#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi
Har bir inson o'z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.
Inson o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.
Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash maqsadida zarur bo'lgan doirada cheklanishi mumkin.
21-modda
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Bilasizmi
🇺🇿 Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylarida, binolar va boshqa obyektlarda, yashash yoki ish joylarida, shuningdek ularga tutash bo'lgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanilishi mumkin.
☑️ Davlat bayrog'ining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizasiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o'tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas, bundan Davlat bayrog'iga nisbatan hurmatni ta'minlagan holda uning tasviri tushirilgan belgilardan ustki kiyim-boshni bezatish yoki O'zbekistonga tegishlilikni belgilash maqsadida foydalanish mustasno.

🔰 Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida:
🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm;
🔹bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm;
🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;
🔹yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 soʻm;
🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 soʻm;
🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 soʻm;
🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 soʻm;
🔹zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 568 000 soʻm;
🔹ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 568 000 soʻm.

✅ Qonunchilikka ko'ra, charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarida yuqori malakali tikuvchi, bichuvchi va kosiblarni tayyorlashda “usta-shogird” an'anasi asosida korxonaning tajribali xodimlariga biriktirilgan shogirdlar uchun dastlabki 3 oy mobaynida Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg'armasi mablag'lari hisobidan BHMning 4 baravari (1 mln 320 ming so'm) miqdorida subsidiyalar ajratilishi belgilangan.
❗️Bunda mazkur subsidiyaning 50 foiz qismi ustaning ish haqiga ustama sifatida beriladi va qolgan qismi zarur xom ashyolar sotib olish uchun maqsadli sarflanadi.

#Amal_qiling
🔰 Qonunchilikka ko'ra, iste'molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz shartnoma asosida ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq yetkazib beriladi.
📝 Shartnomada taraflarning huquq va majburiyati, hisobga olish asboblarini o'rnatish, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish va boshqa shartlar kelishib olinadi.
📁 Mazkur qoidalarni buzganliklari uchun tomonlar qonun hujjatlariga muvofiq ma'muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
⚠️ Shuningdek, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.
‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir.
O'zbekistonda o'lim jazosi taqiqlanadi.
25-modda

❗️Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi
🔰 Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi undirilmaydi:
1️⃣ nutqidagi ogʻir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlik, bolalar afaziyasi);
2️⃣ eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);
3️⃣ koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi);
4️⃣ tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat);
5️⃣ psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);
6️⃣ aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik);
7️⃣ murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).

✅ Iste'molchi ko'chmas mulkni olgandan e'tiboran 2 yil mobaynida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishini talab qilishga haqli.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jami daromadi 10 milliard so'mdan kam bo'lmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida byudjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to'lovni amalga oshirish nazarda tutilgan.

☑️ Tashlab ketilgan bolani topib olgan shaxs bu haqda bola topib olingan vaqtdan boshlab 24 soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi shart.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
☑️ Tashlab ketilgan bolani topib olgan shaxs bu haqda bola topib olingan vaqtdan boshlab 24 soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi shart.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi
Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. SHaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.
27-modda

#Huquqingizni_biling
❕Yirtilib bo'laklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak.
☝️Faqat bu holda yelimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli bo'lishi lozim. Misol uchun, 100 ming so'mlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina yelimlash mumkin (boshqa 100 ming so'mlik pulning yirtilgan qismini emas).
➡️ Quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz to'lovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:
➖har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo'lgan, qog'ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog'oz ko'rinishiga kelib qolgan) hamda dog'lari bo'lgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;
➖bo'yoq moddalari yoki kislota to'kilgan, tabiiy rangi o'zgargan, kuygan, bo'yalgan yoki chizilgan pullar;
➖umumiy hajmining 55 foizidan kam bo'lmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, raqobatchini obro'sizlantirish, ya'ni bosma yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan matnlarda yoki ommaviy axborot vositalari orqali xo'jalik yurituvchi subyektning ishbilarmonlik nufuziga putur yetkazish maqsadida bila turib yolg'on, noaniq yoki buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni tarqatish quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:
➖ BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (16 mln 500 ming so'mdan 33 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
➖ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
➖ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

✅ Qoida tariqasida, o'rindoshlik asosida ishlovchi xodimga o'rindoshlik bo'yicha ishlaydigan ish joyiga taqdim qilishi uchun asosiy ish joyiga taqdim qilinadigan mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma'lumotnomasining davolash-profilaktika muassasasi bo'lim mudiri tomonidan tasdiqlangan nusxasi berilishi belgilangan.

#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling
❗️Yo'l harakati qoidalariga ko'ra, davlat ro'yxatlash raqam belgilari ko'rinmaydigan, qalbakilashtirilgan, o'zgartirilgan bo'lsa, transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
🚖 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ko'ra, davlat raqam belgilarini ko'rish imkoniyatini cheklaydigan, ularni anglashga to'sqinlik qiladigan turli ashyolar o'rnatish va qoplama surtish – ana shu qurilmalarni musodara qilib:
👉 fuqarolarga 330 ming so'mdan 990 ming so'mgacha;
👉 mansabdor shaxslarga esa – 990 ming so'mdan 1 mln 650 ming so'mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

#Diqqat_tanlov
❗️“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o'tkaziladi
✍️ O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi tashkil etiladi.
❕Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishi mumkin.
➡️ Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi.
📌 Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
🎁 G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🔰 Mahalladagi xotin-qizlar faolining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:
🔹 xonadonlar soni 500 tagacha bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3,5 baravari (3 mln 430 ming so'm) miqdorida;
🔹xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 4 baravari (3 mln 920 ming so'm) miqdorida;
🔹xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo'lgan mahallada – mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 4,5 baravari (4 mln 410 ming so'm) miqdorida.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo'li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o'zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta'minlanadi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.
Hech kim o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.
28-modda

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi
“Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–366-son, 15.11.2023-y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, 2024–2026-yillarda:
🔘 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan:
▫️kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig'i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi;
▫️kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi;
▫️300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;
▫️150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo'lga qo'yiladi;
🔘 “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:
🔸kichik va o'rta tadbirkorlarga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so'mdan 14 trillion so'mga yetkaziladi;
🔸150 ta o'rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;
🔸o'rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;
🔸300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.
🗓 2023-yil 15-dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo'nalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlanadi.
❕2024-yil 1-iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.
➡️ 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperasiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so'mgacha to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.

❗️Litsenziyalashga oid qonunchilikka o'zgartirish kiritildi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ–878-son, 15.11.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi
🔰 Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, sanitariya qonunchilikni, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiena normativlarini buzish:
▫️fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha edi);
▫️mansabdor shaxslarga 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 5 baravaridan 10 baravarigacha edi) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
✅ “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarga muvofiq:
➖qonunchilikda nazarda tutilgan faoliyat turlari uchun 1 yil muddatga litsenziyani olish yoki sudning qaroriga (hukmiga) asosan shaxsga nisbatan muayyan faoliyat turi bilan shug'ullanish taqiqlanganligi litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish to'g'risidagi arizani rad etish uchun asos bo'ladi.
❕Shuningdek, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat quyidagi hollarda ham bekor qilinishi belgilandi:
➖litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs tomonidan litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (1 yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda;
➖litsenziya yoki ruxsat berish talablari va shartlari 1 marotaba qo'pol ravishda buzilganda, agar mazkur qoidabuzarlik fuqarolarning hayoti va sog'lig'iga ziyon, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat xavfsizligiga zarar hamda atrof-muhitga ziyon yetkazilishiga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazilishiga, tinchlik va xavfsizlikka tahdid solinishiga olib kelgan bo'lsa.
📋 Ushbu hollarda qonunchilikda belgilangan faoliyat turlari uchun 1 yil davomida qaytadan litsenziya berilmaydi. Mazkur talab tadbirkorlik subyektining muassisi yoki benefitsiar mulkdori tomonidan tashkil etiladigan yangi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
🏢 Qonunga ko'ra, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi quyidagi faoliyat turlari bo'yicha litsenziyalash va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi:
🔹alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi;
🔹pivo va pivo ichimliklarini ishlab chiqarish va ulgurji savdo qilish faoliyati.
☑️ Tamaki mahsulotlari bilan ulgurji savdo qilish Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
➡️ Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish esa joylardagi tuman (shahar) soliq inspeksiyalarini xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.