobxonlik bellashuvi qiziqarli o‘tdi. Bellashuvda 29 ball to‘plagan 11-02 sinfining “Yo‘qotilmagan avlod “ jamoasi g‘olib bo‘lishdi.🥇

‼️Kitob o‘qing va ma’naviy yuksalin! Zero, ilmdan o‘zga najot yo‘q.
___
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 2, 2023
#kitobxonlik #bellashuvi

KITOB - BEMINNAT DO'ST!

📖Kitob insonning eng yaqin va beminnat do'stidir. Shuning uchun ham asrlar osha kitob mutolaasi  eng sharafli mashg‘ulotlardan biri bo‘lgan. Mutolaa davrlar o‘tsa ham   inson hayotida  o‘z ahamiyatini yo’qotmaydigan mo'jizadir.

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Birgalikda o‘qiymiz” kitobxonlik  bellashuvi tashkil etilgan bo'lib, navbatdagi soni 2023-yil 15-dekabrda 10-sinf o’quvchilari o'rtasida o'tkazildi.

10-02 va 10-03 sinflari Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarini , 10-04 sinfi  Remarkning  “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarini, 10-01 sinfi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarini va  10-05 sinfi  “O‘tkan kunlar” romani o‘qib, o‘rganib, asar bo‘yicha  o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.

🏆O‘quvchilar an’anaga asosan, asar bo’yicha taqdimot, savol-javob, sahna ko’rinishlari bilan o‘qigan asarlarini targ‘ib qilishdi. Kitobxonlik bellashuvi qiziqarli o‘tdi. Bellashuvda 28 ball to‘plagan 10-04 sinfining kitobxon o'quvchilari g‘olib bo‘lishdi.
Kitob-zulmatni yorituvchi chiroqdir. U bilan oliy maqsadlaringizga oson erishasiz!
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
December 15, 2023