Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
134 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari va Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mushoira o‘tkazildi.

Mushoira davomida o‘quvchilar shoirning qalamiga mansub eng mashhur va xalqchil she'rlar asosida bahr-u bayt uyushtirishdi.

Har ikkala maktab o‘quvchilari ham she'rlarni ifodali aytishdi.

🏆Mushoira so‘nggida ikkala jamoa ham teng qatnashib o‘rtoqlik g‘alaba qozondi va maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar berildi.

Bunday hamkorlikdagi tadbirlar o‘quvchilarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Tashrif
#ÖzDJTU_bilan_hamkorlik

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2024 yildagi PQ-147-sonli qarori ijrosi yuzasidan bugun ijod maktabimizga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M.Tuxtasinov, tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev, ushbu fakultetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha dekani muovini M.N.Musabekova, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri J.R.Abduganiyeva, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi A.A.Hamidov,
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi K.T.Alimova hamda xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi volontyor o'qituvchisi Liu Xuemeilar tashrif buyurdilar.

➡️Tashrif davomida mehmonlar maktabimizda tashkil etilgan Halima Xudoyberdiyeva muzeyi bilan shuningdek, maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

🟢Shuningdek, o'quvchilarimiz va rektor I.M.Tuxtasinov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvni ijod maktabi direktori P.Axmedjanova ochib berdi. Unda tashrif buyurgan mehmonlar hamkorlikdagi ishlar borasida, qolaversa, O'zDJTU da talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida so'z olib, kelgusidagi rejalar, xususan, xitoy tilini o'qitish bo'yicha mutaxassis ham ajratishi haqida to'xtalib, xitoy tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi volontyor o'qituvchisi Liu Xuemeini tanishtirdi. Liu Xuemei o'z nutqida shunday ijod maktabi borligidan xayratlanib, o'quvchilarni xitoy tili va madaniyatini ham o'rganishni tavsiya qildi. Bu borada o'zi ham Xitoy elchixonasi bilan hamkorlikda ishlashga yaqindan yordam berishini ta'kidladi.

Shu bilan bir qatorda, maktabimizda O'zDJTU tarjimonlik fakulteti qoshida tarjimonlik kafedrasi filiali ochilish marosimi ham o'tkazildi. Unda hamkorlikda tashkil etilgan mahorat darslari doimiy ravishda olib borilishi blegilab olindi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🔔Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM