#Diqqat_loyiha
❗️DXM hamda my.gov.uz orqali qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini koʻrsatish belgilanmoqda
“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi
✅ Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:
🔹davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga koʻrsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;
🔹davlat organlari va tashkilotlari tomonidan anʼanaviy tarzda koʻrsatiladigan qoʻshimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatish;
🔹aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish;
🔹elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) koʻrsatish.
📝 Loyihada shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.
📌 Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

❗️Barcha maktablarda boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi
🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, taʼlim sifatini oshirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
🗓 2023-yil 1-sentyabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda oʻquvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
🔘 2023/2024 oʻquv yilidan:
🔸bosqichma-bosqich yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi;
🔸respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi;
🔸davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratiladi.
🔘 2023-yil 1-apreldan maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida:
🔸yangi davlat bogʻchalarini koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi;
🔸davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bogʻchani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari boʻyicha garovga qoʻyishga oid cheklovlar bekor qilinadi.

❕Tibbiy maʼlumotnomalar elektron shaklda beriladi
🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
▫️2023-yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish;
▫️vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish.
Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar:
➖ Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023-yil 1-iyuldan;
➖ Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023-yil 1-oktyabrdan;
➖ respublikaning boshqa hududlarida – 2024-yil 1-yanvardan elektron shaklga oʻtkaziladi.
🚫 Shunga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
🗓 2023-yil 1-iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladi.
✅ Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi.
📲 Harakat doirasida aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish nazarda tutilgan.

📁 Xabaringiz bor, “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan.
➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

🔰 Loyihaga muvofiq, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi:
🔹 jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish maqsadida tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga oʻtkazish;
🔹 jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish.

🔰 Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, quyidagilar belgilanmoqda:
🔹 2023-yil 1-iyundan respublikaning barcha aholi punktlarida transportlar harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 70 km.dan 60 km.gacha tushiriladi.
🔹 2023-yil 1-sentyabrdan transport mulkdoriga transportni boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan tegishli hujjatni taqdim etgan holda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini transportni boshqarish huquqi oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi beriladi.
❕ Bunda, xabarnoma olingan kundan vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transportda sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi.

❗️Byudjet tashkilotlari “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi
🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2023-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatilib, 2026-yilgacha ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi belgilanmoqda.
➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
❗️Byudjet tashkilotlari “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi
🔰Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 2023-yil 1-sentyabrdan byudjet tashkilotlariga quyosh paneli va issiq suv kollektorini oʻrnatish majburiyati yuklatilib, 2026-yilgacha ularning binolari energiya isteʼmolining 60 foizi “yashil energiya”ga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi belgilanmoqda.
➡️ Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
Barchani loyiha muhokamasida faol ishtirok etishga chorlaymiz.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Diqqat_loyiha
❗️Talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashishi boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatilishi belgilanmoqda
🔰Prezident farmoni loyihasida talabalarning yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi bepul elektron xizmat joriy etilishi nazarda tutilgan.
📝 Mazkur xizmat DXM va YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatilib, bunda:
🔹 yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri ishlab chiqiladi;
🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ustuvor ravishda joylashtiriladi;
🔹 YIDXP orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

🔰 Prezident farmoni loyihasida “Eksport uch qadamda” – eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olgan tizimni joriy etish belgilanmoqda.
☑️ Bunda, eksport operatsiyalarini quyidagi 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutiladi:
1️⃣ eksport shartnomasini shakllantirish;
2️⃣ tovar va transport hujjatlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirish;
3️⃣ bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorati.
📝 Muhokamada qatnashish: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071
🗓 Eslatib oʻtamiz, loyiha muhokamasining yakunlanish sanasi – 22-fevral.

❗️ Taqiqlovchi yo'l belgilari o'rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yo'l belgilari dislokasiyasi onlayn tarzda e'lon qilib boriladi
📃 Adliya vazirligi tomonidan yo'l belgilarini o'rnatish bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqilib, unda quyidagi tartiblar belgilanmoqda:
📅 Taqiqlovchi yo'l belgilarini o'rnatish to'g'risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
🖥 Yo'l belgilari reestri shakllantiriladi hamda reestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo'l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
🌐 Yo'l belgilarining dislokasiyasi onlayn tarzda e'lon qilib boriladi.
⛔️ Taqiqlovchi yo'l belgilari faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o'rnatiladi.
📌 Ushbu havola orqali qonun loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/81246

❗️“O'zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi
📁 Kelgusi 7 yilda mamlakatimizning asosiy rivojlanish yo'nalishlarini belgilab beruvchi “O'zbekiston – 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.
“O'zbekiston – 2030” strategiyasining maqsadlari va samaradorlik ko'rsatkichlari oson qabul qilish va tushunish uchun qulay shaklda ifodalangan bo'lib, unda 5 ta yo'nalish bo'yicha 100 ta maqsad nazarda tutilgan.
“O'zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalarida muddatlar va ijrochilar kesimidagi amaliy vazifalar, erishiladigan aniq maqsadli ko'rsatkichlar va strategiyani amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar ro'yxati tasdiqlanmoqda.
Ushbu havolalar orqali loyihalar muhokamasida faol ishtirok eting:
▫️https://regulation.gov.uz/oz/d/83808
▫️https://2030.strategy.uz/

❗️Huquqiy eksperimentni o'tkazish jarayoni tartibga solinadi
📁 “Huquqiy eksperiment to'g'risida”gi Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.
🔰 Qonun loyihasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
▫️Huquqiy eksperiment o'tkazish bilan bog'liq ijtimoiy-huquqiy munosabatlar kompleks tarzda tartibga solinadi;
▫️Huquqiy eksperiment o'tkazish shartlari va davomiylik muddati hamda eksperiment o'tkazish mumkin bo'lmagan sohalar belgilanadi;
▫️Huquqiy eksperimentni o'tkazish, uning natijalarni baholash va rasmiylashtirish tartibga solinadi;
▫️Huquqiy eksperiment tartib-taomillarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
✅ Shuningdek, huquqiy eksperiment lavozimga tayinlash va ozod etishga, davlat organlari va tashkilotlarining vakolatlarini qisqartirish yoki tugatishga, amnistiya va afv etishga, inson huquq va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki ularning ahvolini og'irlashtiradigan holatlarga nisbatan qo'llanilmasligi belgilanmoqda.
⚠️ Huquqiy eksperiment qonunchilik hujjati yoki uning normasi samaradorligini alohida olingan hudud va (yoki) shaxslar doirasida ma'lum vaqt oralig'ida sinovdan o'tkazish bilan bog'liq kompleks chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
➡️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/88193

🔰 Davlat dasturi loyihasiga ko'ra, ta'lim tizimida xususan quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
🔸2024-yil yakunigacha 1 400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, shu jumladan oilaviy bog'chalarni tashkil etish;
🔸518 ta maktabni rekonstruksiya qilish va 30 ta maktabni yangidan barpo etish va bu orqali 175 ming o'quvchi o'rnini yaratish;
🔸maktablar uchun 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o'qituvchi metodika kitoblarini yaratish;
🔸olis va chekka hududlarda joylashgan 100 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo'lga qo'yish;
🔸nodavlat umumta'lim tashkilotlari sonini 470 taga yetkazish.
⚠️ Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/93447

🔰 Davlat dasturi loyihasida, jumladan, sog'liqni saqlash tizimida quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
🔹 18-40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik ko'rikdan o'tkazish va natijalariga ko'ra ularni sog'lomlashtirish;
🔹buyrak kasalliklarini erta aniqlash bo'yicha skrining amaliyotini joriy etish;
🔹3-18 yoshli 9,8 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash bo'yicha ommaviy va selektiv skriningdan o'tkazish;
🔹6-23 oylik bo'lgan jami 1,2 mln nafar bolani mikronutrient kukuni bilan bepul ta'minlash;
🔹aholiga o'z sog'lig'i va ovqatlanishini nazorat qilish va to'g'ri ovqatlanish bo'yicha mobil ilova yaratish.