Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.46K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida faoliyat ko‘rsatuvchi jurnalistlar, bloggerlar ishtirok etdi.

Matbuot anjumanini Farg‘ona viloyati DSB boshlig‘i Adxamjon Tillavoldiyev ochib berdi va davlat budjetiga soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida axborot berdi.

Soliq ma’muriyatchiligining to‘g‘ri tashkil etilishi, tadbirkorlik subyektlariga yaqindan ko‘maklashish natijasida soliq tushumlari o‘sishiga erishib kelinmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatida 2022 yil 1-yarim yillikdagi budjet tushumlari 2 trln. so‘mdan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 baravarga o‘sgan.

Tadbir so‘nggida press-tur tashkil etildi hamda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi hamdardlik bildiradi

Joriy yil 5-iyul kuni soat 12:30 lar atrofida Uchko‘prik tumani Sariqo‘rg‘on MFY hududida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanib kelayotgan “Tico” va “Jiguli” rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketishi natijasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, baxtsiz hodisa paytida Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasining 3 nafar xodimi “Tico” rusumli mashinada bo‘lgan. Afsuski, yo‘l transport hodisasi natijasida I.Rasulov voqea joyida vafot etgan. Turli darajada tan jarohatlari olgan N.O‘rolxonov Qo‘qon shahar Markaziy shifoxonasi, X.Eshonqulov esa Uchko‘prik tumani Markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limlariga olib ketilgan va ayni vaqtda davolanish jarayoni davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda inspeksiya rahbariyati marhum I.Rasulovning xonadonida bo‘lib, oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdilar. Shuningdek, kelgusida muntazam ravishda oila holidan xabar olib turilishi hamda yordamga hamisha tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Shu bilan birga, shifoxonada davolanayotgan bemorlar holidan xabar oldilar va zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Taksi haydovchilari ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qatoriga qo‘shiladi

Prezidentimizning tegishli qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratildi:

2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda.
Bunda:

litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;

majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;

o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona soliq tushumlari bo‘yicha poytaxtdan keyin birinchi

Joriy yilning birinchi yarmida respublika bo‘yicha budjetga soliq tushumlari 71 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga (61,4 trln so‘m) nisbatan 15,7%ga o‘sgan.

Ahamiyatlisi, Farg‘ona viloyatida soliq tushumlari 2 trln so‘mdan oshib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 39,1%ga oshgan hamda respublika bo‘yicha o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lgan hududlar ichida poytaxt, ya'ni Toshkent shahridan so‘ng birinchi bo‘lgan.

O‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lgan hududlar – TOP-5:

1. Toshkent shahri - 43,5% (9,9 trln so‘m);
2. Farg‘ona viloyati - 39,1% (2 trln so‘m);
3. Samarqand viloyati - 36,1% (1,9 trln so‘m);
4. Buxoro viloyati - 35,7% (1,5 trln so‘m);
5. Surxondaryo viloyati - 34,1% (1,2 trln so‘m).

#soliq_tushumlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 10-iyul soat 00:00 dan 12-iyul soat 09:00 gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
____

Уважаемые налогоплательщики❗️

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 00:00 часов 10 июля до 09:00 часов 12 июля текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 13-iyul

❇️ III chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi);

❇️ aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik soliq summasining 1/4 to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

❇️ aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i yillik summasining 1/12 miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi);

❇️ aylanmadan soliq to‘lovchilar hisoblanmaydigan soliq to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/12 miqdorida joriy to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

❇️ aksiz solig‘i hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌“Soliq xabarlari” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida:

👉 Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida matbuot anjumani tashkil etildi;

👉 4-sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi;

👉 Buvayda tumanida "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili amalda;

👉 Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari;

👉 Taksi haydovchilari ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida matbuot anjumani tashkil etildi

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Buvayda tumanida "Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi" tamoyili asosida tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda.

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Taksi haydovchilari ham o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Bu haqida mutaxassis sharhi👉

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_tushumlari

Avval xabar berilganidek, joriy yilning birinchi yarmida budjetga soliq tushumlari 71 trln so‘mni tashkil etdi.

Ushbu infografikada soliq turlari bo‘yicha tushumlarning qiyosiy tahlili keltirilgan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram