Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.75K subscribers
9.69K photos
678 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#olimpiada #ClimateScience

XALQARO OLIMPIADA


Agar siz iqlim-o’zgarishi sohasiga qiziqsangiz va shu sohada o’z bilimingizni oshirib xalqaro mukofotga sazovor bo’lmoqchi bo’lsangiz - bu imkoniyat aynan siz uchun!💡

Biz mamnuniyat bilan “ClimateScience Olympiad 2024” xalqaro olimpiadasiga qatnashish uchun registratsiya ochilganini ma’lum qilamiz.🏆

Olimpiada onlayn shaklda, 12 ta tilda (ingliz, rus, fransuz, nemis tillari ham bor) boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar quyidagi 3 kategoriya boʻyicha baholanadi:
– 16 yoshgach boʻlganlar.
– 17-19 yoshlilar.
– 20-25 yoshlilar.

Olimpiadada qatnashish avfzalliklari:
⁃ pul mukofotlari (sovrin fondi 15 000$),
⁃ maxsus medal va sertifikatlar🏅,
⁃ Bakuda bo’lib o’tadigon BMTning Butunjahon COP29 Iqlim forumiga bepul sayohat qilish imkoniyati🇦🇿,


Olimpiadada qanday qatnashish haqida savollaringizga javob olish uchun Climatescience.org vakili tomonidan olingan video-instruktajni havola orqali ko’rishingiz mumkin.📹

Ma’lumot uchun:

Olimpiada savollariga tayyorgarlik ko’rish uchun climatescoence.org saytidagi bepul o’quv kurslardan foydalanishingiz mumkin.

Batafsil👇
ClimateScience veb-sayti
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AlxorazmiyVolontyorlari #Volntyorlar #DunyoniYaxshilaymiz

‼️DIQQAT‼️

📣Volontyorlar guruhining ochilish marosimi 📣

Sizni uzoq kutilgan “Al-Xorazmiy Volontyorlari” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadigan tadbirga taklif qilishdan mamnunmiz.

Uchrashuvda biz maqsadlarimiz, g‘oyalarimiz va rejalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Siz ushbu muhim harakatda qanday ishtirok etishingiz hamda xayriya, ta’lim, ekologiya va yana bizning yordamimiz juda zarur bo‘lgan boshqa sohalarga hissa qo‘shishingiz mumkinligi haqida eshitasiz.

Va bu hammasi emas! Uchrashuvda O‘zbekiston Volontyorlar Assotsiyatsiyasi direktori Shirin Abidova ishtirok etadi. U volontyorlik dunyosi haqidagi bilimlarini baham ko‘radi, bizni ilhomlantiradi, bir-birimizni va guruhimizni yaxshiroq bilishimizga yordam beradigan qiziqarli o‘yinlarni tashkil etadi.

🔔 Ushbu unutilmas uchrashuvda bizga qo‘shiling! Keling, jamiyatimiz uchun juda zarur bo‘lgan o‘zgarishlarni birgalikda yarataylik.

🔜Sana: 08.05.2024
🕒Vaqt: 14:30
📍Joyi: Faollar zali

Do'stlaringizni taklif qilishni unutmang, biz birgalikda kuchmiz! Tez orada ko'rishguncha!


‼️ ВНИМАНИЕ ‼️

📣 Церемония открытия волонтёрской группы 📣

Мы счастливы пригласить вас на встречу, которая станет началом чего-то великого - представление нашей новой волонтерской группы "Al-Xorazmiy Volontyorlari"!

На встрече мы поделимся нашими целями, задумками и планами. Вы услышите о том, как каждый из вас может принять участие в этом важном движении и внести свой вклад в благотворительность, образование, экологию и другие сферы, где наша помощь особенно нужна.

И это ещё не всё! На нашей встрече будет присутствовать директор Ассоциации волонтеров Узбекистана, Ширин Абидова. Она поделится своими знаниями о мире волонтерства, вдохновит нас и организует несколько интересных игр, которые помогут нам лучше узнать друг друга и нашу группу.

🔔 Присоединяйтесь к нам в эту незабываемую встречу! Давайте вместе создадим изменения, которые так нужны нашему обществу.

🔜 Дата: 08.05.2024
🕒 Время: 14:30
📍Место: Актовый зал

Не забудьте пригласить своих друзей, вместе мы сила! До скорой встречи!
________
🚀Telegram | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bolqon #Olimpiadasi #Kumush #Bronza

G’ALABA MUBORAK!


2024-yil 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi bo’lib o’tdi.

🏆Ushbu olimpiadada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Axtamov Ozodbek 🥈-o’rinni egallab kumush medal sohibi bo’ldi, 9-sinf o‘quvchilari Zohidjonov Elbek hamda G‘affarov Rasulbeklar esa 🥉-o’rinni egallab bronza medalini qo’lga kiritdi.

O’quvchilarimizga keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lishini tilab, ilm olishda izlanishdan aslo to‘xtamang, deb qolamiz.
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mudofaa #Contest #Innovatsiya #gʻalaba

TABRIKLAYMIZ!


🇺🇿 Joriy yilning 2 – 4-may kunlari Toshken shahridagi G‘alaba bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.

ℹ️Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

🏆Ushbu olimpiadada ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sunnatov Asilbek faxrli 🥇-o‘rinni, Komilov Anasxon esa 🥉-o‘rinni egalladi.

🤩Ota-onasi va ustozlarini bunday yutuqlari bilan quvontirgan o‘quvchi yoshlarimizni tabriklaymiz hamda kelgusidagi o‘qish va ishlarida doimo omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Yutuqlar bardavom bo‘lsin⚠️
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM