Audio
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (468-son, 28.07.2025-y.) bilan “In-vitro” sharoitida ko'paytirilgan payvandtagli meva va tok ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom tadbirkorlarga muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan “in-vitro” sharoitida ko'paytirilgan payvandtagli meva va tok ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
💸 Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
🔹 yangi intensiv bog' barpo etgan talabgorga hamda dala chetlari, kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan “in-vitro” sharotida ko'paytirilgan payvandtagli meva ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir meva ko'chatiga 25 ming so'mdan oshmagan miqdorda;
🔹 muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan uzumning danaksiz va yangi nav ko'chatlariga 7,5 ming so'mdan, mahalliy tok ko'chatlariga 2 ming so'mdan oshmagan miqdorda.
📝 Talabgor subsidiyani olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
🔸 sog'lom, viruslardan holi bo'lgan "in-vitro" laboratoriyasida ko'paytirilgan payvandtagli ko'chatlarning muvofiqlik sertifikati nusxasi;
🔸 talabgor bilan “in-vitro” sharoitida ko'chat yetishtiruvchi ko'chatchilik xo'jaligi o'rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
🔸 ko'chatlar sotib olingani bo'yicha hisob-faktura, “in-vitro” sharoitida ko'chat yetishtiruvchi ko'chatchilik xo'jaligining tavsiyasi va muvofiqlik sertifikati bo'yicha 3 yillik kafolat xati.
✅ Ishchi guruh hujjatlarni 3 ish kunida joyiga chiqqan holda o'rganadi va subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki rad etish to'g'risidagi xulosani tasdiqlaydi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Ayrim payvandtagli ko'chatlarni xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplanadi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_avgustdan
🔰 Qonunchilikka ko'ra, 2027-yil 31-dekabrgacha Mo'g'ulistondan mayda shoxli mollarni O'zbekistonga import qilishda tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹 havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
🔹 QQSni to'lash muddatini foizlar hisoblanmagan holda to'lov ta'minotisiz kechiktirib to'lash imkoniyati beriladi.

Hukumat qarori (440-son, 14.07.2025-y.) bilan “Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash, zo'ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko'ra, zo'ravonlikdan jabrlangan yoxud o'ziga nisbatan zo'ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo'lgan bolalar bevosita o'zlari yoxud qonuniy vakillari “Inson” markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas'ul organlarga murojaat qiladi.
📝 “Inson” markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o'rganadi.
📜 Bunda “Inson” markazi bolaning hayoti yoki sog'lig'iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o'tkazadi hamda xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topishi mumkin.
☑️ Xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko'radi:
🔹 zo'ravonlik sodir etgan shaxsni ma'muriy yo'l bilan ushlab turish hamda prosessual majburlov choralarini qo'llash;
🔹 bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;
🔹 bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o'z qaramog'iga olgan boshqa shaxslardan olib qo'yish va uning xavfsizligini ta'minlash.
⏳ Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, “Inson” markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o'tkazadi.
📙 Kompleks baholash natijalariga ko'ra 3 ish kuni ichida bolani himoya qilish rejasi ishlab chiqiladi.
❗️ Bolalarga nisbatan zo'ravonlik sodir yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga quyidagi ta'sir choralari qo'llanilishi mumkin:
▪️ tuzatish dasturidan o'tish;
▪️ bolalarini olib qo'yish;
▪️ ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish.
▪️ narkologiya muassasalarida majburiy davolanish;
▪️ majburiy tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlash.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi

“O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o'rganish va jahon miqyosida targ'ib qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–230-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko'ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.
💰 Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi
❇️ 2026-yildan har 2 yilda 1 marta estrada san'ati bo'yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko'rik-tanlovi o'tkazib boriladi.
📹 Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag'ishlangan badiiy film yaratiladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi

“Milliy va jahon musiqa san'ati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ'ib qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–231-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.
🏛 Qarorga ko'ra, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Farg'ona viloyati bo'linmasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹 Farg'ona milliy cholg'ular orkestri;
🔹 Farg'ona simfonik orkestri.
❇️ Shuningdek, reja bo'yicha Farg'ona shahridagi “Eco City” majmuasi hududidagi amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar ko'p tashrif buyuradigan boshqa joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholg'ular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Milliy va jahon musiqasining sara asarlari yanada ommalashtiriladi

#Bilasizmi
🪙 Qonunchilikka ko'ra, quyidagi shaxslardan avtotransport vositalarining to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi:
🔹 "Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil" taniqlik belgisi o'rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar;
🔹 16 yoshgacha nogironligi bor bolasi bo'lgan ota-onalar (yoki uning o'rnini bosuvchi shaxslar).
📜 Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma hamda tegishli pensiya guvohnomasi bo'lishi lozim.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🔹 "Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil" taniqlik belgisi o'rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar;
🔹 16 yoshgacha nogironligi bor bolasi bo'lgan ota-onalar (yoki uning o'rnini bosuvchi shaxslar).
📜 Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma hamda tegishli pensiya guvohnomasi bo'lishi lozim.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o'limi) tez-tez ro'y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.
⚠️ Mazkur hududlar bo'yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg'oq bo'ylab cho'milishni taqiqlovchi belgilar o'rnatishi shart.

Qonun (O'RQ–1077-son, 30.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔰 Qonun bilan ayrim qonunlarga o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo'shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.
✅ Qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo'lishi ko'zda tutildi:
🔹 o'z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo'mita raisi va 2 nafar qo'mita raisi o'rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;
🔹 qonun loyihasi ikkinchi o'qishda ko'rib chiqilguniga qadar ham o'sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;
🔹 har chorakda "hukumat soati" va parlament so'rovi doirasida masala kiritish.
📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi

Qonun (O'RQ–1076-son, 30.07.2025-y.) bilan O'zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.
🔰 Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo'jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
✔️ Kodeksga ko'ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
🔗 Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo'linadi.
📋 Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
🔹 O'zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;
🔹 O'zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o'tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.
✅ Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin.
🏛 Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.
🖼 Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.
📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o'tgach kuchga kiradi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Suv kodeksi qabul qilindi

📙 Kodeksga ko'ra, suv obyektlari doimiy yoki vaqtincha foydalanishga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitimlarga asosan foydalanishga beriladi.
⌛️ Suv obyektidan vaqtincha foydalanish muddati 3 yildan kam bo'lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak.
✔️ Suvdan umumiy foydalanish jumlasiga quyidagilar kiradi, jumladan:
▪️ o'zining ichimlik va xo'jalik-maishiy ehtiyojlari uchun suv olish;
▪️ cho'milish;
▪️ chorva mollarini sug'orish;
▪️ sport va havaskorlik yo'li bilan baliq ovlash.
✅ Suvdan umumiy foydalanish ruxsatsiz va cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
📝 Suvdan maxsus foydalanish Kodeksda belgilangan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
🔗 Shuningdek, suv servituti quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin, jumladan:
➖ suvdan umumiy foydalanish;
➖ fuqarolar va transport vositalarining o'tishi;
➖ hayvonlarni sug'orish va chorva mollarini haydab o'tish;
➖ sohil bo'yi zonalaridan erkin foydalanishni va undan o'tishni ta'minlash.
📋 Suv servituti ommaviy va xususiy suv servituti shaklida bo'lishi mumkin.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Suv obyektlaridan suv servituti asosida foydalanish asoslari belgilandi

💰 Kodeksga ko'ra, baliq xo'jaligi, sanoat, energetika va xo'jalik-maishiy ehtiyojlar uchun suv olish tartibi yuridik shaxslar tomonidan buzilganda, ularga nisbatan quyidagi miqdorlarda jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar qo'llaniladi, jumladan:
🔹 suvdan foydalanuvchilar belgilangan limitdan ortiq olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 20 foizi;
🔹 suvdan foydalanuvchilar suv olish shartnomalari tuzilmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 30 foizi;
🔹 suvdan foydalanuvchilar suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan holda olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 5 foizi;
🔹 suv xo'jaligining foydalanuvchi tashkilotlari, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suvdan foydalanuvchilar suvdan maxsus foydalanishga doir ruxsatnomasiz olgan har ming kub metr suv uchun – BHMning 40 foizi.
✔️ Suv olish tartibining buzilishi moliyaviy sanksiyalar qo'llanilganidan keyin 1 yil ichida takroran sodir etilganda, ushbu moliyaviy sanksiyalar 5 baravar miqdorda qo'llaniladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar qo'llanadi

Hukumat qarori (474-son, 29.07.2025-y.) bilan “O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko'ra, maskanlarga yo'llanmalar yil davomida berilib, u yerda dam olish 12 kunlik kun tartibi asosida amala oshiriladi.
⏳ Dam olish har yili quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:
🔹 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi (Vazirlik) tizimi xodimlari va ilg'or pedagoglar uchun – sentabr-may oylarida;
🔹 iqtidorli o'quvchilar uchun – iyun-avgust oylarida.
🏛 Har bir hududda maskanlarga dam oluvchilarni saralash uchun komissiyalar tashkil etiladi.
✔️ Komissiyalar tomonidan maskanlarga 7-14 yoshli iqtidorli o'quvchilar belgilangan mezonlar asosida tanlab olinadi.
📜 Shuningdek, dam olish maskaniga quyidagi ilg'or pedagoglar tanlab olinadi:
▪️ xalqaro olimpiadalar g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar;
▪️ o'qituvchi bo'lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g'oliblari;
▪️ xorijiy til va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo'yicha xalqaro sertifikatlarga ega o'qituvchilar;
▪️ asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar;
▪️ respublika bosqichidagi ko'rik-tanlovlarda faxrli o'rinlarga ega bo'lgan o'qituvchilar;
▪️ oliy va 1-malaka toifasiga ega boshlang'ich sinf o'qituvchilari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari;
▪️asosiy olimpiadalarning viloyat bosqichi g'oliblarini tayyorlagan o'qituvchilar.
🔗 Belgilangan mezonlar bo'yicha dam oluvchilarga ketma-ketlik asosida yo'llanmalar beriladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Pedagoglar va iqtidorli o'quvchilarni dam olish maskanlariga qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (475-son, 30.07.2025-y.) bilan “Ko'cha nomi va ko'chmas mulk obyekti raqami ko'rsatkichini o'rnatish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom ko'cha nomi va ko'chmas mulk obyekti raqami ko'rsatkichlarining shakli, o'lchamlari hamda ularni tayyorlash va o'rnatish tartibini belgilaydi.
✅ Ko'rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:
🔹 1-toifa – polietilentereftalat, polietilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko'rsatkich;
🔹 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko'rsatkich;
🔹 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko'rsatkich.
📝 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko'rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko'chalar, 2-toifa ko'rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko'chalar va 3-toifa ko'rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko'chalarda o'rnatiladi.
🚫 Ko'rsatkichda ko'chaning nomi qisqartirilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Ko'cha nomi va ko'chmas mulk obyekti raqami ko'rsatkichini o'rnatish tartibi belgilandi

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Manba: VMQ-457-son, 22.07.2025-yil.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Yer qa'ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag'batlantiriladi
Manba: VMQ-457-son, 22.07.2025-yil.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #Ekologik_huquqlar
🪙 Qonunchilikka ko'ra, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suv transporti vositalaridan foydalanish natijasida atrof-muhit ifloslantirilganligi uchun quyidagi miqdorlarda yillik kompensatsiya undiriladi:
🔹 motorli qayiq va gidrosikllar uchun – BHMning 10 baravari;
🔹 kater uchun – BHMning 15 baravari;
🔹 yaxtalar uchun BHMning 25 baravari.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🔹 motorli qayiq va gidrosikllar uchun – BHMning 10 baravari;
🔹 kater uchun – BHMning 15 baravari;
🔹 yaxtalar uchun BHMning 25 baravari.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Qonun (O'RQ–1078-son, 31.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan majburiyatlarni o'z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi.
💸 Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan muddatda tovarni topshirish bo'yicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste'molchiga penya to'lashi ko'zda tutildi.
❗️ Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak.
✅ Shuningdek, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.
❇️ Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Iste'molchilarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinadi

🔹 Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo'yicha tanlov o'tkazishda yangi tartib joriy etiladi ➖ BATAFSIL;
🔹 Davlat organlarida sog'lom turmush tarzi targ'ib qilinadi ➖ BATAFSIL;
🔹 Ayrim oilalar farzandlarini qabul qilgan bog'chalarga kompensatsiya to'lanadi ➖ BATAFSIL;
🔹 Ish o'rinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi ➖ BATAFSIL;
🔹 Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi ➖ BATAFSIL;
🔹 Mebel texnologlari malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi ➖ BATAFSIL;
🔹 Oziq-ovqatlar uchun texnik reglamentlar majburiyligi bekor qilinadi ➖BATAFSIL;
🔹 Mo'g'ulistondan mayda shoxli mollarni import qilgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi ➖BATAFSIL.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ 1 avgustdan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

Hukumat qarori (476-son, 30.07.2025-y.) bilan “Davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizom davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma'lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to'g'risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o'tkazish tartibini belgilaydi.
📝 Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro'yxatga olingan paytdan e'tiboran amalga oshiriladi.
🔗 Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o'rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.
📜 Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma'lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo'lga qo'yiladi.
🚫 Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Davlat xaridlari elektron tizimining operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi

🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlandi:
🔹 O'zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o'rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o'zaro ozod etish to'g'risidagi bitim;
🔹 O'zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o'rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a'zolari tomonidan haq to'lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to'g'risidagi bitim.
🏛 Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
✔️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–238-son, 30.07.2025-y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra, 2025-yil 12-mart kuni Parij shahrida imzolangan quyidagi xalqaro shartnomalar tasdiqlandi:
🔹 O'zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o'rtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan o'zaro ozod etish to'g'risidagi bitim;
🔹 O'zbekiston Hukumati bilan Fransiya Hukumati o'rtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a'zolari tomonidan haq to'lanadigan faoliyatning amalga oshirilishi to'g'risidagi bitim.
🏛 Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomalarni amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli organ etib belgilandi.
✔️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Hukumat qarori (477-son, 30.07.2025 y.) bilan “Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan fuqarolar gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha davlat xizmatlarini shartnomaviy-huquqiy asosda ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
📝 Fuqarolar gavjum bo'ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash borasidagi tadbirlar ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari (vakolatli organ) tomonidan ushbu joylarda faoliyat ko'rsatuvchi talabgor bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
✔️Talabgor buning uchun vakolatli organ yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat etadi yoxud davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) da ro'yxatdan o'tadi.
⌛️ So'rovnoma vakolatli organga kelib tushgandan so'ng 10 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.
🖼 Vakolatli organ xodimi talabgor bilan birgalikda fuqarolar gavjum bo'ladigan joyni ko'zdan kechiradi.
📋 Talabgor tegishligiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari bilan shartnoma tuzadi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️ Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati bo'linmalari tomonidan shartnoma asosida jamoat tartibini saqlash tartibi belgilandi