#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash jamg'armasining maqsad va vazifalari belgilandi
Hukumat qarori (645-son, 04.11.2022 y.) bilan Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida nizom tasdiqlandi.
🔰 Nizomga ko'ra, Jamg'armaning asosiy maqsadi xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, jumladan:
🔹 og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga moddiy yordam ko'rsatish;
🔹 oilaviy va xususiy tadbirkorlik, hunarmandchilikni tashkil etishda ko'maklashish;
🔹 mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblar bo'yicha bilim va ko'nikmalarni egallashda ularga ko'maklashish va rag'batlantirishdan iborat.
☑️ Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, shu jumladan, nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlarni moddiy qo'llab-quvvatlash Jamg'arma mablag'lari sarflanadigan asosiy yunalishlardan biri hisoblanadi.
⚠️ Ma'lumot uchun: Prezidentning 2022 yil 1 martdagi Farmoni bilan Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi sifatida qayta tashkil etilgan.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin

#Bilasizmi
🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:
❗️Yillik asosiy ta'til muddati 21 kalendar kun etib belgilanmoqda
Batafsil infografikada👆

✅ Qonunchilikka ko'ra, guvohlar, jabrlanuvchilar, gumon qilinuvchilar va ayblanuvchilar ishtirokidagi tergov harakatlari (so'roq, shaxslarni va narsalarni tanib olish, yuzlashtirish) mazkur shaxslarni ular turgan joydagi yoki yashash joyidagi viloyatning yoki tumanning yoxud shaharning huquqni muhofaza qiluvchi organiga yoki sudiga chaqirgan, texnik vositalardan foydalangan holda videokonferensaloqa rejimida o'tkazilishi mumkin.

🔰 Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 920 000 so'm;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so'm;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so'm;
🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so'm;
🔹 bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so'm;
🔹 zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so'm;
🔹 ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 500 000 so'm;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo'yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so'mdan iborat.

❗️Yangi Mehnat kodeksida xizmat tekshiruvi o'tkazish tartibi belgilanmoqda

#Adliya_xabari
Aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlari koʻrsatishdagi eng soʻnggi yangiliklar, fuqarolar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlar bilan @davxizmat telegram kanali orqali tanishing.
Bunda foydalanuvchilar yangiliklar bilan tanishish barobarida davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlib borishi mumkin.
• Telegram: @davxizmat
• Instagram: instagram.com/davxizmat.uz
• Youtube: bit.ly/3sQyv05

❗️Xodimlarga ish haqi qisman saqlanadigan qo'shimcha ta'tillar berilishi mumkin
Batafsil infografikada👆
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:
❗️Xodimlarga ish haqi qisman saqlanadigan qo'shimcha ta'tillar berilishi mumkin
Batafsil infografikada👆
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi
“Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–414-son, 03.11.2022-y.) qabul qilindi
🔰Qarorga ko'ra, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida ta'lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo'lgan xorijiy OTM dasturiga ko'ra shakllantiriladi.
🗓 2023/2024-o'quv yilidan quyidagilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinadi va ularga maksimal ball beriladi:
▫️O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega sportchilar;
▫️Xalqaro toifadagi O'zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega sportchilar;
▫️O'zbekiston sport ustasi yoki O'zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega sportchilar;
▫️Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g'olib (1-o'rin) bo'lgan sportchilar.
✅ Jismoniy tarbiya va sport yo'nalishlarida 2023-yil 1-yanvardan Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi joriy qilinadi.
📃 2023-yil 1-yanvardan “Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash tashkil qilinadi.

✅ Qonunchilikka ko'ra, jismoniy shaxslar — tug'ilish, o'lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o'zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog'ida yo'l qo'yilgan xatolar munosabati bilan tug'ilganlik to'g'risidagi hujjatlar yozuvlari o'zgartirilgan, to'ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun davlat boji to'lashdan ozod qilingan.

🔘 Iste’molchi suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilganda uning vaznini o‘lchashni talab qilishga haqli.
📌 Gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish uchun avtotransportlarda nazorat tarozisi bo‘lishini ta’minlashga majbur.

❗️Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga oid ma'lumotlar maxsus portalga joylashtirib boriladi
Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Hukumat qarori (647-son, 04.11.2022 y.) qabul qilindi
✅ Davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini boshqarishni ta'minlovchi cns.davaktiv.uz portali ishga tushirilgan.
📝 Kuzatuv kengashi a'zoligiga nomzodlar tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar aasosida tanlab olinadi.
📋 Qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo'yicha nomzodlarni tanlab olish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
☑️ Nizom nomzodlarga qo'yilgan talablar, saralash bosqichlari va tartibi, komissiya vazifalari, baholash tartibini belgilaydi.
🗓 2023 yil 1 yanvardan davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining tarkibi, bo'sh o'rinlarga oid ma'lumotlar o'zgarish bo'lgan vaqtdan 2 ish kunida majburiy tartibda cns.davaktiv.uz maxsus portalga joylashtiriladi.
📌 Ma'lumotlarni joylashtirmagan korxona ijro etuvchi organi va kuzatuv kengashi a'zolarini rag'batlantirishga yo'l qo'yilmaydi.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot

📌 Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda ortiqcha to'langan to'lovlar soddalashtirilgan tartibda 1 ish kuni ichida qaytariladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
📌 Davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanishda ortiqcha to'langan to'lovlar soddalashtirilgan tartibda 1 ish kuni ichida qaytariladi.
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi
🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:
❗️Ayollarga homilani antenatal (tug'ruqqacha) parvarishlash uchun qo'shimcha bo'sh kunlar beriladi

🔰 Bog'chalarda xodimlarning maoshiga bir martalik qo'shimcha haq ularning erishgan natijalardan kelib chiqib yoki quyidagi zarur shartlar bajarilganda beriladi:
🔹 ko'rik tanlovlardagi ishtiroki uchun lavozim maoshiga nisbatan:
▫️ tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha;
▫️ respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha;
🔹 o'yin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashg'ulotlarni tashkil qilganligi uchun 15 foizgacha;
🔹 tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga qo'shgan hissasi uchun 20 foizgacha.

✅ Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra, 3 yoshgacha bolasi bor ayol yoxud 3 yoshgacha bo'lgan bolani yolg'iz tarbiyalayotgan ota (vasiy) bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko'ra quyidagi asoslar bo'yicha bekor qilishga yo'l qo'yiladi:
🔹 tashkilot (uning alohida bo'linmasi) o'z muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta'sis hujjatlari bilan bunga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qarori bilan tugatilganligi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan faoliyatning tugatilganligi;
🔹xodimning o'z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi;
🔹xodimning o'z mehnat majburiyatlarini bir marta qo'pol ravishda buzganligi.
⚠️ Amaldagi tartibga ko'ra, 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo'l qo'yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno.

Hukumat qarori (650–son, 08.11.2022 y.) bilan Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari to'g'risida nizom tasdiqlandi
🔰 Nizomga ko'ra, mahallalarda xotin-qizlarning bandligini ta'minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari har bir mahallada tashkil etiladi va yuridik shaxs hisoblanmaydi.
☑️ Markazlarda bitta ijtimoiy loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta'minlash maqsadida bandligi ta'minlanadigan har bir nafar ishsiz xotin-qiz uchun tadbirkorlarga 3 million so'mgacha davlat granti ajratiladi.
▶️ Davlat granti quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlikka o'qitish, ularning bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga ko'maklashishga qaratilgan loyihalar uchun ajratiladi:
▫️“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga, shuningdek “Ayollar daftari”ga kiritilgan;
▫️ishsiz, ayniqsa, qishloq joylarda bola tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan;
▫️xorijiy mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan;
▫️nogironligi bo'lgan mehnatga layoqatli ishsiz;
▫️norasmiy bandlikni qisqartirish maqsadida kundalik mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, daromad topayotgan;
▫️odam savdosidan hamda tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushib qolgan;
▫️umumiy o'rta va professional ta'lim muassasalarini tugatgan, OTMga o'qishga kira olmagan yoki oliy ta'limda o'qish uchun imkoniyati bo'lmagan ishsiz xotin-qizlar;
▫️muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan, profilaktik ro'yxatga olingan, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlar.

❗️MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish bekor qilinadi
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi
☑️ Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:
🔹 quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
▫️mas'uliyati cheklangan jamiyatlar;
▫️aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko'p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
🔹 MCHJning ta'sis shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish;
🔹 MCHJning vakillariga umumiy yig'ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
🔹 MCHJda zaxira jamg'armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
🗓 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to'xtatiladi.
🔰 2023-yil 1-apreldan:
➖MCHJ ustav fondiga qo'shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko'p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo'lishi mumkin emas;
➖yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o'tgan hisoblanadi.
📝 2023-yil 1-iyuldan xo'jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda to'lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo'zg'atilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da e'lon qilinadi.

🔰 Avtomobil dvigatelining har bir kub sm uchun belgilangan qo'shimcha koeffisientlar 2023 yil 1 yanvardan qariyb ikki baravarga pasaytiriladi.
❗️ Bojlar O'zbekiston bojxona chegarasini kesib o'tish davrida ishlab chiqarilganiga faqat 1 yildan oshmaydigan yangi transport vositalariga nisbatan qo'llaniladi.

❗️Arxitektura-qurilish sohasida 2 ta universitet tashkil etildi
Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi
🔰 Qarorga ko'ra:
🔹Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo'nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
🔹Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros obyektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizatsiya va muhandislik yo'nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
📝 Universitetlarda o'quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo'naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.
🗓 2023-yil 1-yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
✅ Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo'yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.
▶️ 2023-yil 1-martga qadar bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta'lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.
📁 Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubatsiya markazi tashkil etiladi.