Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.72K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#nazorat #BSB

BSBLAR HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA

📝Xabaringiz bor, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda zamonaviy baholash tizimi joriy etilgan. Ushbu yangi baholash tizimining bir qancha afzalliklari mavjud bo'lib, ulardan asosiysi o'quvchi bilimiga xolis baho berilishidir.

❗️Ayni damda maktabda 2-chorak boyicha olingan bilimlar sarhisobi-BSBlar haftaligi davom etmoqda.

‼️Barcha óquvchilarga ushbu haftalikda faol qatnashib, haqqoniy baholanishi tarafdorimiz.

НЕДЕЛЯ СОР ПРОДОЛЖАЕТСЯ

📝Как известно, в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми внедрена современная система оценивания. Эта новая система оценивания имеет несколько преимуществ, главное из которых объективная оценка обучения учащихся.

❗️На данный момент в школе идет подведение итогов полученных знаний за 2-ю четверть.

‼️Мы призываем всех учащихся проявить ответственность в этой неделе и получить достойную оценку.‌‌

🔵 Telegram 🌐 Facebook 📹 Instagram 🌐 Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#standartlashtirish #sayohat #sifat #nazorat #laboratoriya
#metrologiya

TEXNOLOGIYA DUNYOSIGA SAYOHAT


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-01 sinf va bir guruh 11-sinf o‘quvchilari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun yetakchi ilmiy va texnik markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti hamda O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining “Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sinash laboratoriyasi”ga sayohat tashkil qilindi.🔍

💡Bu yerda o‘quvchilarimizga o‘lchov texnikasi va uning amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini tekshirish bo‘yicha ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi. Bunday ekskursiyalar o‘quvchilarning ilm-fan, texnologiya va sanoat sohalariga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.

Ushbu tashrif nafaqat o'quvchilarning nazariy bilimlarini kengaytirish, balki amaliy tajribalar orqali ularga yangi ko‘nikmalarni o‘rgatish maqsadida amalga oshirildi. Shubhasiz, bunday tajribalar yosh avlodni ilm-fan va texnologiya dunyosiga yaqinlashtiradi, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos yaratadi.🥼

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi jamoasiga samimiy qabul va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM