Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.75K subscribers
9.69K photos
678 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#yashil #makon #eʻlon #koʻchat #eking #bogʻ #qiling

OBODONLASHTIRISH HAFTALIGI DAVOM ETADI


🌲 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ko‘chat eking, bog‘ qiling” shiori ostida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish haftaligi davom etmoqda.

🌱20-aprel kuni maktabimizning 5-03, 5-04, 5-05, 6-01, 7-01, 8-02, 8-05, 9-03, 10-01, 10-03, 10-04, 11-01, 11-04-sinf o‘quvchilari hamda sinf rahbarlari hamkorligida maktab hovlisida turli turdagi ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayoni amalga oshirildi.

🌍 Ma’lumotlarga qaraganda, 1 gektar yerga ekilgan daraxt bir yilda 8 kg karbonat angidridni yutib oladi va 6 kg kislorod ishlab chiqaradi. Yoki yarim gektar yerga ekilgan daraxt bir avtomobilning 42 ming km yo‘l bosib chiqargan karbonat angidridini yutishini aytishimiz ham mumkin. Shuning uchun faqatgina kesilgan daraxtlar o‘rniga yangisini ekish emas, iqlim o‘zgarishiga qarshi muvozanatni ushlab turish ham kerak.

Eslatib o‘tamiz, ushbu obodonlashtirish haftaligi bu hafta ham davom etadi❗️
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Eco Union | al-Khwarizmi
#eco_union #al_khwarizmi #xayriya #yarmarka

📣 "Xayriya yarmarkasi"da ishtirok eting va yaxshilikka qo'l uring!

🌱🌍 Eco-Union jamoasi tomonidan 7-may kuni maktabimizda "Xayriya-yarmarkasi" o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!

🌿 Yarmarkada qayta ishlanadigan materiallardan o'z kreativligingizni ishga solgan holda yasalgan loyihalaringizni taqdim etishingiz mumkin. Masalan, plastik paketlardan yasalgan sumkalar, shisha butilkalardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqalar bo'lishi mumkin.

"Xayriya yarmarkasi"dan yig'ilgan mablag‘lar bolalar uyi uchun xayriyaga yo'naltiriladi.

‼️ Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting —> havola

"Xayriya yarmarkasi"ga qo‘shiling va Eco-Union jamoasi bilan birgalikda yaxshilik qiling!



📣 Принимайте участие в "Благотворительной ярмарке" и творите добро!

🌱🌍 Рады сообщить, что 7-мая команда Eco-Union проведет "Благотворительную ярмарку" в нашей школе!

🌿 На ярмарке вы сможете представить свои проекты из переработанных материалов, используя свое творчество. Например, это могут быть сумки из полиэтиленовых пакетов, украшения из стеклянных бутылок и т. д.

Средства, собранные от "Благотворительной ярмарки", будут переданы детскому дому.

‼️ Зарегистрируйтесь для участия —> ссылка

Присоединяйтесь к "Благотворительной ярмарке" и творите добро вместе с командой Eco-Union!

Telegram | Instagram | Volunteers | Infinity team
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston terma jamoasi Bolqon Matematika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Bolgariyaga yetib bordi

  Joriy yilning 27-aprel-2 may kunlari Bolgariyaning Varna shahrida 41-Bolqon Matematika olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiadada turli mamlakatlardan jami 138 nafar iqtidorli yoshlar ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada jamoaviy tarzda ikkinchi marta ishtirok etmoqda.

Terma jamoamiz a’zolari bilan tanishing:


Boboqulov Asadbek– Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi,
Suyunova Madina —Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi,
Axtamov Ozodbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi,
Zohidjonov Elbek —  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
G‘affarov Rasulbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi,
Jaylovov To‘lqin — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi.

❗️Eslatib o‘tamiz, 40-Bolqon Matematika olimpiadasida 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.


Terma jamoamiz a’zolariga omad va zafarlar tilab qolamiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan “Tajriba o‘tkazish, baholash va amaliyotga joriy etish” nomli mahorat darslariga start berildi.

Ayni damda tadbirning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.

👉Mahorat darslarini jonli efirda kuzating.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

“Yangi O’zbekiston” universiteti talabalari endi dunyoning birinchi raqamli institutida amaliyot o’tashadi!

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o’z yo’nalishida dunyoning 1-raqamli oliygohi - Massachusetts texnologiya instituti (MIT) jamoasi ishtirokida mahorat darslariga start berildi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi hamda ikki tomonlama samarali hamkorlik aloqalari, amalga oshirilib kelinayotgan ishlar haqida fikr bildirdi.

✔️Shundan so’ng MIT vitse-prezidenti katta maslahatchisi Vijay Kumar so’zga chiqdi. U “Yangi O’zbekiston” universitetini MIT J-WELning Markaziy Osiyodagi eng yaqin strategik hamkori sifatida e’tirof etdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu mahorat darslariga Respublika bo’ylab 250 nafar soha vakillari qamrab olingan.

Shundan so’ng, tomonlar rahbariyati o’rtasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha MIT J-WEL bilan kelishuv imzolandi.

Ushbu kelishuvga ko’ra, endi “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari dunyoning 1-raqamli oliygohida amaliyot o‘tash va malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” universiteti professor-o‘qituvchilari almashinuv dasturi bo‘yicha MITda tajriba oshirishadi.

Eslatib o’tamiz, mahorat darslari 2-mayga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💫 “Yangi O‘zbekiston” universitetida Massachusetts texnologiya instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘tilayotgan mahorat darslarining birinchi kunidan videolavha.

The video from the first day of workshops taught by professors from the Massachusetts Institute of Technology at New Uzbekistan University.

#MIT #mahorat_darslari

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2024)da O‘zbekiston terma jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar aniqlandi.

36-Xalqaro Olimpiada (IOI 2024) 2024-yilning 1-8-sentabr kunlari Misr davlatida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

1️⃣ Sunnatov Asilbek — Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani, Al-Xorazmiy maktabi, 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣ Mansuraliyev Husanboy — Namangan viloyati, Namangan shahar Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣ Rahmatullayev Ulug'bek — Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA PM 9-sinf
4️⃣ Hazratov Mardonbek — Navoiy viloyati, Navoiy shahar ITMA IM 11-sinf.

Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI-2024) haqida batafsil ma'lumot olish uchun ushbu havola ustiga bosing.
👉https://www.ioi2024.eg/

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣📣

41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi.

  Joriy yilning 27-aprel kuni Bolgariyaning Varna shahrida dunyoning 22 ta mamlakatlari terma jamoalari ishtirokida boshlangan 41-Bolqon Matematika olimpiadasining yakuniy natijalari e'lon qilindi. Unga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥈2 ta kumush, 🥉3 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Olimpiada g'oliblari bilan tanishing:

Axtamov Ozodbek To‘lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal


Boboqulov Asadbek Sayfiddin oʻgʻli – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - 🥈 Kumush medal

G‘affarov Rasulbek Hamza oʻgʻli – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Suyunova Madina Muhiddin qizi
–  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Zohidjonov Elbek Elmurod o‘g‘li
–  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi - 🥉Bronza medal

Eslatib o‘tamiz, o’tgan yilgi 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 🥉 4 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan edi.

Barchangizni tabriklaymiz!
Ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.
Keyingi Xalqaro olimpiadalarda ham omad yor bo‘lsin!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM