Stol tennisi bo‘yicha davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kubogi o‘tkazildi
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “11-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda viloyatning barcha shahar va tumanlardan tizimda mehnat qilayotgan soha xodimlari, shuningdek, 4-sektor hududida yashovchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar g‘oliblik uchun bellashdilar.
Soliq organlari xodimlari o‘rtasida murosasiz kechgan bahslarda viloyat DSB xodimi A.Ismoilov g‘oliblikni qo‘lgan kiritgan bo‘lsa, Buvayda tumani DSI xodimi A.Mamatxo‘jaev 2-o‘ringa, Rishton tumani DSI xodimi J. G‘aniev esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldilar.
4-sektor hududidagi mahalla yoshlari o‘rtasida g‘oliblik Qo‘qon shahar Usta bozor MFYda yashovchi Y.Madaminov ga nasib etdi. 2-3 o‘rinlarni esa Quva hamda Rishton tumanlaridan kelgan yoshlar qo‘lga kiritdilar.
Yakunda soha xodimlari hamda sektor hududidagi yoshlar o‘rtasida 1-o‘rini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar oliy sovrin uchun kurashdilar. His-hayajonlarga to‘la kechgan yakuniy bahsda qo‘qonlik havaskor tennischi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar DSB rahbariyati hamda Farg‘ona viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#stol_tennisi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Farg‘ona tumani 4-sektor hududida aholiga qulaylik yaratish uchun zarur choralar ko‘rilmoqda
Ichimlik suvi tarmog‘i tortish, asfaltlashtirish, elektr energiyasi simyog‘ochlarini beton tayanchlar bilan almashtirish kabi masalalar yuzasidan sayyor qabullarda kelib tushgan murojaatlar, uyma-uy yurish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ayni kunlarda Farg‘ona tumani 4-sektor hududida joylashgan mahallalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, sektor rahbari boshchiligida Qo‘rg‘ontepa MFYda 60 ta beton tayanchlar o‘rnatildi, 1,3 km uzunlikda ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Shuningdek, Oltinobod, Yangi masjid, Kurash ko‘chalaridagi ichki yo‘llarning 2 km qismi asfaltlashtirildi.
Shu bilan birga, 4-sektor hududidagi Xonqiz, O‘zbekiston va Oq oltin MFYlarda ham ichki infratuzilmani yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
#4_sektor

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#qonunchilikdagi_yangiliklar
✅ Oʻzbekistonda “tax free” tizimi joriy etiladi
“Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻrisida” qaror qabul qilindi (653-son 09.11.2022).
Qarorga ko‘ra, 01.01.2023-yildan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda toʻlangan QQS summasini qaytarish – “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.
“Tax free” qaysi mahsulotlarga tatbiq etiladi❓
“Tax free” respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Qancha miqdorda xaridni amalga oshirish lozim❓
Umumiy qiymati kamida 1 mln so‘m bo‘lgan “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlarni xarid qilish lozim.
Chet el fuqarolari Tax Freedan qanday foydalanishi mumkin❓
Buning uchun chet davlat fuqarosi “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan o‘tishi va xaridlari boʻyicha taqdim etilgan onlayn-NKT fiskal cheklarini skanerlashi kifoya.
“Tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tizim operatori “Soliq-servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlarni Soliq mobil ilovasida onlayn vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Chet davlat fuqarolari Oʻzbekiston hududini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlari orqali tark etganda tizim operatoriga murojaat qilgan holda mahsulot xarid qilgan paytdan boshlab 3 oy ichida QQS summasini qaytarishni rasmiylashtirishlari mumkin boʻladi.
To‘langan soliq summalari qachon qaytariladi❓
“Tax free” summasi chet davlat fuqarosining respublika hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan soʻng, xarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin qaytariladi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oltiariq tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Oltiariq tumani Oqbo‘yra MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.
Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.
Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga daromad topish maqsadida tikuv mashinasi, motokultivator hamda kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, shuningdek, sog’lig’ida muammosi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi.
#sayyor_qabul #4_sektor