#Huquqingizni_biling
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chogʻida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart:
● oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar;
● oltmish yoshga toʻlgan erkaklar, ellik besh yoshga toʻlgan ayollar;
● nogironlar;
● mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bogʻliq ishlarda band boʻlganlar;
● oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʻlganlar;
● umumtaʼlim maktablari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʻul boʻlgan pedagog va boshqa xodimlari.
🚫 Tibbiy koʻriklardan oʻtilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor boʻlmaydilar.
Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇

🔰 Quyidagilar 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:
▫️ 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma'lumotnomasi asosida);
▫️ pensionerlar (pensiya guvohnomasi asosida);
▫️ I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar (pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi ma'lumotnomasi asosida).

❕Yirtilib bo'laklarga ajrab qolgan va yelimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak.
☝️Faqat bu holda yelimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli bo'lishi lozim. Misol uchun, 100 ming so'mlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina yelimlash mumkin (boshqa 100 ming so'mlik pulning yirtilgan qismini emas).
➡️ Quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz to'lovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:
➖har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo'lgan, qog'ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog'oz ko'rinishiga kelib qolgan) hamda dog'lari bo'lgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;
➖bo'yoq moddalari yoki kislota to'kilgan, tabiiy rangi o'zgargan, kuygan, bo'yalgan yoki chizilgan pullar;
➖umumiy hajmining 55 foizidan kam bo'lmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.

✅ Sifatsiz (g'arch-g'urch qilgan, kuygan, ichi bo'sh, yaxshi qorilmagan, boshqa narsalar aralashgan) non yoki non mahsulotlari sotilgan taqdirda sotuvchi-xodimlar xaridor talabiga ko'ra ularni sifatlisiga so'zsiz almashtirib berishlari yoki pulini qaytarishlari kerak. Xaridorlar tomonidan qaytarib berilgan non va non-bulka mahsulotlari sanitariya jihatidan yaroqsiz hisoblanadi.

🔰 Qonunchilikka ko'ra, jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo'lgan davlat ko'chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to'g'ridan-to'g'ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo'yicha ariza berish huquqi berilishi belgilangan.

🚫 Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qilishga yo'l qo'yilmaydi.
📝 Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishni rad etishi to'g'risidagi yozma yoki og'zaki majburiyatlari haqiqiy emas.

🚫 Ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
🔰 Quyidagilar ishga qabul qilishni noqonuniy rad etishdir:
▫️kamsitishni taqiqlash to'g'risidagi talablarni buzish;
▫️ish beruvchi ishga taklif etilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
▫️ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasini tuzishi shart bo'lgan shaxslarni (ish o'rinlarining eng kam soniga ishga yuborilgan shaxslarni, ish beruvchi alohida asoslar bo'yicha mehnat shartnomasini bekor qilgan shaxslarni, ular qayta ishga qabul qilingan taqdirda va boshqalarni) ishga qabul qilmaslik;
▫️homiladorlik yoki farzandlar borligi bilan bog'liq sabablarga ko'ra ishga qabul qilmaslik;
▫️sudlanganligi sababli shaxslarni ishga qabul qilmaslik (qonunchilikda alohida istisnolar belgilanishi mumkin).
📝 Ishga qabul qilish rad etilganda ariza beruvchiga uning sababi ko'rsatilib javob beriladi.