Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
661 subscribers
10.7K photos
1.68K videos
135 files
2.79K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Besh_tashabbus_amalda
#Raqs_nafosat_timsoli

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'sib kelayotgan yosh avlod ongu shuuriga ezgulik va nafosat, estetik-ma'naviy kamolotga muhabbat tuyg'ularini singdirishda o'zbek milliy raqs san'atining o'rni hamda ahamiyati beqiyos. Milliy raqslarda xalqimizning eng munavvar qadriyatlari, insoniy fazilatlari, milliy an'analari ifodalanadi.

Bizning Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabimizda ham darsdan soʻng 5 tashabbus doirasida "Navbahor" raqs to‘garagi faoliyat yuritmoqda. Bu toʻgarakda mohir xoreograf O.Aytmagambetova oʻquvchi-qizlarga raqs san'atining butun sir-asrorlarini oʻrgatib kelmoqda.Hozirgi kunda yosh raqqosalar taʼlim muassasasi hamda viloyat miqyosdagi tadbirlarda maftunkor raqslari bilan tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlmoqda.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Besh_tashabbus_amalda
#Voleybol_musobaqasi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏐O'quvchilarni jismonan sog'lom va ma'nan yetuk bo'lishlari hamda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 10-"B" sinf o'quvchilari o'rtasida voleybol sport turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

🤾‍♀️ Oʻquvchilar 2 guruhga: "Chaqqonlar" va "Epchillar" guruhlariga boʻlinishdi.

🏆Musobaqada o'quvchilar bilim olish bilan birga sport boʻyicha ham yetakchi ekanliklarini ko'rsatishdi.

🥇Qizg'in kechgan bu o'yin "Epchillar" jamoasi foydasiga 5:3 hisobida hal bo'ldi.

⚡️Bunday musobaqalar o'quvchilar sog'ligi va kayfiyatiga a'lo darajada ta'sir etadi.

Yoshlar oʻrtasidagi sogʻlom raqobat musobaqaning koʻtarinki kayfiyatda oʻtishiga sabab boʻldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
#besh_tashabbus_amalda
#hunar_hunardan_rizqing_unar

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Qizlarni kelajakka tayyorlash, ularga hunar o'rgatish maqsadida bugun 8-,,A" sinf o'quvchilari bilan tikuvchilik darsi tashkillashtirildi.

❇️ Dars davomida qizlar yubka bichishni o'rgandilar. Ushbu mashg'ulotdan so'ng o'quvchilarning tikuvchilik sirlarini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

❇️ Mashg'ulot yakunida dars qatnashchilari tikuvchilik to'garagi rahbari Gulnoza opa To'qsonboyevaga ushbu mashg'ulot uchun tashakkur bildirdilar.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |
#Besh_tashabbus_amalda

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli o‘tkazish maqsadida bugun 9-“B” sinf o‘quvchilari bilan shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etildi.

🔹 Ushbu bahslar o‘quvchilarning diqqatini yanada oshirishga va shu bilan bir qatorda ularning zehnini rivojlantirishga yordam berdi.

🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra, Abdunabiyeva Surayyo 1-o‘rinni, Inomjonova Sabrina 2-o‘rinni va Jabborova O‘rozgul 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Besh_tashabbus
#Teatr

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

TEATR – TARBIYA VA MAʼNAVIYAT MASKANI

🟢 Tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i bo‘lgan – teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.

Ijod maktabimiz o'quvchilari Alisher Navoiyning tavallud kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurdilar.

☑️ O'quvchilar uchun havola etilgan sahna ko‘rinishi badiiy va musiqaviy chiqishlarni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, barchada katta taassurot qoldirdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus
#IT_sohasi_bugun_va_kelajak

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'quvchi yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va IT sohasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ijod maktabining 10-"B" sinf o'quvchilari "Robototexnika dasturi bilan ishlash" bo'yicha amaliy topshiriqlar bajarishdi.

Mashg'ulot davomida robototexnikadagi asbob-uskunalar yordamida tayyorlanishi mumkin bo'lgan kichik robot sxemasini kompyuterda onlayn ishlashdi.
⚡️Bu kabi mashgʻulotlar
oʻquvchilarni atrofdagi dunyo tehnika olami haqidagi bilimlarini kengaytirish,muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, oʻzaro munosabat koʻnikmalarini va qaror qabul qilishda mustaqillikni rivojlantirish bilan birga ularning ijodiy salohiyatini ham ochib beradi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:


Telegram I Facebook
Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus
#Robototexnika

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️7-“B” sinf o'quvchilarini bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Nazariy bilimlarini amaliy boshqaruvga yo‘naltirish" mavzusi ostida amaliy mashg’ulot o'tkazildi.

👨🏻‍💻O‘quvchilar yangi buyum yasar ekan, nafaqat uning intellektual bilimlari, balki zamonaviy texnologiyalarning yangi avlodini yara­tishga ishtiyoqi va qo‘l mehnati orqali mo‘jizalar yaratish mumkinligiga ishonchi ortadi.
Ko‘rgazmali va amaliy harakat bilan o‘zining salohiyatini aniqlash o‘quvchi uchun o‘zini ko‘rsatish va isbotlash imkonini beradi.

O‘quvchilar ushbu amaliyotda va jamoa bo‘lib topshiriqlarni bajarayotganida ham mexanikaning asoslarini tushunib yetadi va tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi.

Ko'tarinki ruhda o'tgan mashg'ulot yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Besh_tashabbus_amalda
#Dam_olish_daqiqalari

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏤Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏓 Ko‘pchilik sport turlari qatori stol tennisi ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir etadi.Ushbu sport turi birinchi navbatda ko‘z ravshanligini oshiradi, mantiqan fikrlash, xotira va diqqatni charxlaydi, bo‘g‘imlarning harakatchanligi yaxshilanib, kuch, tezlik, chidamlilik va qobiliyatni tarbiyalaydi.Bundan tashqari, yuqori yelka kamari, oyoq-qo‘llar mushaklari faoliyatini oshiradi.
🏓Oʻquvchilarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli taʼminlash, yuqorida keltirilgan tibbiy tavsiyalarga tayanib, ularning salomatliklarini mustahkamlash maqsadida 10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida stol tennisi musobaqasi oʻtkazildi.
🏓 Musobaqa qizgʻin ruhda oʻtdi.Ochkolar hisobida Abduvohidova Dilnoza raqiblarining barchasidan ustunlik qilib, birinchi oʻrinni egalladi.

♻️Bizni kuzatishda davom eting!

✳️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram |Facebook |Veb-sayt | Instagram |You Tube |
#Besh_tashabbus_amalda

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Oʻquvchi qizlarni katta hayotga tayyorlash va kasbga yoʻnaltirish maqsadida ijod maktabimizning 10-"B" sinf oʻquvchi qizlari boʻsh vaqtlarida "Mohir qoʻllar" toʻgaragiga qatnashib ustozi Gulnoza Toʻqsonboyevadan tikuvchilik sirlarini qunt bilan oʻrganib kelishmoqda.
⚡️Bugungi mashgʻulot davomida qizlar koʻylak modelini tayyorlash ,oʻlcham olish va bichish texnologiyasini, tikuv mashinalaridan qanday foydalanish va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etish kerakligi haqida ham bilib olishdi.

⚡️ Bu mashgʻulot oʻquvchilarning tikuvchilikka boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi va oʻzlari ham amalda sinab koʻrish uchun yangi kiyim modelini tayyorlab, tikib koʻrishdi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇
Telegram | Instagram
FacebookYouTube