Green dream🌿
170 subscribers
695 photos
69 videos
163 links
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning eko-qo'mita kanali

Telegram:https://t.iss.one/greendream_avisenna
Instagram:@greendreamm_ instagram
Savol va takliflar:
@rayhonasobirova
@envomaster
Download Telegram
Forwarded from UNDP Uzbekistan
♻️ 5-iyun – Butunjahon atrof-muhit kuni

Hozirda dunyo bo‘yicha har yili 400 million tonnadan ortiq plastik ishlab chiqariladi. Shuning yarmi faqat bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan. Afsuski, ulardan atigi 10 foizigina qayta ishlanadi. Har yili 11 million tonna plastik suv havzalariga tushadi — bu 2 200 ta Eyfel minorasining og‘irligiga teng.

🧬 Mikroplastikalar — 5 mm dan kichik zarrachalar — ovqat, suv va havoga aralashib, har bir inson tanasiga yiliga o‘rtacha 50 000 dona plastik zarracha kirishiga sabab bo‘lmoqda.

🗻 Plastik ifloslanishi nafaqat inson salomatligi, balki butun sayyoramizdagi ekotizimlarga tahdid solmoqda — tog‘lar cho‘qqisidan to okean tubigacha.

🌍 Bu yilgi Atrof-muhit kuni #BeatPlasticPollution shiori ostida o‘tkazilmoqda. Maqsad — plastikka qarshi kurashda har birimizning mas’uliyatimiz borligini eslatish, taklif etilgan yechimlarni keng joriy etish va barqaror kelajak sari harakat qilish.

Vaqt juda kam. Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit inqiroziga qarshi kurashni bugunoq boshlamasak, ertaga kech bo‘lishi mumkin.

📣 Siz ham rad eting, kamaytiring, qayta foydalaning, qayta ishlang va qayta o‘ylang. Har bir kichik qadam katta o‘zgarishlarga olib keladi.

#WorldEnvironmentDay #GenerationRestoration
1