Green dream🌿
170 subscribers
695 photos
69 videos
163 links
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning eko-qo'mita kanali

Telegram:https://t.iss.one/greendream_avisenna
Instagram:@greendreamm_ instagram
Savol va takliflar:
@rayhonasobirova
@envomaster
Download Telegram
Forwarded from UNDP Uzbekistan
♻️ 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni

Hozirda dunyo bo‘yicha har yili 400 million tonnadan ortiq plastik ishlab chiqariladi. Shuning yarmi faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan. Afsuski, ulardan atigi 10 foizigina qayta ishlanadi. Har yili 11 million tonna plastik suv havzalariga tushadi — bu 2 200 ta Eyfel minorasining og‘irligiga teng.

🧬 Mikroplastikalar — 5 mm dan kichik zarrachalar — ovqat, suv va havoga aralashib, har bir inson tanasiga yiliga o‘rtacha 50 000 dona plastik zarracha kirishiga sabab bo‘lmoqda.

🗻 Plastik ifloslanishi nafaqat inson salomatligi, balki butun sayyoramizdagi ekotizimlarga tahdid solmoqda — tog‘lar cho‘qqisidan to okean tubigacha.

🌍 Bu yilgi Atrof-muhit kuni #BeatPlasticPollution shiori ostida o‘tkazilmoqda. Maqsad — plastikka qarshi kurashda har birimizning mas’uliyatimiz borligini eslatish, taklif etilgan yechimlarni keng joriy etish va barqaror kelajak sari harakat qilish.

Vaqt juda kam. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit inqiroziga qarshi kurashni bugunoq boshlamasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

📣 Siz ham rad eting, kamaytiring, qayta foydalaning, qayta ishlang va qayta o‘ylang. Har bir kichik qadam katta o‘zgarishlarga olib keladi.

#WorldEnvironmentDay #GenerationRestoration
1
Forwarded from GrantGO
BMT “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti” (FAO) tomonidan turli soha vakillari uchun haq toʻlanadigan amaliyot dasturi

Talablar
—O'zbekiston fuqarolari qatnasha oladi;
— Ariza topshirayotgan paytda nomzodlar bakalavr yoki magistr bosqichida tahsil olayotgan bo'lishlari lozim;
— Ingliz, fransuz, ispan, arab, xitoy yoki rus tillaridan kamida birida erkin suhbatlasha olishlari zarur.

Foydali tomonlari
— Har oy $700 miqdorda stipendiya olish imkoniga ega bo'lishadi;
— O'z sohasida tajriba va ko'nikmalarni qo'lga kiritish, tengdoshlari bilan fikr almashish imkoniga ega bo'ladilar.

Oxirgi muddat
Doimiy

Batafsil
https://grantgo.uz/go/21543

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #qisman_moliyalashtiriladi #AQSh

Telegram | YouTube | Mentorlik
1
Forwarded from Edu Grands
“ЮнЁ” yoshlar uchun tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha grant tanlovi

Davlat:
Rossiya 🇷🇺
Tanlov shakli:
Online
Yosh toifasi:
14–30

Agar siz ekologiyaga befarq bo‘lmasangiz, tabiatni asrash uchun o‘z g‘oyalaringizni ilgari surmoqchi bo‘lsangiz — bu dastur aynan siz uchun!

➡️Imtiyozlari:
- G‘oliblarga loyiha uchun moliyaviy grant ajratiladi
- Tabiiy muhit, ekologiya, yashil texnologiyalar yo‘nalishlaridagi loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi
- Rossiya va MDH mamlakatlari yoshlari bilan tajriba almashish imkoniyati

🔗 Ro’yxatdan o’tish uchun: Havola

📌 Ro’yxatdan o’tishning so’nggi muddati: 1-avgust

⚡️ @EduGrandsUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Urikguli
🤩43
Forwarded from Shodiyor | Grants Hunter
Videoda tadbirkor, “Murad Buildings” qurilish kompaniyasi rahbari Murod Nazarov daraхt kеsishga qarshi chеklovlarni olib tashlash va kompеnsatsiya uchun «daraхtlar banki» tashkil etish - yangi nihollar ekishni taklif qilmoqda.

Pastda esa u bu ishni qanday amalga oshirishiga yaqqol misol.

Uchtepa tumanida joylashgan bu “o’lik bog’” avvalroq katta shov-shuvlar bilan tashkil etilgan, bugun esa u qurib qolgan maydon-u, cho’pga aylangan nihollardan iborat.

Jamoatchilik tadbirkorning bu tashabbusiga baralla “yo’q”deyishi, qarshi turishi kerak. Chunki, hammasini yo’qotgandan keyingi afsusimiz befoyda bo’ladi.

@haqiqatdaIlyos
🔥21