Green dream🌿
170 subscribers
695 photos
69 videos
163 links
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning eko-qo'mita kanali

Telegram:https://t.iss.one/greendream_avisenna
Instagram:@greendreamm_ instagram
Savol va takliflar:
@rayhonasobirova
@envomaster
Download Telegram
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
💚 Barchaga salom!
5 iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni.
Nima deb o‘ylaysiz, bu kunning biz uchun ahamiyati nimada?
Bu haqda ko‘plab chiroyli va to‘g‘ri so‘zlarni aytish mumkin. Lekin bir misol orqali tushuntirishga urinib ko‘ramiz.
🐝 Asalarilar qirilib ketayotgani haqidagi yangiliklarga bir marta bo‘lsa ham ko‘zingiz tushgandir.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2035 yilga qadar ular butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Nima qilibdi, dersiz?
FAO ma’lumotlariga ko‘ra, insoniyat yetishtirayotgan o‘simliklarning 85 foizi va yovvoyi o‘simliklarning 90 foizi changlatishga muhtoj.
Changlatish bo‘lmasa, mo‘l hosil olib bo‘lmaydi, chorvachilikka zarar yetadi, g‘o‘za yetishtirish hajmi kamayadi.
🌏 Bir-birimizga chambarchas bog‘liqmiz!
Tuprog‘imiz hosildor, osmonimiz musaffo, suvimiz zilol bo‘lsin!
__

💚Доброго дня всем!
5 июня – Всемирный день окружающей среды.
Как вы думаете: почему это важно для нас?
Можно сказать много красивых и правильных слов.
Но мы попробуем на примере.
🐝 Вы наверняка хоть раз слышали, что пчёлы вымирают.
По данным ООН к 2035 году их может не стать. И что с этого?
По данным ФАО в опылении нуждается около 85% растений, выращиваемых человеком, и до 90% диких. Без опыления не получить хорошего урожая, пострадает животноводство, уменьшится объем производства хлопка.
🌏 Нам нельзя друг без друга!
Плодородной почвы, чистого неба и воды!

#WorldEnvironmentDay

Zamin | Facebook | Instagram
👍32
Forwarded from UNDP Uzbekistan
♻️ 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni

Hozirda dunyo bo‘yicha har yili 400 million tonnadan ortiq plastik ishlab chiqariladi. Shuning yarmi faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan. Afsuski, ulardan atigi 10 foizigina qayta ishlanadi. Har yili 11 million tonna plastik suv havzalariga tushadi — bu 2 200 ta Eyfel minorasining og‘irligiga teng.

🧬 Mikroplastikalar — 5 mm dan kichik zarrachalar — ovqat, suv va havoga aralashib, har bir inson tanasiga yiliga o‘rtacha 50 000 dona plastik zarracha kirishiga sabab bo‘lmoqda.

🗻 Plastik ifloslanishi nafaqat inson salomatligi, balki butun sayyoramizdagi ekotizimlarga tahdid solmoqda — tog‘lar cho‘qqisidan to okean tubigacha.

🌍 Bu yilgi Atrof-muhit kuni #BeatPlasticPollution shiori ostida o‘tkazilmoqda. Maqsad — plastikka qarshi kurashda har birimizning mas’uliyatimiz borligini eslatish, taklif etilgan yechimlarni keng joriy etish va barqaror kelajak sari harakat qilish.

Vaqt juda kam. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit inqiroziga qarshi kurashni bugunoq boshlamasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

📣 Siz ham rad eting, kamaytiring, qayta foydalaning, qayta ishlang va qayta o‘ylang. Har bir kichik qadam katta o‘zgarishlarga olib keladi.

#WorldEnvironmentDay #GenerationRestoration
1