Huquqiy axborot | Lotin
6.22K subscribers
3.73K photos
285 videos
2 files
8.14K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Bilasizmi

☑️ Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilishda savdo zalida belgilangan tartibda metrologiya tekshiruvidan o'tkazilgan, birinchi yoki ikkinchi toifa aniqlikdagi (elektron yoki tahliliy) tarozilar va toshlar, uzuk o'lchagichlar, barmoq o'lchagichlar majburiy tartibda bo'lishi shart.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezident qarori (PQ–417-son, 09.11.2022 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

Qarorga ko'ra, 2022 yil 10 noyabrdan yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to'lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug'urta qilish bo'yicha polis mavjud bo'lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

❗️Davlat xizmatchisining sovg'a olishini tartibga solish korrupsion xavflarni bartaraf qiladi

🔰 Mamlakatimizda davlat fuqarolik xizmati tizimini tartibga solishga qaratilgan maxsus qonun qabul qilinishi natijasida O'zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati bilan bog'liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga solish imkoni yaratilmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda davlat fuqarolik xizmatida korrupsion xavfni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo'lgan sovg'a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizom loyihasi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda, elektron ommaviy axborot vositalarida turli noto'g'ri talqinlar paydo bo'lmoqda.

Quyida nizomdan ko'zlangan asosiy maqsad va bu yo'nalishdagi xorij tajribasidan ayrimlariga to'xtalib o'tamiz.

🔹Birinchidan, bugungi kunda nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda davlat xizmatchilari tomonidan turli marosimlar, tadbirlar, uchrashuvlar davomida sovg'alar berish va qabul qilish an'anasi mavjud. Bu an'ana mehmondo'stlik, ish yuritishda o'zaro hurmat kabi qadriyatlar ustiga qurilgan. Nizom loyihasidan asosiy ko'zlangan maqsad esa davlat fuqarolik xizmatchilarining mana shu qadriyatlarini huquqiy tartibga solish, uning korrupsion xavfga aylanmasdan turib aniq chegaralarini belgilashdan iborat.

Umuman olganda, nizom loyihasi orqali davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan olinishi mumkin bo'lgan sovg'a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish talablari hamda aniq mezonlari belgilanadi.

🔹 Ikkinchidan, nizom loyihasida sovg'a qabul qilishning talablari, aniq miqdori belgilangan. Unga ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan sovg'alar faqat xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin. Umumiy qoidaga ko'ra sovg'aning qiymati BHMning 5 baravaridan ko'p bo'lishi mumkin emas.

🚫 Ushbu normalardan anglashiladiki, davlat fuqarolik xizmatchilari fuqarolar yoki bevosita boshqa manfaatdor shaxslardan muayyan ishni hal qilib berish yoki kelgusidagi manfaatlar uchun sovg'a olmaydi, bu qonunlar bilan taqiqlangan.

‼️ Nizom loyihasi – davlat fuqarolik xizmatchilariga fuqarolardan sovg'a olishiga ruxsat bermaydi!

🔹 Uchinchidan,
davlat fuqarolik xizmatchilarining sovg'a olish masalasi bir qator rivojlangan davlatlar tomonidan huquqiy tartibga solingan, xususan, davlat fuqarolik xizmatchisi qabul qilishi mumkin bo'lgan bir martalik sovg'aning qiymati AQSHda 20 dollar, yillik miqdori senatorlar uchun 350, kongressmenlar uchun 250 AQSH dollaridan oshmasligi lozim, Singapurda 50 singapur dollari, Buyuk Britaniyada 140 funt sterling (160 AQSH dollari), Fransiyada 35 yevro (34 AQSH dollari), Rossiya Federasiyasida 3 ming rubl (49 AQSH dollari) Gruziyada 150 lari (54 AQSH dollari) etib belgilangan.

Mazkur nizom loyihasi davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaning oldini olish sohasida huquqiy bazani takomillashtirishga xizmat qiladi.

⚠️ OAV, jurnalistlar va blogerlarni qonunchilik hujjatlari, ularning loyihalarini keng jamoatchilikka yetkazishda noto'g'ri talqinga yo'l qo'ymaslikka chaqiramiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yangi import avtomobillarni istalgan shaxs tomonidan sotishga ruxsat beriladi

"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Farmoni (PF–244-son, 09.11.2022-y.) qabul qilindi

🔰 Farmon bilan davlat tomonidan tadbirkorlikni tartibga solishning cheklangan vositalari belgilandi.

📝 Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish vositalari faqat normativ-huquqiy va texnik normativ hujjatlar asosida joriy etiladi.

📃 Bunday hujjatlarda belgilanmagan tartibga solish vositalari huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

2023-yil 1-yanvardan quyidagilar bekor qilinadi:

▫️tadbirkorlar ustav fondini kamaytirishga oid qaror to'g'risida kreditorlarni yozma xabardor qilish va OAVda e'lon berish;
▫️yangi import avtomobillarini faqat yuridik shaxslar – ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlari tomonidan sotish;
▫️elektrni shartnomadagi hajmdan ko'p ishlatgan yuridik shaxslarga elektr yetkazib berishni to'xtatib qo'yish;
▫️YTT tomonidan yollangan xodimlarni Yagona milliy mehnat tizimida hisobga olish orqali soliq organlarida alohida hisobga qo'yish.

☑️ 2023-yil 1-martdan:

▫️soliq to'lovchilarga sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qarorlar ustidan to'g'ridan-to'g'ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi;
▫️barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali tijorat xizmatlarini ko'rsatishga ruxsat beriladi;
▫️Hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladigan summasi BHMning 3 500 baravari va undan ko'p davlat xaridlari bo'yicha buyurtmalar to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo'l qo'yilmaydi;
▫️vazirlik, idora, muassasa va uning tarkibidagi tashkilot o'rtasida qiymati BHMning 3 500 baravari va undan ko'p tovarlarning to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha xarid qilinishi taqiqlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim tadbirkorlarga litsenziyasiz shug'ullanishga ruxsat beriladi

🔰 Farmonga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan elektron tijorat, transport va logistika, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo'jaligi va qurilish sohalari bo'yicha yuridik shaxs bo'lgan tadbirkorlarning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yangi mahsulot va xizmatlarni cheklangan muhitda sinovdan o'tkazish bo'yicha “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etiladi.

☑️ 2023-yil 1-yanvardan:

🔹 Maxsus huquqiy rejim doirasida tadbirkorlarga quyidagilarga ruxsat etiladi:

▫️yangi mahsulot va xizmatlarni joriy qilish faoliyatini cheklangan doirada tartibga solish orqali ayrim qonunchilik hujjatlariga amal qilmaslik;
▫️litsenziyasiz va ruxsat berish hujjatisiz faoliyatni amalga oshirish;

🔹Maxsus huquqiy rejim vakolatli organ va tashabbuskor o'rtasida har bir loyiha bo'yicha alohida tuziladigan kelishuvga asosan joriy etiladi;

🔹Maxsus huquqiy rejim yakunlari bo'yicha vakolatli organ tomonidan 1 oyda:
▫️sinovdan o'tkazilgan mahsulot va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil o'tkaziladi;
▫️mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilganda, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqiladi.

🗓 Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 1-yanvargacha “Maxsus huquqiy rejim to'g'risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

🏢 Adliya vazirligi Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reestrining operatori hisoblanadi.

Yagona reestr quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi:

▫️birinchi bosqichda (2023-yil) – qurilish, savdo, umumiy ovqatlanish, ta'lim va transport sohalaridagi majburiy talablar ro'yxati shakllantiriladi;
▫️ikkinchi bosqichda (2024–2025-yillar) – barcha sohalardagi majburiy talablar ro'yxati shakllantiriladi;
▫️Yagona reestr 2025-yil 1-iyuldan to'liq ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, dorixonalardan realizasiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar qaytarib olinmaydi va shunga o'xshash dori vositalari va tibbiy buyumlarga almashtirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chet davlat fuqarolariga QQS qaytariladi

“Chet davlat fuqarolari tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo'shilgan qiymat solig'ini qaytarish tizimini joriy etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (653-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O'zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to'langan QQS summasini qisman qaytarish “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

📲 Chet davlat fuqarolariga qaytariladigan QQS summasini hisobga olish va uni qaytarish soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.

🔢 Chet davlat fuqarolariga QQS summasini qaytarish minimal xarid qiymati QQS summasini hisobga olgan holda kamida 1 million so'mni tashkil etganda hamda tovarlar xarid qilingan kundan e'tiboran 3 oy mobaynida amalga oshiriladi.

🗓 2022 yil 10 dekabrga qadar mobil ilovaga chet davlat fuqarolari tomonidan to'langan QQS summasini qaytarish imkonini beradigan qo'shimchalar kiritiladi.

2022 yil 15 dekabrgacha chet davlat fuqarolarining mobil ilovadan ro'yxatdan o'tishlarida O'zbekistonga kirib kelganligini qayd etish ma'lumotlari orqali identifikasiya qilish imkoniyati yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🌐 Ayollar va erkaklar huquqlarini teng himoya qilish, ularga bepul huquqiy ko'mak berish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan gendermadad.uz huquqiy platformasi ishlab chiqilgan.

➡️ Mazkur platformadan foydalanib murojaatlarni yo'llash tartibi bilan videorolik orqali batafsil tanishing!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

🔰 Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo'lgan sovg'a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to'g'risidagi nizom loyihasi davlat fuqarolik xizmatida korrupsion xavfni minimallashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

📝 Nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda davlat xizmatchilari tomonidan turli marosimlar, tadbirlar, uchrashuvlar davomida sovg'alar berish va qabul qilish an'anasi mavjud. Bu an'ana mehmondo'stlik, ish yuritishda o'zaro hurmat kabi qadriyatlar ustiga qurilgan. Nizom loyihasidan asosiy ko'zlangan maqsad esa davlat fuqarolik xizmatchilarining mana shu qadriyatlarini huquqiy tartibga solish, uning korrupsion xavfga aylanmasdan turib aniq chegaralarini belgilashdan iborat.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga berish talabi bekor qilinadi

“Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–419-son, 10.11.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga muvofiq:

🔹yuridik shaxslar tomonidan 2022 yil 1 yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda soliq summalari to'g'risidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda arxivlarga topshirish majburiyati bekor qilinadi;

🔹yuridik shaxslar 2022 yil 1 yanvardan davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini saqlash hamda arxivlarga topshirish majburiyatidan ozod etiladi;

🔹 2023 yil 1 yanvardan buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;

🔹2023 yildan aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan soliq stavkasi bo'yicha to'laydigan tadbirkorlar yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.

2023 yil 1 yanvardan quyidagi statistik hisobot turlari bekor qilinadi:

▫️Birja faoliyati to'g'risida hisobot;
▫️Mehnat sharoitlari ahvoli to'g'risida hisobot;
▫️Hisoblangan ish haqi miqdori bo'yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to'g'risida hisobot;
▫️Umumiy foydalanishdagi temir yo'l transporti xizmatlari to'g'risida hisobot;
▫️Tijorat banki faoliyati to'g'risida hisobot;
▫️Sug'urta tashkiloti faoliyati to'g'risida hisobot;
▫️Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari to'g'risidagi hisobot;
▫️Quvur yo'li transporti faoliyati to'g'risida hisobot;
▫️Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi to'g'risida hisobot.

2023 yil 1 maydan yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv ta'minoti, oqova suv va telekommunikasiya xizmatlari ko'rsatish bo'yicha shartnomalarni, ularning iste'moli to'g'risidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar to'g'risidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron rasmiylashtirishga ruxsat etiladi.

📝 2024 yil 1 yanvargacha “Arxiv” axborot tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma'lumotlar bazalari bilan integrasiya qilib tadbirkorlarning hujjatlarini elektron qabul qilish, saqlash hamda so'rovga ko'ra taqdim etish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni 11 noyabr – O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini ta'minlash, xodimlar mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari davlatimizga tayanch bo'lib xizmat qilayotgani alohida e'tirofga loyiq.

Bugungi qutlug' ayyom bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Pedagoglarning faoliyatiga ta'lim oluvchilar bilimini to'g'ri va xolis baholashiga ta'sir ko'rsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga to'sqinlik qilish:

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln so'mdan 2,1 mln so'mgacha);

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln so'mdan 3 mln so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

⚠️ Pedagoglar, ularning faoliyatiga va xizmat vazifalariga aralashilganlik uchun ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzilmaganda ham, o'z arizasida huquqbuzarning shaxsi, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va uning mohiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek ishni hal etish uchun zarur bo'lgan boshqa ma'lumotlarni ko'rsatgan holda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

☑️ Nizom loyihasida sovg'a qabul qilishning talablari, aniq miqdori belgilangan. Unga ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan sovg'alar faqat xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin. Umumiy qoidaga ko'ra sovg'aning qiymati BHMning 5 baravaridan ko'p bo'lishi mumkin emas.

🚫 Ushbu normalardan anglashiladiki, davlat fuqarolik xizmatchilari fuqarolar yoki bevosita boshqa manfaatdor shaxslardan muayyan ishni hal qilib berish yoki kelgusidagi manfaatlar uchun sovg'a olmaydi, bu qonunlar bilan taqiqlangan.

‼️Nizom loyihasi – davlat fuqarolik xizmatchilariga fuqarolardan sovg'a olishiga ruxsat bermaydi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

"TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish prinsiplari to'g'risidagi SHartnomani (Olma-ota, 1993 yil 12 iyul) ratifikasiya qilish haqida"gi Qonun (O'RQ–802, 10.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🔰 Qonunga ko'ra, TURKSOY tuzilmasi va faoliyat ko'rsatish prinsiplari to'g'risidagi Shartnoma (Olma-ota, 1993 yil 12 iyul) ratifikasiya qilindi.

⚠️ Ma'lumot uchun, TURKSOY xalqaro tashkiloti 1993 yilda Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston va Turkiya Respublikasi o'rtasidagi kelishuv natijasida tashkil etilgan.

Tuzilmaning asosiy vazifasi turkiy xalqlarning ma'naviy yaqinlashuvi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning an'analarini kelajak avlodlarga yetkazish hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, nikohlanuvchi shaxslar o'z xohishlariga ko'ra familiyalarining qo'shilishi orqali hosil bo'lgan familiyani umumiy familiya sifatida tanlashi mumkin (masalan, kuyov Ahmedov kelin SHuhratova, shunda kuyov Ahmedov-SHuhratov, kelin Ahmedova-SHuhratova bo'ladi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:

❗️Ayrim toifadagi xodimlar uchun sinov muddati 3 oydan 6 oygacha uzaytirilmoqda

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_tabrigi

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o'z hayotini shunday mas'uliyatli va sharafli ishga bag'ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, qadr-qimmatini ulug'lashda sog'liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyatga ega.

Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, sog'lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.

Barchangizni qutlug' kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog'liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan baxt-saodat, fayzu baraka arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:

❗️Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish tartibi belgilanmoqda

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

📝 Qonunchilikka ko'ra, fermer xo'jaligida faoliyatni davom ettirayotgan merosxo'rlar, ularga fermer xo'jaligining mol-mulki bo'yicha merosga bo'lgan huquqi to'g'risida guvohnoma olganlik uchun notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to'lashdan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo'llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

⚠️ Bundan moliyaviy xizmatlar mustasno.

📌 SHuningdek, fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko'ra va belgilangan to'lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikasiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin