Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.77K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tadbirkorning murojaati Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasining 2023-yil 14-avgustdagi tegishli buyrug‘iga asosan, Soliq kodeksining 138-moddasi talablari bo‘yicha "PURE GAS SERVIS" MChJning (keying o‘rinlarda tashkilot) 2022-yil yanvar-dekabr oylaridagi faoliyatida QQS va foyda solig‘i to‘g‘ri hisoblanishi yuzasidan kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilgan.

Natijada, tashkilot tomonidan 2022-yil soliq davrida soliq to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan hamda QQS guvohnomasi bekor qilingan "MUBINAXON ABDULLOH" MChJ bilan 6 xil turdagi mahsulotlar uchun bitimlar tuzilganligi va 260,8 mln so‘mlik QQS asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, tashkilot tomonidan 2022-yil uchun taqdim etilgan foyda solig‘i hisobotida xarajatlar tarkibi oshirib ko‘rsatilganligi aniqlanib, 12,4 mln so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga 2023-yil 28-sentabr kuni QQS va foyda solig‘idan qariyb 273 mln so‘m miqdoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etish yoki qayta hisobot yuborish uchun talabnoma yuborilgan.

Talabnomaga tashkilot tomonidan 5 kunlik muddatda javob xati, qayta hisobot yoki aniqlangan kamchiliklar yuzasidan asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilishi lozim bo‘lsada, 2023-yil 13-noyabr kuniga qadar biror hujjat taqdim etilmagan.

Shu bois, Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, tashkilotning bankdagi hisob raqamlari vaqtinchalik to‘xtatilgan.

2023-yil 14-noyabr kuni tashkilot tomonidan javob xati taqdim etilgan bo‘lsada, unda kontragenti bilan tuzilgan shartnomalar yoki boshqa asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etilmagan.

2023-yil 17-noyabr kuni QQS uchun 140,6 mln so‘mga qisman qayta hisobot taqdim etilgan.

Joriy yil 20-noyabr kuni Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari hamda tadbirkor o‘rtasida yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi, aniqlangan kamchiliklar batafsil tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 14- va 15-moddalariga asosan, soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart, shuningdek, qalbaki (ko‘zbo‘yamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida hisobga olinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#kameral_soliq_tekshiruvi

🔎Kameral soliq tekshiruvi - soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan o‘tkaziladi.

Kameral soliq tekshiruvi
quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
🔹tahlika-tahlil dasturi ma’lumotlari asosida soliq qonunchiligi buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjud bo‘lganda;
🔹soliq to‘lovchi taqdim etgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda;
🔹soliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati soliq organiga tushganda;
🔹oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda.

Kameral soliq tekshiruvi soliq organi buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.

👉VMQ 1-son 2-ilova 07.01.2021-yil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#kameral_soliq_tekshiruvi

Soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish tekshiruv va jarimalarning oldini oladi

Bugungi kunda kameral soliq tekshiruvlari soliq to‘lovchining ishtirokisiz, uning hududiga bormasdan hamda hujjatlarni talab qilmagan holda masofadan o‘tkazilmoqda.

🔹Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
▫️soliq toʻlovchining hududiga kirish;
▫️soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish;
▫️soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
▫️soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
❗️QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.

📃Agar o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan bo‘lsa, soliq to‘lovchiga soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish imkoni beruvchi talabnoma yuboriladi.

🗓Soliq to‘lovchi talabnoma olingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga soliq organiga taqdim etishi lozim.

🔹Mazkur holatda berilgan imkoniyat va yengillikdan foydalanib, soliq hisobotlaridagi tafovut va xatolar mustaqil bartaraf etilsa, soliq to‘lovchida soliq auditi oʻtkazilishi hamda moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishi oldi olinadi.

❗️Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoxud tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq to‘lovchiga Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq soliq auditi tayinlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar #JShODS

Jismoniy shaxslar daromad soligʻini
my.gov.uz portali orqali ham qaytarib olishi mumkin

Jismoniy shaxslar daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning Maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. VMQ-601 15.11.2023 y.

Unga koʻra, jismoniy shaxslar daromad soligʻini qaytarib olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP – My.gov.uz)da elektron soʻrovnomani toʻldirish orqali soliq organlariga ariza yuborishi lozim.

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
🔹 F.I.O.;
🔹 doimiy yashash manzili;
🔹 JShShIR;
🔹 elektron pochta manzili;
🔹 telefon raqami;
🔹 imtiyoz qoʻllaniladigan daromad turi;
🔹 plastik karta rekvizitlari – karta raqami / karta egasi F.I.O / bank tranzit hisobvaragʻi / STIR / MFO.

Soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
🔸 soliq deklaratsiyasi;
🔸 taʼlim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma;
🔸 taʼlim krediti shartnomasi;
🔸 ipoteka krediti shartnomasi;
🔸 nodavlat taʼlim tashkiloti bilan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursini tugatganlik toʻgʻrisida berilgan hujjat;
🔸 mablagʻlar yoʻnaltirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari.

Soʻrovnoma tasdiqlangandan soʻng soliq organiga avtomatik tarzda yuboriladi.

Soliq organi ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi yoki rad etilganligi haqida (QR-kodli, matrik shtrix kodli) elektron xabarnoma yuboradi.

Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllash toʻg‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Gʻaznachilik boʻlimi tomonidan ortiqcha toʻlov summasi arizachining bank plastik kartasiga qaytariladi.

Maʼlumot uchun: bugungi kunda my.soliq.uz (my3.soliq.uz) portalidagi jismoniy shaxslar shaxsiy kabineti orqali daromad soligʻidan ortiqcha toʻlovni qaytarib olish imkoniyati mavjud.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga SMS yuborilmoqda

Jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soligʻini teng ikkiga boʻlgan holda, yarmini 15-aprelgacha qolgan yarmini 15-oktabrga qadar toʻlashi belgilangan.

Hurmatli fuqarolar, yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashni unutmang. O‘z vaqtida to‘lanmagan soliqlar uchun penya hisoblanadi.

📩 Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lamagan fuqarolarga Soliq_uz (Soliq§uz) manzilidan yoki 6079 raqamidan SMSlar yuborilmoqda. SMSda "Batafsil" hamda "Toʻlash" havolalari bor.

👉"Batafsil"da toʻlov xabarnomasi yuklab olinadi. Xabarnomadan obyekt manzili, maydoni, kadastr qiymati, soliq stavkasi, summasi, soliq organi masʼul xodimi aloqa raqami va boshqa maʼlumotlar oʻrin olgan.

👉"Toʻlash"da esa “Soliq” mobil ilovasi joylashgan platforma ochiladi. Agar ilova foydalanuvchi qurilmasiga oʻrnatilgan boʻlsa ilovaning “Soliqlarni toʻlash” oynasidan toʻlovni tez va oson amalga oshirish mumkin. Oʻrnatilmagan boʻlsa plaftorma orqali yuklab olinadi.

🔖Toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan koʻchmas mulk maydoni, kadastr qiymati, yer uchastkasi egallagan maydon toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqiqatda mavjud obyekt va yer maydonidan farq qilsa yoki sizga tegishli boʻlmasa kadastr idoralariga murojaat qilish lozim.

📚Shuningdek, yer va mol-mulk soliqlaridan imtiyoz olish uchun hujjat mavjud boʻlib, soliq imtiyozi qoʻllanilmagan boʻlsa my.soliq.uz sayti orqali, shuningdek koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organiga soliq imtiyoziga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish orqali imtiyozdan foydalanish mumkin.

❗️E'tibor bering: "Soliq" mobil ilovasi orqali soliq to‘langanda hech qanday kod so‘ralmaydi. Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling.

👉 Soliqlarni Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉
Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini my3.soliq.uz sayti orqali ham to‘lashi mumkin

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📃Joriy yil 21-noyabr kuni Prezidentning “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
👉PF-198 21.11.2023

Unga ko‘ra, 2024-yil 31-dekabrga qadar bo‘yalgan mato va bo‘yalgan gazlamani realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida ushbu mahsulotlarni ichki bozorda sotish ulushi kamida 50 foizni tashkil qilgan korxonalarga:

🔹 ijtimoiy soliqni 1 % miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lash;

🔹 3 yil muddatgacha yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i to‘lovini kechiktirish huquqi beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-noyabr

noyabr oyi uchun

🔹 jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism, PQ-292-son 04.09.2023).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida Rishton tumanidagi tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Rishton tumanidagi chakana savdo, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, bozor va savdo komplekslariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqotlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Foyda solig‘i bo‘yicha oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lash tartibi va muddati” mavzusidagi seminar internet provayderlaridagi uzilishlar sababli 🛠 belgilangan vaqtdan kechroq boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/nVuqFl735zA?feature=share
______
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

По причине перебоев в работе интернет-провайдеров онлайн-семинар на тему “Порядок и сроки уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль” начался позднее указанного ранее времени.

🌐Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/nVuqFl735zA?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_imtiyozi

Ipoteka kreditlari uchun soliq imtiyozlari

🔹Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozlar:

▫️Davlat budjetidan ajratilgan subsidiya asosida olingan ipoteka kreditlari va ularga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan *MHTEKMning 80 baravarigacha boʻlgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari;

▫️Yosh oila uchun ajratilgan ipoteka krediti yoki unga hisoblangan foizlarni qoplashga yoʻnaltirilgan mablagʻlar er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh) ga toʻlguniga qadar JSHODSdan ozod etilgan.

Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga olingan koʻchmas mulk 36 oy ichida boshqa shaxs nomiga oʻtkazilsa, soliq imtiyozi qoʻllanilgan butun davr uchun soliq toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi.
👉Soliq kodeksi 378-modda 16-band

🔹Mol-mulk solig‘idan imtiyozlar:

▪️“2017-2020-yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturi”ni amalga oshirish doirasida 2020-yil 1-iyulgacha “Ipoteka bank” ATIB, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va “Asaka bank” ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaxslar (qarzdorlar) mol-mulk soligʻidan ozod qilingan;
👉PQ-2660 17-band “a” kichik bandi 22.11.2016

▪️Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy‑joylar qurilishi Dasturi doirasida 2020-yil 1-iyulgacha shartnoma imzolagan jismoniy shaxslar, ipoteka kreditini toʻlab boʻlmagunga qadar, xarid qilingan uy‑joylar boʻyicha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod qilingan.
👉PQ‑1902 4-band 3-xatboshi 04.01.2013

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 x 80 = 78,4 mln soʻm.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt