Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
869 subscribers
12.5K photos
1.75K videos
195 files
3.28K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🏛️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


O, ota makonim,onajon oʻlkam,
Oʻzbekiston jonim toʻshay soyangga.
Senday mehribon yoʻq,Seningdek koʻrkam,
Rimni alishmasman bedapoyangga.


💥Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 10-"B"sinf oʻquvchilari bilan "Ulugʻimsan,Vatanim!" shiori ostida mashgʻulot tashkil etidi.
💥Mashgʻulot davomida oʻquvchilar tomonidan xalq dardini baralla aytgan ,yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan shoir ijodi toʻgʻrisida maʼlumotlar aytildi.
💥Sheʼriyatga oshno oʻquvchilar shoirning
"Onamga","Doʻppi"singari sheʼrlarini ifodali oʻqishdi..
Shundan soʻng oʻquvchilar shoir
ijodi yuzasidan berilgan savollarga ham javob berishdi.

💥 Oʻtkazilgan mashgʻulot oʻquvchilarda oʻzbek sheʼriyati rivojiga samarali hissa qoʻshgan shoirning ijodiga muhabbatini yanada oshirdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook
Instagram I YouTube
2❤‍🔥1👍1
#Puppy_Theatre

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎭 Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 9-sinf tarbiyachisi rahbarligida Muhammad Yusuf ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari maktabning “Happy  English”  to‘garagida “Golden watermelon” ertagini sinf tarbiyachisi D.Tuychiyev  ko‘magida ingliz tilida sahnalashtirdilar.

❇️ Ertakni 7-sinf o‘quvchilari tomosha qilishdi. Ertak so'ngida ayyorlik, mehr-oqibat, yaxshilik va yomonlik kabi xislatlar muhokama qilinib, o‘quvchilar kerakli xulosalar chiqarishdi.

Ertak barchada o'zgacha taassurot qoldirdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
👍3❤‍🔥1🍾1
Oila tushunchasi, oila muqaddas, Vatan bittadir!


#Tashrif
#Oila_muqaddas_Vatan_bittadir

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PF-55 sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida maktabimizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari Jo‘rayev Risboy Xaydarovich va Ibraimov Xolboy Ibragimovichlar ishtirokida "Oila tushunchasi, oila muqaddas, Vatan bittadir" mavzusida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

⚡️Ushbu uchrashuvni ijod maktabi direktori P.Axmedjanova ochib berdi. Uchrashuv davomida mehmonlar o'quvchilarga qarata oilaga va Vatanga sadoqat, kelajakda yurt koriga yaraydigan yetuk va bilimli mutaxassis bo'lib yetishish, bilimga rag'batli bo'lish unga bo'lgan muhabbat qanchalar oliy saodat ekanligi, uning naqadar muhim ekanligi haqida o'zlarining qimmatli fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

⚡️Shuningdek, o'quvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan muhim savollariga javob olish bilan bir qatorda, akademiklar tashrifidan va ushbu manfaatli uchrashuvdan bag'oyatda mamnun ekanliklarini bildirdilar va ularga tashakkur izhor etdilar.

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

🟢 Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤‍🔥11🔥1🆒1