#qonunchilikdagi_yangiliklar
2024-yil 1-yanvardan boshlab xonandalardan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qolgan ijrochilardan daromad solig‘i faqat deklaratsiya asosida undiriladi
📃O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko‘ra:
✅ konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga daromad solig‘ini deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash huquqi berildi.
✅ deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda daromad solig‘ini to‘lash huquqi xonandalarga 2024-yil 1-yanvarga qadar, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi boshqa jismoniy shaxslarga 2026-yil 1-yanvarga qadar beriladi. Demak, ko‘rsatilgan muddatlardan so‘ng daromad solig‘i faqat deklaratsiya asosida undiriladi.
✅Deklaratsiya asosida soliq to‘lashni tanlagan ijrochilar uchun:
👉yillik umumiy daromadning 30 foizi miqdoridagi xarajatlar tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmagan holda chegiriladi;
👉tasdiqlangan xarajatlar summasi umumiy daromadning 30 foizidan oshgan taqdirda qo‘shimcha ravishda ushbu daromadning 10 foizi miqdori chegiriladi;
👉litsenziya olish uchun undirilgan davlat boji va ijtimoiy soliq summalari xarajat sifatida qayd etiladi hamda daromadlar tarkibidan chegiriladi.
✅Qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashni tanlagan ijrochilardan daromad solig‘i bir yilda bir marta quyidagi miqdorlarda undiriladi:
👉 I reyting guruhi ijrochilaridan 2,7 million so‘m;
👉 II reyting guruhi ijrochilaridan 1,8 million so‘m;
👉 III reyting guruhi ijrochilaridan 1,0 million so‘m.
✅2024-yil 1-yanvarga qadar III reyting guruhi ijrochilari qat’iy belgilangan miqdordagi soliq to‘lashdan ozod etiladi❌.
✅2025-yil 1-yanvarga qadar konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar mehnat shartnomasi asosida band bo‘lmagan taqdirda, ulardan konsert-tomosha faoliyati bo‘yicha ijtimoiy soliq bir yilda BHMning bir baravari miqdorida undiriladi;
✅Konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishdan olgan daromadlaridan, ular tomonidan tanlangan soliq rejimidan qat’iy nazar, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
✅Yuridik shaxs tashkil etgan holda konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi ijodiy jamoalar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni yuridik shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda to‘laydi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi
📃“O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–783-son, 12.07.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
✅Kiritilgan qo‘shimchalar bilan maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Unga ko‘ra, imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab:
👉 3 mln AQSh dollaridan – 5 mln AQSh dollarigacha investitsiya uchun – 3 yil;
👉 5 mln AQSh dollaridan – 15 mln AQSh dollarigacha investitsiya uchun – 5 yil;
👉 15 mln AQSh dollari va undan ko‘p investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilinadi.
🗓 Mazkur muddatlar ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-iyul
iyun oyi uchun:
🔹hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);
🔹aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#sorovnoma
❓Qanday sabablarga ko'ra tadbirkorlar onlayn nazorat kassa mashinalari chekini bermaydi?
Yil boshidan buyon “Soliq hamkor” orqali respublikaning turli hududlaridan fiskal chek berilmaganligi haqida ko‘plab murojaatlar kelib tushdi.
Soliq organlari tomonidan har bir murojaat o‘rganilib, tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda, biroq bunday murojaatlar soni ortib bormoqda.
💬DSQ tadbirkorlar qaysi sabablarga ko‘ra chek bermayotganini aniqlash, mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
⚡️ Sizning fikringiz biz uchun muhim!
_______________________________
#опрос
❓По каким причинам предприниматели не выдают чек онлайн контрольно-кассовой техники?
С начала года через систему "Налоговый партнер" из разных регионов республики в большом количестве поступают уведомления о невыдаче фискального чека.
Налоговыми органами изучается каждое обращение, проводится разъяснительная работа среди предпринимателей, однако число таких обращений продолжает расти.
💬В связи с этим ГНК проводит анонимный опрос, чтобы узнать, по каким причинам предприниматели по-прежнему не выдают чек, и оказать содействие в решении имеющихся проблем.
⚡️Нам важно мнение каждого!
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

🧾Nima sababdan kassa chekini bermaysiz ❓
Anonymous Poll
24%
Soliq miqdori oshib ketadi
10%
Oborotim 1 mlrd so‘mdan oshib ketib QQS to‘lovchisi bo‘lib qolaman
7%
Sotayotgan tovarimni kirim hujjati (prixod) yo‘q
10%
Kassa apparat ishlatishim qiyin (muammo ko‘p
15%
Bankdan naqd pul olishim qiyin
17%
Naqd pulga savdo qilganimda tovar arzonroq
16%
Boshqa sabab
🚕Taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar haqida 10 ta FAKT
1️⃣yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan 🚗yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi;
2️⃣yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati 📃litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
3️⃣litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilindi❌;
4️⃣bir yilda bir marotaba transport vositasi 🔍texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart;
5️⃣o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar “Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan 🏥ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba 👩⚕️tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
6️⃣yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun 📃litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga BHMning bir barobari miqdorida (ayni paytda 300 ming so‘m) undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
7️⃣yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida📍 faoliyat hududi aks ettiriladi;
8️⃣o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga 🚕“TAXI” tanish belgili to‘qsariq rangli fonar o‘rnatiladi;
9️⃣boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar 🧑🏻🏫🧑🏻💻👷🏻♀️bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin;
1️⃣0️⃣ Ushbu tartib 🗓2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar amal qiladi.

Qo‘qonda 3 kun ichida 700 dan ortiq tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi
Qo‘qon shahridagi bozorlarda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish, qonuniy faoliyat yuritishning afzalliklarini tushuntirish maqsadida Qo'qon shahar DSI bilan shahar hokimligi va boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida ishchi guruh tashkil etildi.
Mas’ullar markaziy bozorlar, savdo majmualari hamda aholi gavjum joylarda hujjatsiz faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar. Suhbat jarayonida savdogarlar davlat ro‘yxatidan o‘tib, rasmiy faoliyat yuritishlari lozimligi haqida ogohlantirish berdilar.
Shuningdek, to‘lanadigan soliqlarning ahamiyati va uning bir qismi pensiya jamg‘armasiga yo‘naltirilishi hamda nafaqa yoshiga yetganda fuqaroga pensiya sifatida qaytarilishi eslatib o‘tildi.
14-16 iyul kunlari o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida Qo‘qon shahrida 715 ta yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Tadbirlar davom ettirilmoqda.

⚡️Kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘ini 3 karra miqdorda hisoblash vaqtincha to‘xtatib turiladi
Bu haqida Davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Yig‘ilishda aytilishicha, 2 million 600 mingta aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘q.
Ushbu aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayotgani haqida Xalq qabulxonalariga murojaatlar tushmoqda. Ustiga ustak, kadastri bo‘lmagani uchun yer solig‘i 3 karra miqdorda hisoblanmoqda.
Shu bois Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligiga bir hafta muddatda ishchi guruhlarini shakllantirib, ishlarni boshlash topshirildi. Ishchi guruhlari:
🔹 1-oktabrga qadar mahallabay kadastr hujjati bo‘lmagan xonadonlarning elektron ro‘yxatini shakllantiradi;
🔹 uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishga asos bo‘luvchi hujjatlarni to‘playdi va elektron bazaga kiritadi.
Mutasaddilarga respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.
📃Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qilindi.

#QQS #soliq_hisobotlari
Soliq to'lovchiga yordam❗️
👉QQS hisobotini to'ldirish bo'yicha qo'llanma
👉QQS to‘lovchisiga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga eslatma
👉QQS hisobotini to‘ldirish bo‘yicha onlayn-seminar
👉QQS hisobotida onlayn-NKM orqali tushgan tushum summasi avtomat shakllanadi
👉Bir qator mahsulotlarni QQSdan ozod etish muddati uzaytirilgan
👉Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari asosida beriladigan imtiyozlar ma'lumotlari qanday yangilanadi?
__________
#НДС #налоговая_отчетность
В помощь налогоплательщику❗️
👉Инструкция по заполнению расчета НДС
👉Памятка для тех, кто перешел на уплату НДС
👉Онлайн-семинар по заполнению отчетности по НДС
👉В отчетности по НДС автоматически отображаются сведения чеков онлайн-ККМ
👉Продлен срок освобождения от НДС ряда продуктов
👉Как обновляется информация о льготах на основе чеков онлайн-ККМ либо виртуальных касс?

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-iyul
II chorak uchun:
🔹 foyda solig‘i bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);
🔹jismoniy shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 280-moddasi 3-qismi);
🔹 maxsus renta solig‘i bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-7-moddasi 2-va 3-qismi);
iyun oyi uchun:
🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1-va 2-qismlari);
🔹agar iyun oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
🔹 norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
🔹yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);
iyul oyi uchun:
🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).