Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.66K videos
134 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Normurod_Narzullayev

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

⚡️Bugun ijod maktabining 11- sinf oʻquvchilari bilan shoir Normurod Narzullayev ijodiga bagʻishlangan mashgʻulot tashkil etildi.

⚡️Maʼlumot oʻrnida shuni aytish joizki, Normurod Narzullayevning ijodiy faoliyati 1954-yildan boshlangan. Ilk sheʼriy toʻplamlari-"Suyunchi","Zarafshon zarlari","Ufqlarda koʻzlarim", "Yogʻdu"va"Nigohlar" kabi sheʼriy toʻplamlari mavjud.

⚡️Oʻquvchilar mashgʻulot davomida Normurod Narzullayev tomonidan bitilgani hamda shoir asarlarida zamon va makon birligi,dunyo va davr tushunchasi,samimiyat, burchga sadoqat,Vatanga muhabbat tuygʻulari yetakchi oʻrin egallashi haqida koʻplab maʼlumotlarni bilib olishdi.

✔️Bunday mashgʻulotlar oʻquvchilarda shoir ijodiga boʻlgan qiziqishlarini ortishiga hizmat qiladi.

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

🟢 Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dastur_ijrosi_amalda
#Teatr_ibratxona

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan birgalikda Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga sayohat uyushtirishdi.

Sayohat davomida pyesalarni sahnalashtirish, aktyor va aktrisalarning berilgan rollarga tayyorgarlik hamda ijro jarayonlarini tomosha qilishdi.Oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Tashkil etilgan tanishuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.Sayohat so‘ngida o‘quvchilar teatr bu ibratxona ekanligiga, teatr insonlarni ma'nan yuksalishining asosiy tayanchiligiga amin bo‘lishdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Bolalar_dunyosi
#Ruhafzodan_ruhlandim

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi o‘quvchisi, "Yosh ijodkorlar" adabiy to'garagi a'zosi Aziza Rahmatullayevaning “RUHAFZO”DAN RUHLANDIM…” nomli maqolasi “BOLALAR DUNYOSI” gazetasi (2024-yil 20-aprel) 8-sonida nashr etildi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi_amalda
#hamkorlik

⚡️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan muloqotda tomonlar taʼlim sohasida oʼzaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Universitet professor-oʻqituvchilari ishtirokida mahorat darslarini doimiy ravishda olib borish belgilab olindi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🔔Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube