Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_540_yilligi
#nazm_javohirlari

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 9-sinf oʻquvchilari bilan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan maktab kutubxonasida "Bobur- dilbar shaxs" mavzusida maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
📚Tadbirda oʻquvchilarga "Boburnoma" kitobining yozilish tarixi, unda berilgan tarixiy va etnografik ma'lumotlarning qimmati toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.
Oʻquvchilar ham Movarounnahr va undagi xalqlar hayoti haqida jonli guvohlik beruvchi asarlar orasida “Boburnoma “ alohida ajralib turishi toʻgʻrisida oʻz fikrlarini bildirishdi.
⚡️Shundan soʻng oʻquvchilar ikki guruhga boʻlinib, "Boburnoma"da keltirilgan Samarqand va Andijon haqidagi maʼlumotlarni "Davom et" metodi asosida aytishdi.
Tadbir yakunida Bobur g'azallari va ruboiylari asosida mushoira tashkil etildi.

♻️ Bizni kuzatishda davom eting!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook | Instagram|
YouTube | Web-sayt
#kitobxonlik_haftaligi
#nazm_va_navo

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 Bugun ijod maktabining 7- sinf oʻquvchilari Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markaziga sayohat qilishdi. Kutubxona xodimasi N.Mamajonova markaz ish faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib, oʻquvchilarni barcha bo‘lim va sektorlar bilan tanishtirdi, kutubxona fondidagi mavjud adabiyotlar hamda bir nusxadagi adabiyotlarning elektron variantidan foydalanish mumkinligini aytib o‘tdi.
⚡️Shundan soʻng oʻquvchilar 2023-yil 10-15 aprel kunlari “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan III Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan "Nazm va navo" tadbirida ishtirok etishib, oʻzbek shoirlari ijodiga mansub sheʼrlarni mahorat bilan ifodali oʻqishdi.
📌 Tadbir yakunida maktab oʻquvchilarimiz munosib ishtiroki uchun kutubxona maʼmuriyatining "Tashakkurnoma" va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting👇

Telegram| Facebook | Instagram YouTube | Web-sayt
#Nazm_sehri
#Olovqalb_shoir

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚📚 Joriy yilning 25-sentyabr kuni maktab kutubxonasida 7-sinf oʻquvchilar bilan Oʻzbekiston xalq shoiri,oʻzbek adabiyotining yorqin yulduzi, benazr isteʼdod sohibi Omon Matjon ijodiga bagʻishlangan mashgʻulot tashkil etildi. Bunda kutubxonachi D.Raxmonva taʼlim muassasasiga yangi qabul qilingan oʻquvchilarga shoirning toʻplamlari, kitoblarini tanishtirdi.

Shundan soʻng oʻquvchilar ijodkorning faoliyati, ijodi yuzasidan "Men bilgan besh maʼlumot" metodi asosida oʻzaro bellashdilar.

♻️ Tadbir yakunida oʻquvchilar Omon Matjon kitoblarini mutolaa qilishdi.

Bizni kuzatishda davom eting.

❇️ Bizning ijtimoiy tarmoqlarda 👇


Telegram| Instagram | Facebook | You Tube | Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot #Nazm

LAFZ...

Ostonangni
hatlaganim
rost,
mashaqqatga hozirman, ishon,
ko‘nglimdagi nurlangan ixlos –
ruhlantirgan ilohiy nishon.

Har
zahmatdan
olgayman rohat,
toleyimga yozilgani shu,
muhim emas yashash – farog‘at,
lahzalarim – ijodiy mavsum.

Lek
quyoshday
botmasman tunda,
g‘aflatning ham olarman jonin,
O‘zi qo‘llar har qanday kunda,
uyg‘oq qalbim – uyg‘oq vijdonim.

Haq so‘ziga
qilib
rioya,
boradirman hayot oralab
ko‘rganlarim – adabiy g‘oya,
dilqog‘ozga qo‘ygum qoralab.

Soat
sayin
uchqurlab bot-bot,
dilyozg‘ichga beraman ishlov,
shu zaylda o‘tgum umrbod,
mening umrim – senga bag‘ishlov.

So'zlamasman,
darvoqe,
mayda,
tuyg'ularim garchi mayindir,
Adabiyot, yuborgin haydab,
aytolmasam bir so'z tayinli!..


©Husniddin HAYIT,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi,
🎙Zulhayo MINGBOYEVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi


🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adabiyot #Nazm

LAFZ

Ostonangni
hatlaganim
rost,
mashaqqatga hozirman, ishon,
ko‘nglimdagi nurlangan ixlos –
ruhlantirgan ilohiy nishon.

Har
zahmatdan
olgayman rohat,
toleyimga yozilgani shu,
muhim emas yashash – farog‘at,
lahzalarim – ijodiy mavsum.

Lek
quyoshday
botmasman tunda,
g‘aflatning ham olarman jonin,
O‘zi qo‘llar har qanday kunda,
uyg‘oq qalbim – uyg‘oq vijdonim.

Haq so‘ziga
qilib
rioya,
boradirman hayot oralab
ko‘rganlarim – adabiy g‘oya,
dilqog‘ozga qo‘ygum qoralab.

Soat
sayin
uchqurlab bot-bot,
dilyozg‘ichga beraman ishlov,
shu zaylda o‘tgum umrbod,
mening umrim – senga bag‘ishlov.

So'zlamasman,
darvoqe,
mayda,
tuyg'ularim garchi mayindir,
Adabiyot, yuborgin haydab,
aytolmasam bir so'z tayinli!..
 

✍️Husniddin HAYIT,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi,
🎙Sitora NAIMJONOVA,
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Аdabiyot #Nazm

YURAK YOMG'IRI...

Bulutlar
bag'ridan
mitti-mitti shar
misoli tomchilar liftlarsiz tez-tez,
kimo'zar qilganday to'xtovsiz tushar,
zamin nafasini sog'ingan bu kez...

Havoga
qorishib
izg'ir har sasi,
dillarning tubiga boradi yetib,
yomg'irga aylangan bulut parchasi,
yashash hududini bir-bir tark etib.

Jimgina
kuzatar zimdan
borliq ham,
lek bundan mustasno bezovta yurak,
chunki his yomg'irin ko'rmoqqa baham,
kuzning quchog'ida she'riy o'y surar...

(13.11.2024)

©Husniddin HAYIT

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I