Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.86K photos
532 videos
42 files
2.48K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
IT PARK rezidentlari barcha soliqlardan ozod etiladi

Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra,

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (bundan QQS mustasno) to‘lashdan 2028-yil 1-yanvardan 2040-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.

❗️Ushbu soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:

👉kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga;

👉o‘n sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining 50 foizi kalendar yil davomida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga.

#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
2025-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

445-modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan:

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7;
baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi📉 koeffitsiyent qo‘llaniladi.

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda — 1,1 oshiruvchi📈 koeffitsiyent qo‘llaniladi.

❗️Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari soliq stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga haqli (445-modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek yirik soliq to‘lovchilar mustasno).

#soliq_siyosati_2025
#qonunchilikdagi_yangiliklar #suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilda soliq qonunchiligiga kiritilgan ayrim o‘zgarishlar

🔹2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i va xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 % etib belgilandi.

🔹 2025-yil 1-apreldan daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi.

🔹Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliq bundan mustasno) ozod qilinadi.

🔹 Ko‘chma savdo obyektlarini tashkil etgan yoshlarga soliq imtiyozi beriladi.

©️Farg‘ona TV

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Farg‘ona viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to'lovining minimal stavkalari (2025-yil uchun)

☝️Ushbu stavkalar ko'chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalari uchun ham qo'llaniladi.

❗️Yaqin qarindoshlar o'rtasida tuzilgan shartnomalar bundan mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli.
_________
🖇Foydali havolalar

👉Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma
👉
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi
👉Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi
👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasi qanday bekor qilinadi?

#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #ijara

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube