Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#matbuot_anjumani

Mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi


Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar, blogerlar ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ochib berdi va soliq xizmati organlari tomonidan mahallabay tizimi asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida joriy etilayotgan o‘zgarishlar haqida axborot berdi.

Matbuot anjumani davomida 2024-yil 1-fevraldan boshlab joriy etilgan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingiga ham batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Soliq mobil ilovasidan yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani oson yuklab oling.
_______________

Скачайте справку об отсутствии задолженности по налогу на имущество и земельному налогу физических лиц.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi

Soliq hisobotlariga soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan tuzatishlar kiritilishi Barqarorlik reytingida ballar chegirilishiga sabab bo‘ladimi?

"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan mustaqil tuzatishlar kiritilishi ko‘rsatkichini baholashda soliq (hisobot) davrida avval taqdim etilgan hisobotlarga:

👉bir marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 1 ball;
👉ikki marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 2 ball;
👉uch marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 3 ball;
👉to‘rt marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 4 ball;
👉besh va undan ortiq o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi.

❗️Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha baholashda kalendar yilda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona shahrida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda bir guruh faol xotin-qizlar, xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimi Tursumatova Shaxlo Isakovna viloyat hokimligi faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyat turi yana bittaga ko‘payadi

“Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi
👉 PQ-115-son, 05.03.2024 y.

Qarorga ko‘ra,
Xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Azaldan koʻhna Sharqda Ayol zotiga hurmat va ehtirom koʻrsatish, ularni eʼzozlash buyuk qadriyat boʻlib kelgan. Chunki Ayollar bor, hayotimiz goʻzal, umrimiz mazmunli. Xonadonlarimiz sarishta va nurafshondir.

Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning ham faol aʼzosi, ishtirokchisidir.

Davlat soliq xizmati organlarida ham ko‘plab ayollar o‘zining halol mehnati, aql-zakovati, bilimi bilan Davlatimiz iqtisodiy barqarorligiga o‘z hissasini qo'shib kelmoqda,

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida mehnat qilayotgan ana shunday go‘zal va latofatli ayollarimizga ehtirom ko‘rsatildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Aziz ayollar, munis onaxonlar, hurmatli opa-singillar Sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘z nomimdan va Farg‘ona viloyati soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

Ta’kidlash joiz, oila va jamiyat ustuni bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va, albatta, shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.

Fursatdan foydalanib, bahoriy ko‘tarinki kayfiyat hamisha Siz bilan bo‘lsin deya, barchangizga oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Yana bir bor bayramingiz muborak, dilbar ayollar!

Ehtirom ila,

Maqsudxon Mamatxanov
,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 11-mart

fevral oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

mart oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 bir qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida ularning faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Muloqotlarda tadbirkorlarga ball yig‘ish imkoniyatini beruvchi umumiy, rag‘batlantiruvchi, kamaytiruvchi mezonlar batafsil yetkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi"Great silk road servis" MChJ, "Kometa shop" MChJ hamda "Fergana nova engineering" MChJlari qoniqarli toifada ekanliklari, shuningdek, ular shaxsiy kabinet orqali qanday mezonlarga asosan qancha ball berilganligi va kamchiliklarni qanday bartaraf etish haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkinligi tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_NKT

Soliq qoʻmitasi Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashish xizmatlari sohasini legallashtirishni faol davom ettirmoqda

Taksi xizmatlari sohasini legallashtirish, rasmiy ish bilan band boʻlmagan shaxslar faoliyatlarini qonuniylashtirgan holda ushbu bozordagi aylanmalar hisobini yuritish boʻyicha boshlangan ishlar yil soʻnggiga borib oʻzining ilk samarasini berdi.

Birinchidan, bozorning eng katta ishtirokchilari soliq tizimlari bilan integratsiya qilinib, taksi xizmatlari uchun fiskal chek berilyapti.

Ikkinchidan, yoʻlovchi tashish xizmati bilan shugʻullanuvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning rasmiy daromad manbayi shakllanib, iqtisodiy harakatlarda daromad toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisobga olina boshlandi (mehnat staji, ipoteka, isteʼmol kreditlari, tovarlarni boʻlib toʻlash...).

Erishilayotgan natijalar: 2023-yil dekabr oyida onlayn-taksi agregatorlari orqali 4,4 mln tashuvlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish faoliyati 80,1 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan amalga oshirilgan. Joriy yil yanvar oyida qatnovlar soni 5 mlnga yetdi. Tashish xizmatlari 113,5 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi tomonidan ko‘rsatildi.

Bu raqamlar yanada oʻsishda davom etyapti va 1-mart holatiga jami koʻrsatilgan taksi xizmatlari soni 18,3 mlndan oshdi. Shundan 8,9 mlntasi fevral oyiga toʻgʻri keladi. Eng yuqori aylanmaga ega shaxslar soni 8 446 ta boʻlib, bitta haydovchiga oʻrtacha 8,5 mln soʻmdan toʻgʻri kelgan.

Uchinchidan, naqd va naqdsiz hisob-kitoblarda toʻlovlarni fiskallashtirish boʻyicha hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida dekabr-fevral oylarida budjetga 9,7 mlrd soʻm soliqlar toʻlandi.

Va albatta, bu yoʻnalishda yechimini kutayotgan va oxiriga yetkazilishi kerak boʻlgan yana bir qator masalalar bor.

👉 Batafsil
________
#онлайн_ККТ

Налоговый комитет активно продолжает легализацию сферы услуг по перевозке пассажиров в Узбекистане

Начатая к концу прошлого года работа по легализации сферы услуг такси и ведению учета доходов и оборотов на этом рынке путем узаконивания деятельности официально не трудоустроенных лиц дала свои первые результаты.

Во-первых, крупнейшие участники рынка, осуществив интеграцию с налоговыми системами, выдают фискальный чек за услуги такси.

Во-вторых, с формированием официального источника дохода самозанятых граждан, оказывающих услуги по перевозке пассажиров, сведения об этих доходах стали учитываться в экономической деятельности (трудовой стаж, ипотека, потребительские кредиты, оплата товаров в рассрочку и т.д.).

Достигнутые результаты: в декабре через онлайн-агрегаторы такси было совершено 4,4 млн поездок. Перевозку пассажиров осуществили 80,1 тысяч самозанятых водителей. В январе количество поездок увеличилось до 5 млн. Услуги по перевозке оказали 113,5 тысяч самозанятых водителей.

Эти цифры продолжают расти и по состоянию на 1 марта общее количество оказанных услуг такси превысило 18,3 млн. Из них 8,9 млн приходится на февраль. Число лиц с наибольшим оборотом составило 8 446 человек, на одного водителя в среднем пришлось 8,5 млн сумов.

В-третьих, в результате совместной работы по фискализации платежей по наличным и безналичным расчетам в бюджет за декабрь-февраль уплачено 9,7 млрд сумов налогов.

И, конечно, в этом направлении существует ряд других вопросов, ожидающих своего решения и доведения до конечного результата.

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#aksiz_soligi

1-apreldan gazlangan va energetik ichimliklarga aksiz solig‘i joriy etiladi

🗓 2024-yil 1-apreldan:

👉tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan, gazlangan hamda iste’mol qadog‘iga qadoqlangan ichimliklar (energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar bundan mustasno) 1 litr uchun 500 so‘m;

👉energetik va tetiklashtiruvchi ichimliklar – 1 litr uchun 2 000 so'm miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi.

📃Soliq kodeksi 289 prim 3-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumami

Soliq xizmati xodimlarining mahallabay tizimi asosida ishlashi o’z samarasini bermoqda

©️Zo’r TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt