Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
659 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa_zavqi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

"Mutolaa zavqi" tanlovi uchun

📚 Ahmad Lutfiy Qozonchining "Saodat asri qissalari" asari

🎥 Saydullayeva Sug‘diyona
8-"B" sinf o‘quvchisi

♻️Tanlov davom etmoqda...

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutolaa_zavqi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

"Mutolaa zavqi" tanlovi uchun

📚 Marsel Brionning "Menkim, Sohibqiron -Jahongir Temur" asari haqida...

🎥 Yigitaliyeva Farangiz
9-"A" sinf o‘quvchisi

♻️Tanlov davom etmoqda...

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa_zavqi
#yosh_kitobxon

🏢  Halima Xudoyberdiyeva     nomidagi ijod maktabi

☑️ "Mutolaa zavqi" tanlovi uchun

📚 O'tkir Hoshimovning
"Ikki eshik orasi" asari asosida

Iroda Mirzaqulova
8-"A"-sinf o‘quvchisi

♻️Tanlov davom etmoqda...

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook | Instagram | You tube  |
#Mutolaa_zavqi

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 Oʻquvchilar boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy kitob mutolaasi orqali ularning tafakkurini yanada kengaytirish hamda adabiyot darsida oʻtilgan mavzuni yanada mustahkamlash maqsadida 10- "A"sinf oʻquvchilari bilan milliy durdonamiz boʻlgan "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi" dostoni oʻrganildi. Oʻquvchilar xalq dostonlarining millat tarixi, uning turmush tarzi va tafakkuriga xos xususiyatlari aks ettirilishi toʻgʻrisida fikr almashdilar.

📖 Mashgʻulot davomida dostonning Jizzax hamda Xorazm variantlarini mutolaa qildilar, ulardagi voqealar, tasvirlar va shevalardagi oʻxshash va farqli tomonlarni tahlil qildilar.

Bizni kuzatishda davom eting.

♻️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram| Instagram | Facebook | You Tube| Web -sayt
#Mutolaa_zavqi
#Kino_va_asar

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📘 Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan "Mutolaa zavqi" toʻgaragida Ch. Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asari mutolaa qilindi.
💫 Asarni oʻqish jarayonida bosh qahramonlar taqdiri, ichki kechinmalari, oila muqaddasligi, xiyonatning oqibatlari, Boytemirning mard va olijanob fazilatlari haqida mulohazalar yuritildi.
☀️ Shundan soʻng, Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan asar syujeti asosida suratga olingan badiiy film tomosha qilindi.
⚡️Yakunda oʻquvchilar qissa va film talqinidagi oʻxshash va farqli tomonlar, kinoning imkoniyatlari boʻyicha fikr almashdilar.
Mashgʻulot qiziqarli va samarali boʻldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Bir_asar_tahlili
#Mutolaa_zavqi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
📚Kitob-insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk ixtirosidir, u insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma‘naviy kamolotiga yordam beradi.
📘Badiiy asar oʻqish orqali oʻquvchilar tafakkurini yanada kengaytirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan T.Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" qissasi mutolaa qilindi.
📗Avvalo,tarbiyachi-pedagog tomonidan asar haqida qisqacha maʼlumot berildi,unda kurash, kurashchi polvonlar,xalqimizning azaliy urf-odatlari,milliy qadriyatlar aks ettirilganligi aytib oʻtildi.
📙Oʻquvchilar asarni oʻqish davomida bosh qahramon-Bo'ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo'lishi,or-omus,mardlik tuyg'ulari ulug'lanishi tasvirlangan boʻlsa,Nasim obrazi orqali doʻstga xiyonatning oqibatlari koʻrsatilgani yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube| Web-sayt
Forwarded from Maqsuda Xolmatova
#bir_asar_tahlili
#mutolaa_zavqi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

📚O'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin" romani tahliliga bag'ishlangan mashg'ulot bo'lib o'tdi.
Tarbiyachi-pedagog M. Xolmatova bu romanni yoshlar hayoti, ma'naviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan va bugungi kunda ham ko'p o'qiladigan asarlar sirasiga kirishini ta'kidladi. Bu asarni o'quvchilar o'rtasida juda ham ko'pchilik o'qiganligi sababli tahlil jarayoni ham tortishuv va munozaralarga boy bo'ldi.Nazarova N. shunday dedi:"Men uchun bu roman hamisha qadrli bo'lib qoladigan, qalbimdan chuqur joy olgan asardir".
Xudoynazarova S."Olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin degan gapda qanchalik teran ma'no bor".

Asar tahlili barcha o'quvchilarga manzur bo'ldi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqda👇
Telegram|Instagram|YouTube|Facebook|Veb-sayt|
#mutolaa_zavqi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 11- A sinf oʻquvchilari oʻrtasida badiiy asarlar yuzasidan davra suhbati oʻtkazildi. Bunda "Kecha va kunduz" asari tanlab olindi va oʻquvchilar tomonidan qizgʻin baxs-munozaralarga sabab boʻldi. Mashgʻulotda oʻquvchilar oʻsha davrdagi aholining ogʻir ijtimoiy turmushi,mansabdor shaxslarning oddiy xalqga yetkazgan jabr-zulmlari, xotin-qizlarning tahqirlanishi kabi achchiq haqiqatlarni guvohi boʻlishdi.
🫧Mutolaa jarayonida Eshqulova Gulsanam, Musulmonqulova Muslimalar asar yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlab olish uchun kichik bir viktorina oʻtkazishdi va bu barcha oʻquvchilar uchun foydali boʻldi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram| Instagram|Facebook|
Youtube|Veb-sayt|
#Baxt_va_shodlik_kuychisi
#Mutolaa_zavqi


🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

📝Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎓Ijod maktabining 8-"B"o'quvchilari bilan ulug' shoir Hamid Olimjon tavalludining 114 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

🎗Dastlab, tarbiyachi-pedagog "Hamid Olimjon lirikasi boshqa birorta shoirning lirikasiga aslo o'xshamaydi. Bu lirika marmar kabi tiniq, lekin sovuq emas",- Abdulla Oripovning so'zlarini ta'kidladi.

🧑‍🎓O'quvchilar shoirning "O'zbekiston", "Chimyon esdaliklari","Holbuki,tun" va "O'rik gullaganda" she'rlarini ifodali o'qishdi.

🔰Mashg'ulot davomida o'quvchilar "Domino" o'yinidan foydalanib, shoirning mashhur she'rlarini davom ettirdilar.

🖇Mashg'ulot mobaynida o'quvchilar Hamid Olimjon ijodining serqirra ekanligiga amin bo'lishdi.

📍Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube |
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Kitob — insonning eng yaqin do'sti,maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbaidir.
📘Oʻquvchilar boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy asar oʻqish orqali ular tafakkurini yanada rivojlantirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan Oʻ.Hoshimovning "Nur borki, soya bor" romani mutolaa qilindi.
📗"Nur borki, soya bor" asari yozuvchining birinchi romani, unda ijodkor Sayfi Soqiyevich, Sirojiddin obrazlari orqali turgʻunlik davri illatlarini fosh etadi. Asarning bosh qahramoni Sherzod esa jamiyat orasidagi buzilgan muvozanatni joyiga keltirish uchun kurashadi.

📙Mashgʻulot davomida oʻquvchilar asarni oʻqidilar, voqealar rivoji, qahramonlar ishtiroki, asar tili, yozuvchi mahorati toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram| Instagram| Facebook| YouTube| Web-sayt
#Aytmatov_satrlari_bu_musiqa
#Mutolaa_zavqi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Turk ma'naviy olamining chaqnoq yulduzilaridan biri, qirg'iz xalqining faxri, g'ururi Chingiz Aytmatovdir. Umuman olganda esa, uning shaxsiyati umumbashariyat tarixida juda kam uchraydigan favqulodda hodisa ekanligini tarbiyachi-pedagog 8-"B" sinf o'quvchilariga davra suhbatida aytib o'tdi.

🎗"Buyuk shaxslarini millat qayg'usi, Vatan qayg'usi yaratadi",— degan edi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov.

🔗Chingiz Aytmatov qirg'iz xalq og'zaki ijodiyotidan ijodiy oziqlanganligi va xilma-xil usullaridan o'z asarlarida mohirlik bilan foydalanganligini isbotlash maqsadida "Oq kema", "Asrni qaritgan kun" asarlaridan parcha o'qishdi.

📖Mashg'ulot davomida o'quvchilar adibning qissachilik janrini cho'qqiga olib chiqqan va inson ruhiyatini zo'r tasvirlashini asarlari o'qish davomida anglab yetishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram IFacebook I Veb-sayt IInstagram IYoutube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa_zavqi
#yosh_kitobxon

🏢  Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi
Halima Xudoyberdiyeva   nomidagi ijod maktabi

📖"Mutolaa zavqi" tanlovi uchun

📚 Javlon Jovliyevning
"Qoʻrqma" asari asosida

🎤 Yigitaliyeva Farangiz
10-"А"-sinf o‘quvchisi

♻️Tanlov davom etmoqda...

Telegram | Facebook | Instagram | You tube  |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mutolaa_zavqi
#yosh_kitobxon

🏢  Halima Xudoyberdiyeva   nomidagi ijod maktabi

☑️ "
Mutolaa zavqi" tanlovi uchun

📚 Said Ahmadning
"Ufq" asari asosida

Olimova Rushana
10-"B"-sinf o‘quvchisi

♻️Tanlov davom etmoqda...

Telegram | Facebook | Instagram | You tube  |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus
#Mutolaa_zavqi

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎬 8-"B" sinf o'quvchisi Qarshiboyeva Sevinchning
"Mutolaa zavqi" tanlovi uchun tayyorlagan media mahsuloti.


👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Mutolaa_zavqi
#Bir_asar_tahlili

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 8-"B"sinf oʻquvchilari bilan Daniel Defoning "Robinzon Kruzo" asari tahlili boʻlib oʻtdi.

⚡️ Dastavval, tarbiyachi-pedagog M.Xolmatova "Robinzon Kruzo" asari haqida qisqacha maʼlumot berib, bu asarni yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan kitobxonlar birdek qiziqish, hayojon bilan oʻqishini aytib oʻtdi.

💫 Oʻquvchilar Robinzonning mehnatkashligini, benihoya gʻayratli odam boʻlganligini, tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi olib borgan kurashlarini asar tahlili davomida anglab yetishdi.

💫Mashgʻulot davomida oʻquvchilar oʻzlarining qiziqtirgan savollarini bir-biriga ulashib, fikr almashishdi.

⚡️ Bunday mashgʻulotlar oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga, badiiy asar gʻoyasini ochib berishga xizmat qiladi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Vebsayt I 🌐Instagram I 📹YouTube