Huquqiy axborot | Lotin
6.31K subscribers
3.8K photos
345 videos
2 files
8.35K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

📁 Ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlar aylanma soliq solishdan ozod etilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Ijtimoiy_aksiya

⚖️ Adliya vazirligi hamda Notarial palata hamkorligida “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkazilmoqda.

➡️ Batafsil: https://youtu.be/BMwRtSJ8AQU

Aksiyada faol ishtirok eting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

📊 Vazirliklar va idoralarning norma ijodkorligi faoliyati monitoringi natijalari

📝 Adliya vazirligiga 2022-yilda 2 667 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritilgan (ularning 2 225 tasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan). Bunda:

▫️1 546 tasi, yaʼni 69 foiziga ijobiy xulosa berilgan;
▫️679 tasi, yaʼni 31 foizi eʼtirozlar bilan qaytarilgan;
▫️442 ta loyiha Reglamentlar talablariga rioya qilinmaganligi bois ishlab chiquvchilarga qaytarilgan.

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Energetika nazorati bo‘yicha Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi

“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–54-son, 13.02.2023-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga muvofiq, Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

🚫 Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan O‘zenergoinspeksiya xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarning yuklanishi taqiqlanadi.

Qarorga ko‘ra, Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

🔰 2023-yil 1-martdan:

▫️O‘zenergoinspeksiya elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilg‘i-energiya resurslari iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni monitoring qiladi;

▫️elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish va tegishli ma’lumotlarni “E-ma'muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi.

☑️ 2023-yil 1-iyuldan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan elektr energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar elektr va gaz ta’minoti korxonalarining dasturiy ta’minoti yoxud “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tuziladi.

🗓 2023-yil 1-iyungacha yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari aniqlangan taqdirda, inson omilisiz qayta hisob-kitob qilish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va Soliq qo‘mitasi bazasida parallel ravishda hisobga olishni nazarda tutuvchi dastur joriy etiladi.

📁 Qarorga ko‘ra shuningdek, elektr energiyasi, gaz hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish orqali talon-taroj qilish holatlarini o‘g‘rilik jinoyati sifatida belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovi oʻtkaziladi

Hukumat qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

🔰 Nizomga koʻra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:

🔹sunʼiy intellekt texnologiyalari;
🔹ijtimoiy yoʻnalishda raqamli texnologiyalar;
🔹axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
🔹tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
🔹kompyuter va mobil oʻyin dasturlari.

📝 Tanlovning asosiy yoʻnalishlarida 30 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston fuqarolari bir jamoa tarkibida (3–8 kishi) qatnashadi.

Maxsus yoʻnalishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti boʻlgan tashkilotlarda ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham (3–5 kishi) ishtirok etishi mumkin.

Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda aniqlanadi:

🔸asosiy yoʻnalishlar boʻyicha – jamoatchilik tomonidan maxsus portalda ovoz berish orqali;
🔸maxsus yoʻnalish boʻyicha – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan.

💰Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

▫️5 ta asosiy yoʻnalish boʻyicha:

👉 1-oʻrin uchun – 100 ming AQSH dollari;
👉 2-oʻrin uchun – 50 ming AQSH dollari;
👉 3-oʻrin uchun – 30 ming AQSH dollari;

▫️Maxsus yoʻnalish boʻyicha (bitta)100 ming AQSH dollari.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun pul undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahkumlarning jazoni oʻtash davrida bajaradigan ishi pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–817, 15.02.2022-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtash davrida bajaradigan har qanday ishi, agar ushbu ish bajarilgan davr uchun jazoni ijro etish muassasasi tomonidan ijtimoiy soliq toʻlangan boʻlsa, pensiya tayinlashda ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

☑️ Shuningdek, “Jinoyat-ijroiya kodeksi”ga mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligini aniqlash mezonlari kiritildi.

🔰 Mahkumlarning tuzalish yoʻliga oʻtganligi komissiya tomonidan har chorak yakunlariga koʻra quyidagi mezonlardan biri asosida belgilanadi:

🔹mahkumning mehnatga vijdonan munosabatda boʻlishi, belgilangan mehnat normalarini bajarishi, ongli ravishda mustaqil ishlash koʻnikmalarining shakllanganligi, oʻqishga va kasb-hunar oʻrganishga qiziqishi;

🔹mahkumning jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlardagi ishtiroki, uning tashabbusi, boshqa mahkumlarga ibrat boʻlishga intilishi;

🔹mahkumning jazoni ijro etish muassasasida oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalariga rioya etishi, mahkumga nisbatan ragʻbatlantirish choralari qoʻllanilganligi, unga intizomiy jazo chorasi qoʻllanilmaganligi.

📝 Mahkumni tuzalish yoʻliga oʻtgan yoki oʻtmagan deb topish toʻgʻrisidagi xulosa komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi va mahkumning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro'sizlantirilishiga olib keladigan yolg'on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog'ida tarqatish:

BHMning 50 baravari (15 mln. so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
📊 Adliya vazirligi tomonidan korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilgan 344 ta loyihalarda 534 ta korrupsiyaviy omillar aniqlangan

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Oilalarda bolaga qarab turish va ularni parvarish qilish xizmati (enagalik) oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar shugʻullandigan faoliyat turi hisoblanadi.

▶️ Mazkur shaxslar soliq organlarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishlari lozim.

📝 Roʻyxatdan oʻtish soliq organlarining mobil ilovasi, elektron platformasi yoki my.gov.uz orqali, shuningdek soliq organiga kelgan holda amalga oshiriladi.

📃 Roʻyxatdan oʻtgan shaxsga QR-kodli maʼlumotnoma beriladi.

❗️Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromad soligʻi toʻlamaydi.

➡️ Mazkur shaxslar ishlagan davrini ish staji sifatida hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda BHMning 1 baravari miqdorida (300 ming soʻm) ijtimoiy soliq toʻlaydi.

📁 Shuningdek, yangi Mehnat kodeksiga koʻra enaga sifatida 16 yoshdan shugʻullanish mumkinligi belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_loyiha

❗️Talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashishi boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi belgilanmoqda

🔰Prezident farmoni loyihasida talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi bepul elektron xizmat joriy etilishi nazarda tutilgan.

📝 Mazkur xizmat DXM va YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatilib, bunda:

🔹 yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri ishlab chiqiladi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ustuvor ravishda joylashtiriladi;
🔹 YIDXP orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

“2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–57-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, 2023-yilda umumiy quvvati 4 300 MVt boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari ishga tushiriladi. Jumladan:

▫️2 100 MVt – yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari;
▫️1 200 MVt – ijtimoiy soha obyektlari, xoʻjalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari;
▫️550 MVt – tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalari.

🔰Shuningdek, 2023-yilda:

🔹davlat-xususiy sheriklik asosida 27 ta yirik quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari quriladi;
🔹20 mingta ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
🔹jami 11 ming nafar tadbirkorning bino va inshootlarida quyosh panellari oʻrnatiladi hamda kichik fotoelektr stansiyalari quriladi;
🔹37 ming aholi xonadonlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatiladi;
🔹foydalanishga topshiriladigan 765 ta koʻp qavatli uylar qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlanadi;
🔹hududlarda 103 ta kichik va mikro gidroelektrstansiyalar barpo etiladi;
🔹5 407 ta ijtimoiy soha obyektlari koʻmir bilan isitiladi.

🗓 2023-yil 1-apreldan respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli (umumiy quvvati 50 kVt gacha) quyosh panellarini oʻrnatishni ragʻbatlantirish boʻyicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.

Dastur doirasida aholi tomonidan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga 1 000 soʻmdan subsidiya ajratiladi.

➡️ Qarorga koʻra shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bino va inshootlarida kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yashil energiya” kompaniyasi tashkil etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️1-maydan foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlarida quyosh panellari oʻrnatiladi

🔰 Qarorga koʻra, 2023-yil 1-apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran 3 yil muddatga, oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa – 10 yil muddatga quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:

🔹ushbu qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻini;
🔹qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini;
🔹yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini.

🗓 2023-yil 1-martdan yagona elektr energetika tizimiga ulanish uchun berilgan texnik shartlarda koʻrsatilgan quvvatdan yuqori boʻlmagan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda qoʻshimcha texnik shart olish talab etilmaydi.

Qarorga koʻra, tadbirkorlar, xorijiy investorlar:

qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini davlat organiga va hududiy elektr tarmoqlariga oʻrnatilgan tariflarda, boshqa isteʼmolchilarga oʻzaro kelishilgan narxlarda toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan, shu jumladan, uzoq muddatli shartnomalar asosida sotishi;

boshqa shaxslarga tegishli obyektlarda ijara huquqi asosida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatib, ushbu qurilmalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishi mumkin boʻladi.

📝 Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan 2023-yil 1-martdan “yashil energiya” bank moliya produkti amalga kiritiladi.

🔘 2023-yil 1-maydan:

🔸foydalanishga topshiriladigan koʻp qavatli uylar tomlari boʻsh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini oʻrnatish talabi joriy qilinadi;

🔸yangi tashkil etiladigan issiqxona xoʻjaliklari hamda sement, gʻisht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi;

🔸respublikadagi barcha yoqilgʻi (avtobenzin, suyultirilgan va siqilgan gaz) quyish shoxobchalarining maishiy-texnik ehtiyojlari va hududini yoritish uchun elektr energiyasi taʼminotining kamida 50 foizi ushbu obyektlarda oʻrnatiladigan quyosh panellari orqali qoplanishi talab etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_tanlov

❗️“Vorislik huquqi” boʻyicha tanlov oʻtkaziladi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Notarial palatasi hamkorligida oʻtkazilayotgan “Vorislik huquqi” aksiyasi doirasida tanlov tashkil etilishi belgilangan.

📝 Tanlovda ishtirok etish uchun 8-dekabr.adliya.uz saytida roʻyxatdan oʻtiladi (oxirgi muddat – 23-fevral).

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasining 15 yoshga toʻlgan fuqarolari, jumladan, taʼlim muassasalari oʻquvchilari, davlat tashkilotlari xodimlari, nogironligi boʻlgan shaxslar, xorijda yashovchi fuqarolar ishtirok etadi.

🔰 Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:

▫️1-bosqich – test sinovi. 24-fevral kuni soat 09:00 dan 15:00 ga qadar onlayn tarzda (8-dekabr.adliya.uz saytida) boʻlib oʻtadi.

▫️2-bosqich – suhbat. 28-fevral kuni tashkil etiladi.

🎁 Gʻoliblar quyidagi sovgʻalar bilan taqdirlanadi:

▫️1-oʻrin: Noutbuk;
▫️2-oʻrin: Televizor;
▫️3-oʻrin: Planshet.

⚠️ Tanlov shartlari bilan bu yerda tanishing.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo'lkalaridan yurgizishi, yo'lovchilarga loyqa sachratishi BHMning ikkidan bir qismi miqdorida (150 ming so'm) jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlariga xushbo'y hid beruvchilar, rang beruvchi moddalar, konservantlar va rang beruvchi ekstraktlarni qo'shishga yo'l qo'yilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli avtobus olib kelinadi

“Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

🔰Qarorga koʻra:

🔹 shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

🔹 tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi;

🔹 yoʻlkira haqini kunlik yigʻish reja-topshirigʻini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;

🔹tashuvchilar tomonidan yoʻnalish koʻrsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, bajarilgan ish hajmi va sifatini aniqlash hamda baholash, yoʻlkira haqi toʻlanishini va koʻrsatilgan xizmatlar sifatini nazorat qilish uchun avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi va nazorat tizimi tashkil etiladi.

☑️ Shaharlarda avtobus yoʻnalishlarining yangi tarmogʻi joriy etilishi, avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi va avtomatlashtirilgan dispetcherlik xizmatining bosqichma-bosqich:

▫️2023-yil 1-martgacha – Toshkent shahrida;
▫️2023-yil 1-avgustgacha – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
▫️2024-yil 1-iyungacha – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida yoʻlga qoʻyiladi.

▶️ Yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich:

▫️2023-yil 15-apreldan – Toshkent shahrida;
▫️2024-yil 1-yanvardan – Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
▫️2024-yil 1-iyundan – Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida ishga tushiriladi.

📝 Maʼlumot uchun:

Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar;

Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarni xarid qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yaylov yer maydonlarining elektron hisobi yuritiladi

“Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–24-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra, xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablagʻidan 2023-yilda quyidagi choralar koʻriladi:

🔹yillik quvvati 10 ming tonna boʻlgan mayda shoxli mollar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;

🔹chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;

🔹qorakoʻlchilik-naslchilik xoʻjaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish.

☑️ Shuningdek, don yetishtirish uchun 800 gektar yaylov oʻzlashtiriladi.

Farmonga koʻra, 500 gektar yaylovda quyosh energiyasida ishlaydigan nasos agregatlari yordamida yerosti suvlarini chiqarish hamda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha namunaviy pilot loyihasi amalga oshiriladi.

🗓 2023-yil 1-avgustgacha:

🔸ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari (oʻrmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan oʻtkazilib, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligi oʻrganiladi;

🔸yaylov yer maydonlaridan maqsadsiz foydalangan holatlar yuzasidan choralar koʻriladi;

🔸yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

📝 2023-yil 1-sentyabrgacha yangi tahrirdagi “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin