Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.68K subscribers
9.83K photos
691 videos
138 files
3K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Sayohat

TOSHKENT BOYLAB SAYOHAT

Har bir inson o‘zining o‘qishi va ish faoliyati davomida sayohat qilgisi keladi. Ayniqsa bu sayohat o‘z do‘stlari bilan bo‘lsa, yana-da unutilmas va ajoyib taassurotlarga boy bo‘ladi.

🚌Muhammad al -Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinf o‘quvchilari "TASHKENT CITY TOUR" bilan birgalikda Toshkentning eng goʻzal, koʻrkam va betakror joylariga sayohat qilishdi. Sayohat davomida o‘quvchilar yaqin yillarida Toshkentning naqadar chiroy ochib borayotganligiga guvoh bo‘lishdi, shuningdek , zamonaviy inshootlar, mehmonxonalar haqida ham qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar hamda tabiatning so‘lim va bahavo maskanlarida maza qilib dam oldilar.

☄️O‘quvchilar sayohatdan o‘zgacha zavq va shavq bilan qaytishdi.

-

ПУТЕШЕСТВИЕ ПО ТАШКЕНТУ

Многим нравятся экскурсии и путешествия по новым местам. Поездка будет полна незабываемых и замечательных впечатлений, если это будет вместе с друзьями.

🚌Учащиеся 5 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми организовали экскурсию по самым красивым и уникальным местам Ташкента вместе с «TASHKENT CITY TOUR». В ходе поездки школьники проехали по центральным улицам Ташкента, а также получили интересную информацию о современных зданиях и гостиницах, немного прогулялись по тёплым и солнечным паркам города.

☄️Учащиеся вернулись из поездки с большим удовольствием и впечатлениями.‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

XOTIRA - MANGU, O’CHMAS, ABADIY!

🚌Bugun 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 6-04 hamda 6-05 sinf o’quvchilari Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar do’stligi” monumenti hamda “G’alaba bog’i”ga sinf rahbarlari hamkorligida sayohat uyushtirishdi.
_______________
📍Sayohat davomida o’quvchilar adabiyot fanidan olgan bilimlarini amaliy tomondan mustahkamlashdi. Xususan, adabiyot darsida o’tgan Rahmat Fayziy qalamiga mansub “Hazrati inson” romanidan o’qigan parchadagi turli millatga mansub bolalarni o’z qaramog’iga olib tarbiyalagan Mahkam aka va uning oilasi boshidan kechirganlari haqida yanada ko’proq bilib oldilar.

🔍Shuningdek, 2-Jahon urushi yillarida o’zbek xalqining og’ir sinovlarni boshidan kechirganliklari hamda urush davri tafsilotlari bilan yaqinroq tanishib oldilar.

🪖O’quvchilar tashrif buyurgan “Galaba bog’i”da joylashgan “Shon-sharaf” muzeyidan joy olgan ko’plab ekponatlarni tomosha qilar ekan, bugungi tinch va farovon kunlarimizga shukronalar aytishdi.

-

ПАМЯТЬ - ВЕЧНА НАВСЕГДА!

🚌Сегодня, 8 апреля, учащиеся 6-04 и 6-05 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми организовали поездку к монументу «Дружбы народов» и «Парк Победы» в Ташкенте со своими классными руководителями.
_______________
📍В ходе поездки школьники практическим путем закрепили свои знания по литературе. В частности, они узнали больше об семье Шомахмудова, взявших под свою опеку детей разных национальностей, прочитанного ими на уроке литературы отрывка из романа "Хазрати Инсон", написанного Рахматом Файзи.

🔍Они также узнали подробности от состоянии узбекского народа во время Второй мировой войны и подробности военных действий.

🪖Осматривая многочисленные экспонаты музея "Шон-Шараф" Парка Победы, учащиеся выразили благодарность за наши мирные и благополучные дни.‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

SAMARQAND - MADANIYATLAR CHORRAHASI
🚆Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 5-05, 7-03, 8-04-sinf o'quvchilari Samarqand shahriga sayohat tashkil qilishdi.

🗺O’quvchilar shahardagi Go’ri Amir maqbarasi, Xoja Doniyor ziyoratgohi, Islom Karimov uy muzeyi va “Hazrati Hizr” masjidi, shuningdek, Ulug’bek rasadxonasida bo’lishdi. U yerdagi qadimiy tarixiy yodgorliklar hamda turli muzey ekponatlari bilan yaqindan tanishib, Samarqandni chinakam noyob shahar, deb atash mumkinligiga yana bir bor amin bo’lishdi.

Darhaqiqat, dunyoning eng buyuk shoir va faylasuflari uni - qalb bog‘i, sharq durdonasi, dunyoning ko‘zgusi va hatto yer yuzi deb atashganlarida ham, ular bu go‘zal shaharning barcha go‘zalligi va boyliklarini tasvirlab berolmagan bo‘lardilar.
-
САМАРКАНД– ПЕРЕКРЁСТОК КУЛЬТУР
🚆Учащиеся 5-05, 7-03, 8-04 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми организовали поездку в город Самарканд.

🗺Учащиеся посетили мавзолей Амира Темура, усыпальницу Хожи Дониëра, дом-музей Ислама Каримова и мечеть Хазрати Хизир, а также обсерваторию Улугбека. Самарканд можно назвать поистине уникальным городом с его древними историческими памятниками и разнообразными экспонатами.

В самом деле, даже если бы величайшие поэты и философы мира назвали его центром культур, жемчужиной Востока, центром мировой цивилизации и даже ликом земли, они не смогли бы описать всю красу и богатство этого прекрасного города.‌‌
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O‘ZBEKISTON BOG‘IGA SAYOHAT

🦅 Yosh avlod qalbida ajdodlar merosiga hurmat hamda ularga munosib voris bo‘lish tuyg‘usini yanada kamol toptirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari o‘quvchi yoshlar bilan poytaxtimizda joylashgan eng yirik madaniyat va istirohat bog‘laridan biri Yangi O‘zbekiston bog‘iga tashrif buyurishdi.

🇺🇿🇺🇿 Sayohat davomida o‘quvchilar Istiqlol majmuasidagi O‘zbekiston madaniyatini ifodalashga qaratilgan bir qancha belgilar , ya’ni Go‘ri Amir maqbarasi , Buxoro, Termiz va boshqa hududlarni aks ettiruvchi me’moriy ishlanmalar bilan tanishdilar. Ayniqsa ushbu majmuaga kiraverishdagi uch renessans davrini aks ettiruvchi uch zinapoya, Yangi O‘zbekistonning rivojlanishi uchun beshta ustuvor yo‘nalishli harakatlar strategiyasini anglatuvchi besh zinapoya o‘quvchi yoshlarda juda katta taassurot qoldirdi.

🌳U yerdagi ko‘kalamzorlashtirilgan hudud, bir-biridan rang-barang o'simlik va gullar yoshlar qalbiga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
-
ПОЕЗДКА В ПАРК НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН

🦅В целях воспитания в сердцах молодого поколения чувства уважения к наследию предков, преподаватели специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми с учащимися посетили крупнейший культурно-развлекательный парк, расположенный в нашей столице, «Новый Узбекистан».

🇺🇿🇺🇿 В ходе поездки школьники ознакомились с рядом памятников комплекса Истиклол, отражающих культуру Узбекистана, а именно с символов мавзолея Гори Амир, города Бухары, Термиз и другими архитектурными сооружениями. Особенно большое впечатление на учеников произвели три лестницы при входе в этот комплекс, отражающие три периода Возрождения, и пять ступеней, представляющие пять приоритетных стратегий действий по развитию Нового Узбекистана.

🌳Зеленая территория, разнообразные растения и цветы доставили особую радость посетителям.

#sayohat
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

MUZEYLAR TARIXDAN SABOQ BERADI

📺 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 6-01 sinf o’quvchilari Toshkent shahridagi "Aloqa muzeyi"ga sayohat uyushtirdilar. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlanish bosqichlari va yutuqlarini o‘zida aks ettiruvchi Aloqa tarixi muzeyi ekspozitsiya zalida pochta aloqasi, telegraf-telefon aloqasi, radio-televideniye, mobil aloqasi va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanish tarixini o‘z ichiga olgan bo’limlar mavjud.

🗂 O’quvchilarga muzey xodimi tomonidan birma-bir ushbu eksponatlar to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar berib borildi. Yosh sayohatchilar aloqa sohasiga oid bo‘lgan tarix bilan tanishganlaridan juda mamnun bo‘ldilar. Sayyohat maroqli o‘tishi bilan birgalikda barchaga birday qiziqarli bo‘ldi.
-
УРОКИ ИСТОРИИ В МУЗЕЕ

📺Учащиеся 6-01 класса специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми организовали поездку в «Музей связи» в Ташкенте. В выставочном зале Музея истории связи, отражающем этапы развития и достижения области информационных технологий и связи, имеются отделы, включающие почтовую связь, телеграфно-телефонную связь, радиотелевидение, мобильную связь, историю развитие отрасли в годы независимости.

🗂Сотрудники музея рассказали учащимися об всех этих экспонатах. Юным путешественникам было очень интересно узнать об истории коммуникаций. Поездка понравилась всем школьникам и доставила огромное удовольствие‌‌.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

"SARDOBA AGRO HOLDING" GA SAYOHAT

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 6-01 sinf o’quvchilari Toshkent shahrida faoliyat ko’rsatuvchi “Sardoba agro holding🌻 MChJga sayohat uyushtirdilar.

🛠Ekskursiyadan asosiy maqsad, o‘quvchilarni ishlab chiqarish korxonalari faoliyati va ish jarayoni , shuningdek, shahrimizda mahsulot ishlab chiqarishda bo’layotgan rivojlanish bosqichlari bilan tanishtirish edi. 🛠

⚙️🔩O’quvchilarni korxonaning mas’ul xodimlari ishlab chiqarish jarayoni bosqichlari hamda texnika xavfsizligi qoidalariga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishtirirdilar.

Yosh sayohatchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar va bu tashrif ular uchun qiziqarli jarayonlarga boy bo’ldi.🤩
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NUU #sayohat

“YANGI O'ZBEKISTON”- YANGI ORZULAR RO’YOBI

🎞 22-yanvar kuni Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10- va 11-sinf o’quvchilari Yangi O'zbekiston universitetiga sayohatidan videolavha.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

MUZEYLAR TARIXDAN SO'ZLAYDI...


👀 27-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 7-01-sinf o’quvchilari sinf rahbari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.

📌 1937-yilda tashkil etilgan ushbu muzeyning koʻrgazma kolleksiyalarida Oʻzbekiston bezak sanʼati tarixini ochib beruvchi 4 mingdan ortiq eksponatlar mavjud. Muzeyda ekskursiyalar, koʻrgazmalar, xazina, ilmiy metodika boʻlimlari, kutubxona (internet tarmogʻiga ulangan) joylashgan bo’lib, o’quvchilar har bir bo’limni alohida e’tibor bilan tomosha qilishdi. Ayniqsa, muzeydagi XIX asrning 1-yarmidan to hozirgi kungacha boʻlgan davrda oʻzbekistonlik ustalar tomonidan yaratilgan amaliy sanʼat durdonalari o’quvchilarga estetik zavq bag’ishladi.

❗️Bunday tashriflar o’quvchilarning ma’naviy dunyoqarashini oshirish bilan birgalikda ularning IT sohasida yangi-yangi loyihalar yaratishlariga turtki bo’lsa ajab emas.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

KUTUBXONAGA
SAYOHAT

📖Har tamonlama rivojlangan komil insonni tarbiyalashda kitobning xizmati beqiyosdir. Yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-03 sinf o‘quvchilari bilan Toshkent shahri markazidagi zamonaviy va ko‘p tarmoqli ziyo maskanlaridan biri – Respublika bolalar kutubxonasiga sayohat uyushtirildi.

📚 O‘quvchi yoshlar tashrif chog‘ida kutubxonaning ish faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, dunyo va o‘zbek adabiyotining bir-biridan qiziqarli va ajoyib kitoblarini mutolaa qilib qalblari zavq va shavqqa to‘ldi.

❗️Kutubxona xodimlaridan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda sayohat yakunida o‘zlarini tanlagan kitoblarni o‘qish uchun olib ketdilar.
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayohat

O'ZLIKNI ANGLASH-TARIXNI O'RGANISHDAN BOSHLANADI


🇺🇿Tarixni o‘rganish orqali inson maʼnaviy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayadi.

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 6-01 sinf o‘quvchilari  Amir Temur tarixi muzeyiga sayohat uyushtirdilar.

Bu tashrifdan asosiy maqsad o‘quvchilarga yurtimizning ko‘hna tarixini tanishtirish, ajdodlarimizning, xususan timuriylarning Vatanimiz tarixida tutgan o'rni to‘g‘risida tasavvur hosil qildirishdan iborat.🔥💥

⚡️O‘quvchilar muzeyda nafaqat Amir Temur haqida, balki yurtimiz tarixi to‘g‘risida, hozirgi kunda davlatimizda yuz berayotgan o‘zgarish va islohotlar haqida ham batafsil maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #sayohat

KELAJAK UCHUN POYDEVOR


📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari joriy yilning 15-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga ekskrsiya uyushtirishdi.

⚡️Ustozlar hamrohligida borgan o’quvchilarimizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, Professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich kutib olib, universitet va uning faoliyati haqida ma’lumotlar berdi.

🖥 Universitetning yangi rekonstruksiya qilingan binosi eng so’nggi texnologiyalar asosida jihozlangan bo’lib, bugungi axborot asrining eng yaxshi namunasi deyish mumkin. Shuningdek, amaliy laboratoriya xonalari va mobil operatorlari tizimi zamonaviy texnikalar bilan jihozlangani o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

⚽️⚽️Universitet ma’muriyati tomonidan o’quvchilarimiz uchun intellektual bellashuv va tosh ko'tarish, golf, “Quvnoq startlar” kabi sport musobaqalari tashkil qilindi. Unda ishtirok etib, g’olib bo’lgan o’quvchilarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitet sport kompleksi o‘zida 10 dan ortiq sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatini mujassam etgan, barcha zamon talablariga javob beradigan zamonaviy sport majmuasining mavjudligi o’quv dargohida talabalarning nafaqat chuqur bilim olishiga, balki, salomatligiga ham katta e’tibor qaratilishini anglatadi.

🔥Maktabimiz o’quvchilari Universitetga qilingan ekskursiyadan juda xursand bo’lib, katta taassurotlar bilan qaytdilar.

✔️Maktab ma’muriyati tomonidan uyushtirilgan ekskursiya bitiruvchi o’quvchilarimiz uchun manfaatli bo’lishiga ishonamiz.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayohat

BUXORO BO'YLAB SAYOHAT

🗓 2024- yilning 2 - noyabr kunida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabining 10-03, 10-04, 10-05 sinf o’quvchilari ta’til kunlari vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida qadimiy shaharlaridan biri Buxoro shahriga sayohat tashkil qilishdi.

Buxoro shahri Sharqning mashhur qadimiy shaharlaridan biri bo’lib oʻrta asrning 140 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini oʻzida saqlagan „muzey shahardir“.

📸 Mana shu „muzey shahar” bo’ylab sayohat davomida o’quvchilarimiz “Sitorai Moxi xossa, ”Ark qo’rg’oni”, “Bolohovuz”, “Samoniylar” va “ChashmaI Ayyub” maqbaralari, Somoniylar bog’I, Minorai kalon, Masjidi kalon(XVI), Mir Arab madrasasi (XVI), savdo rastaralari va karvonsaroylar, “Magoki attor” masjidi, “Labi hovuz” majmuasi kabi tarixiy joylarda bo’lib, u yerlarning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. O’quvchilarimiz muzeydagi eksponatlarni tomosha qilar ekan, Buxoro yirik ilm-maʼnaviyat, maʼrifat markazlaridan biri bo’lganligiga yana bir bor iqror bo’lishdi.

🙂O’quvchilarimiz sayohatdan olam-olam taassurot bila qaytishdi. „Muzey shahar”- Buxoro moziyga oyna ekanini chinakam ma'noda his etishdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#standartlashtirish #sayohat #sifat #nazorat #laboratoriya
#metrologiya

TEXNOLOGIYA DUNYOSIGA
SAYOHAT

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01 sinf va bir guruh 11-sinf o‘quvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun yetakchi ilmiy va texnik markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasi”ga sayohat tashkil qilindi.🔍

💡Bu yerda o‘quvchilarimizga o‘lchov texnikasi va uning amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tekshirish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi. Bunday ekskursiyalar o‘quvchilarning ilm-fan, texnologiya va sanoat sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Ushbu tashrif nafaqat o'quvchilarning nazariy bilimlarini kengaytirish, balki amaliy tajribalar orqali ularga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida amalga oshirildi. Shubhasiz, bunday tajribalar yosh avlodni ilm-fan va texnologiya dunyosiga yaqinlashtiradi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.🥼

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasiga samimiy qabul va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM