Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.83K subscribers
9.57K photos
673 videos
138 files
2.94K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#davra #suhbati

Uchinchi Renessansni yaratadigan avlodni tarbiyalashga kuch-qudrat va imkonimiz yetarli


❤️Muhammad al-Xorazmiy nomli ixtisoslashgan maktabga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti filologiya fanlari doktori professor Alimova Xolida va Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta o'qituvchisi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Uktamova Hilolaxonlar tashrif buyurishib maktabimiz o'qituvchi ayollari va qizlari bilan “Uchinchi Renessansni yaratadigan avlodni tarbiyalashga kuch-qudrat va imkonimiz yetarli“ mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

❤️Davra suhbatida axloq-odob, kiyinish odobi, pokizalik, tibbiy ko‘rikning ahamiyati, internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida kelishib olindi. Shuningdek, suhbat davomida o`quvchi qizlar tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda ularni qiziqtirayotgan mavzular ham yoritib o‘tildi.

❤️Mamlakatimiz Prezidenti ayollarning jamiyatdagi oʻrni va roliga yuqori baho berib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimdon, zamonaviy mutaxassis, malakali kasb egalari boʻlishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish jamiyatimizning doimiy eʼtiboridagi eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida eʼtibor qaratganliklari haqida to‘xtalib o‘tildi. Ma’ruzada millatning oʻziga xos maʼnaviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, shubhasiz, oilaning, oilada esa ayolning oʻrni va taʼsiri beqiyos ekanligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maqola #Maʻrifat #oila #Millat #tarbiya

MILLAT HAM ILMLI, HAM TARBIYALI ONALARGA MUHTOJ!


🗞“Ma’rifat” xalq ziyolilar gazetasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi Nurxon Tojiboyevaning “Millat ham ilmli, ham tarbiyali onalarga muhtoj!” nomli maqolasi chop etildi.

Ustozimiz o’z maqolasida “Oilada qiz bola onasining yurish-turishi, hunarmandligidan, kasb-koridan dars oladi. Yoshlikdan qizlarni ozodalikka, shirin suxanlikka, o‘zidan kattalarni hurmat qilishga o‘rgatish lozim” deb, keyingi paytlarda qizlar tarbiyasida nuqsonlar uchrab turganligini eslab o’tib, har bir ota-ona aziz farzandlari tarbiyasiga jiddiy qarashi, vaqt topib ular bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi, muammolarini hal qilishda ularga eng yaqin maslahatgo‘y bo‘lishi kerakligi haqida o’z tavsiyalarini berib o’tganlar.

To’liq maqola bilan tanishmoqchi bo’lganlar uchun👈
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Medipol #Turkiya

XORIJDAN TASHRIF


🇺🇿🇹🇷 Yurtimiz yoshlari orasida xorijiy universitetlarda o'qish istagini bildirayotgan o'quvchilar kundan-kunga ortib bormoqda. Shunday istakdagi o'quvchilar bilan uchrashish maqsadida 2024-yilning 1-may sanasida Turkiyaning Medipol universiteti masʼullari Muhammad al-Xorazmiy maktabiga tashrif buyurishdi!

📃Uchrashuv davomida mehmonlarimiz maktabimiz oʻquvchilari bilan suhbat qurishdi. Ushbu suhbat davomida, Turkiyaning Medipol universiteti haqida maʼlumotlarni qoʻlga kiritibgina qolmay, Turkiyada oʻqish hamda mehmonlarimiz tomonidan berilgan turli maslahatlarga ham ega boʻlishdi!

Shuni taʼkidlash mumkinki o'quvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xalqaro mutaxassisdan kerakli motivatsiyaga ega bo'ldilar.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #matematika

TAJRIBA ALMASHISH DAVOM ETADI

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Matematika va uni o‘qitish metodikasi” hamda “Umumiy matematika” kafedralari professor-o‘qituvchilarining ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish jarayonlari davom etmoqda.

📌 Maktabimizning matematika fan ustozlari bilan birga tashkil etilgan seminar-treningda universitet professor-o‘qituvchilaridan A. Akmalov , D. Abduvahobovlar tomonidan “Matematikani kasbiy sohalarga yo‘naltirib o‘qitish imkoniyati” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Bunday treninglar fan ustozlarining kelgusidagi faoliyatlarida muhim amaliy ko‘nikma va malakalarining oshishiga sabab bo‘lsa, ajab emas.

Maktabimiz fan ustozlari uchun yana shunday tajriba almashish jarayonlari may oyida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NEWUU Students' channel (Murodbek ISLAMOV)
Turli sohalarni mukammal o'rganish siri

"Yangi O'zbekiston" universitetida yurist, aktyor, yozuvchi va jurnalist Otabek Mahkamov bilan "Turli sohalarni mukammal o'rganish siri" mavzusida uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuv vaqti: 4-may, 15:00 da
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, UCA binosi 2-qavati

☑️ Turli xil sohalarni o'rganish va bu yo'lda muvaffaqiyatga erishish istagida bo'lgan barcha yoshlarni uchrashuvga taklif etamiz.

#uchrashuv

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook