Huquqiy axborot | Lotin
6.27K subscribers
3.79K photos
337 videos
2 files
8.33K links
Qonunchilikdagi yangiliklar, huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal.

▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot
▪️|Rus tilida — @pravoinf
▪️|Ingliz tilida — @leginf
▪️|Qoraqalpoq tilida — @huqiqiymalimleme
Download Telegram
#Xotin_qizlar_huquqi

Homilador ayollarni va 14 yoshga to'lmagan bolasi (16 yoshga to'lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

❗️SHu bilan birga, homilador ayollarni va 3 yoshga to'lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog'lig'i uchun xavf tug'dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo'lgan taqdirdagina yo'l qo'yiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlari ko'rsatiladi

Hukumat qaroriga (89-son, 25.02.2022 y) ko'ra O'limni qayd qilish bilan bog'liq kompozit davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

🔰 Reglamentga ko'ra:

Tibbiyot muassasasi xodimi – o'lim holati tasdiqlangandan so'ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma'lumotlarni FHDYO bo'limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi.

FHDYO bo'limi – axborot tizimi orqali avtomatik ravishda o'lim haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va ma'lumotni tibbiyot muassasasi va Pensiya jamg'armasiga elektron shaklda yuboradi.

Tibbiyot muassasasi xodimi – QR-kod tasviri tushirilgan o'lim haqidagi ma'lumotnomani ariza beruvchilarga darhol ikki nusxada chop etib beradi.

Pensiya jamg'armasi bo'limi – har oyning 5-sanasigacha o'tgan oyda ushbu hududda to'langan dafn etish uchun nafaqalarning umumiy miqdoridan kam bo'lmagan miqdordagi mablag'larni Tijorat bankining hisobvarag'iga moliyalashtiradi.

Tijorat banki – QR-kod tushirilgan o'lim haqidagi ma'lumotnoma asosida Pensiya jamg'armasiga elektron so'rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag'lar hisobidan nafaqa to'lovini amalga oshiradi.

FHDYO bo'limi vafot etgan shaxsning yaqin qarindoshlari va merosxo'rlarining istalgan vaqtdagi talabiga asosan eksterritorial tamoyil asosida o'lim haqidagi gerbli guvohnomani chop etib beradi yoki pochta aloqasi orqali arizada ko'rsatilgan manzilga yuboradi.

🗓 Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-apreldan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o'lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o'lim haqida tibbiy ma'lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchilar yoshidagi farq qancha bo'lishi kerak?
Anonymous Quiz
36%
25 yoshdan kam bo'lmasligi shart
24%
20 yoshdan kam bo'lmasligi shart
20%
10 yoshdan kam bo'lmasligi shart
19%
15 yoshdan kam bo'lmasligi shart
#Bilasizmi

🔘 O'zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o'xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonning 1-bosqichi boshlandi

1-bosqich bugun soat 13.00 gacha onlayn tarzda bo'lib o'tadi.

❗️ Ro'yxatdan o'tganlar 8-mart.adliya.uz saytida test jarayonlarida ishtirok etishi mumkin.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi | #2022_yil_1_martdan

▫️ ID-kartaga ega haydovchilardan haydovchilik guvohnomasini ko'rsatish talab etilmaydi Batafsil

▫️ Avtotransportlarda taqiq mavjudligini my.gov.uz orqali tekshirish mumkin Batafsil

▫️Ish beruvchilarga nogironlar uchun to'langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi Batafsil

▫️Meva-sabzavotchilik klasterlariga sug'urta mukofotining 50 foizi qoplab beriladi Batafsil

▫️ Yoshlarga ayrim yordam turlari mahalladagi yoshlar yetakchilari tavsiyasi asosida beriladi Batafsil

▫️ Ijtimoiy nafaqa oluvchi o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz shaxslarga kompensatsiya to'lovi joriy etiladi Batafsil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Litsenziyalash va ruxsat berish jarayonlari elektronlashtirildi

Batafsil infografikalarda👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Adliya_xabari

Ayni damda Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonning 1-bosqich jarayonlari davom etmoqda

Imtihonda qatnashish uchun ro'yxatdan o'tganlarning talablari hamda xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish, bu bo'yicha bilimlarini mustahkamlashga bo'lgan qiziqishini inobatga olgan holda imtihonni o'tkazish muddati bugun soat 15:00 ga qadar uzaytirildi.

Ro'yxatdan o'tganlar test sinovlarini 15:00 ga qadar ishlashi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog'liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko'rikdan o'tadilar.

➡️ Nikohlanuvchi shaxslar 50 yoshdan oshgan bo'lsa, tibbiy ko'rikdan o'z roziligi bilan o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar daromad solig'iga tortilmaydi.

🔰 Bundan quyidagilar mustasno:

ilm-fan, adabiyot va san'at asarlarining, adabiyot hamda san'at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo'rlariga (huquqiy vorislariga) to'lanadigan pul mukofotlari;

yaqin qarindosh bo'lmagan shaxslar o'rtasidagi ko'chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog'ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Teleko'rsatuvlarning boshlovchilari, diktorlari va boshqa qatnashchilari reklama uchun ajratilgan vaqtdan tashqari paytda mahsulotni bilaturib namoyish qilish yoki uning iste'mol xususiyatlarini bevosita yoki bilvosita tavsiflash huquqiga ega emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Xotin_qizlar_huquqi

Davlat xizmatidagi lavozimlarni, shu jumladan rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ravishda ishtirok etishi ta'minlanishi kerak.

➡️ Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga tanlov komissiyalariga nafaqat tanlovda ishtirok etayotgan shaxslarning ma'lumoti va kasbiy tayyorgarligi to'g'risidagi ma'lumotlarni, balki davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to'g'risidagi ma'lumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

🖥 Jinoyat kodeksining 278⁵-moddasiga ko'ra, o'zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi shuningdek kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji) quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, 81 mln so'mdan 108 mln so'mgacha jarima;
2 yilgacha ozodlikni cheklash;
2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko'ra, aholi tomonidan Davlat ekologiya qo'mitasining Internet tarmog'idagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.

💰 Fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

💰 2025-yil 1-yanvargacha milliy eksport qiluvchilar tomonidan chet elda tovar kelib chiqqan joy nomlari (geografik ko'rsatkichlar)ni ro'yxatga olish bo'yicha qilinadigan sarf-xarajatlari Intellektual mulk agentligining byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan to'liq qoplanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

☑️ Shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O'zbekiston fuqaroligini yo'qotishga asos bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin