Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu bilan birga, Prezidentimiz boshchiligida shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.

Ta’kidlash joiz, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning besh ustuni, ya’ni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi, uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi.

Fursatdan foydalanib, Bosh qonunimizning qutlug‘ bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman!

Hurmat bilan,

Maqsudxon MAMATXANOV,

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun

63-modda.
Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lashi shart.

Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.

149-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.

#8_dekabr

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Hamdardlik

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi Soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichning padari buzrukvori Davlatboy otaning vafoti munosabati bilan oila a'zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Davlatboy Kudbiyev oliy o‘quv yurtlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, o‘ziga xos maktab yaratgan, el-yurt hurmatiga, eʼtirofiga sazovor bo‘lgan ustoz sifatida tilga olinadi.

Davlatboy Kudbiyev fidoyi olim, ilm-fan va taʼlimning haqiqiy jonkuyari sifatida o‘zidan o‘chmas iz qoldirib ketdi.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#AOS

2024-yil 15-dekabrga qadar aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar soliq
rejimini o‘zgartirishi mumkin!

Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2025-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalarida) to‘lashga o‘tish uchun 2024-yil 15-dekabrgacha (shu kuni ham) soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Buning uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimidagi havola orqali rad qilish xabarnomasi yuboriladi.

📌 https://my3.soliq.uz/login?type=legal

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#onlayn_seminar

"Foyda solig'i va xizmatlarni import qilishda soliq hisobotlari" mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

📱Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/2YvWlBvbU0E?feature=share
___________
#онлайн_семинар

Начался онлайн семинар-тренинг на тему "Налог на прибыль и налоговая отчетность при импорте услуг".

📱Ссылка на семинар 👉https://youtube.com/live/2YvWlBvbU0E?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
16-dekabrga qadar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash va hisobotni taqdim etishni unutmang!

Qishloq xoʻjaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini yilda bir marta -15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi

👉 Soliq kodeksi 447-modda

2024-yil uchun 10601_14-sonli hisobot shakli my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan.
📑 Hisobot shaklini to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Soliq toʻlash muddati:
▫️1-oktabrga qadar — yillik soliq summasining 70 foizi;
▫️15-dekabrga qadar — soliqning qolgan summasi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

Ushbu soliq hisoboti suv iste'moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida shakllanadi.

❗️15-dekabr dam olish kuni (ishlanmaydigan kun) bo‘lgani uchun hisobot taqdim etish va soliq to‘lash muddati 16-dekabrga ko‘chiriladi.

#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkaziladi

Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi tadbir Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasida o‘tkazildi.  Unda so‘zga chiqqanlar Soliq qo‘mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” tasdiqlanganligi hamda mazkur siyosatda belgilangan chora-tadbirlar egallab turgan lavozimi, bajaradigan vazifa va funksiyalardan qat’i nazar barcha xodimlar uchun majburiyligi, belgilangan tartibni buzgan har bir xodim shaxsan javobgar ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, soliq tizimidagi xizmatlar sifati va tezligini, shuningdek, mas’ul xodimlarning huquqbuzarlik sodir etishiga moyilligini aniqlash maqsadida mustaqil tashkilotlar orqali “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilishi, mazkur jarayonda xodimlar tomonidan belgilangan odob-ahloq qoidalariga rioya qilinishi, ularning pora olishga moyilligi o‘rganilishi ogohlantirib o‘tildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish muhitini yaratishga har bir xodim mas’ul ekanligi eslatib o‘tildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endi ishlamagan* korxona hisobot topshirmagani uchun jarimaga tortilmaydi


Xususan, quyidagi mezonlar bo‘yicha korxonani moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash belgilanmoqda:

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilmaganligi (amalda ushbu mezon mavjud emas);

🔸davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 3 oy mobaynida bank hisobvaraqlari ochilgan, lekin 6 oy mobaynida (amalda 9 oy):
▫️pul aylanmasi amalga oshirilmaganligi;
▫️EHF rasmiylashtirmaganligi, onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa hamda marketpleys to‘lov tizimidan foydalanilmaganligi;
▫️tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirilmaganligi.

Bunda korxonalar:
▪️soliq organining taqdimnomasiga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 1 yil muddatga harakatsiz rejimga o‘tkazilishi;
▪️1 yil davomida (amalda 3 yil) faoliyati tiklanmasa, ular davlat reyestridan avtomatik chiqarilishi belgilanmoqda.

*davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab faoliyat yuritmagan va egaligida mulki bo‘lmagan tadbirkor

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashda reyting ko‘rsatkichlari tadbirkorlik subyektlari soniga nisbatan emas tovar aylanmasini amalga oshirgan tadbirkorlarning ulushiga nisbatan belgilanadi.

“BBB” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga tovarlarni import qilishda va realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi joriy etiladi.
Amalda “A” va undan yuqori toifadagilarga tatbiq etilardi.

👉PF-214-son, 10.12.2024-y.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

"Soliq" mobil ilovasining yangi 2.0.7 versiyasi taqdim etildi

"Soliq"
ilovasining yangilangan versiyasida biznes jarayonlarini optimallashtirish uchun “Soliq biznes” bo‘limida direktorlar (buxgalterlar)ga 2 ta yangi xizmat yaratildi.

🔼Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun jismoniy shaxslardan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilish dalolatnomasini onlayn rasmiylashtirish
👉
VMQ-745-son, 07.11.2024-y.

✔️ Turoperator va mehmonxona xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar uchun QQSni qaytarish bo'yicha ariza yuborish
👉
VMQ-745-son, 07.11.2024-y.

🏠Yana bir yangilik – “Ijaraga berish” xizmatini “Ko‘chmas mulk ijarasini rasmiylashtirish” bo‘limida birga yashovchilarni qo‘shish imkoni yaratildi.

❗️Ogohlantiramiz: ilovani noma’lum manbalardan yuklab olmang.
_______
#мобильное_приложение #soliq_biznes

Представлена новая 2.0.7 версия мобильного приложения "Soliq"

В обновленной версии приложения "Soliq" созданы 2 новые услуги в разделе “Soliq biznes” для директоров (бухгалтеров) с целью оптимизации бизнес-процессов.

🔼Онлайн оформление акта закупки сельскохозяйственной продукции у физических лиц за наличные предприятиями общепита.
👉
ПКМ №745 от 7.11.2024 г.

✔️ Отправка заявления на возврат НДС туроператорами и предприятиями, оказывающими гостиничные услуги.
👉 ПКМ №745 от 7.11.2024 г.

🏠Еще одно нововведение – в услуге "Сдача в аренду" в разделе "Оформление аренды недвижимости" можно добавить совместных проживающих.

❗️Предупреждаем: не скачивайте приложение из неизвестных источников.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Agrotexnik xizmatlarni ko‘rsatuvchilar yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini kamaytirilgan holda to‘laydi


📃“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-431-son, 12.12.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra,

🗓 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1- yanvargacha qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, ekin maydonlarini lazerli yer tekislagich yordamida tekislash, g‘o‘zani chilpish (chekanka) va defoliatsiyalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 16-dekabr*

2024-yil uchun:


- qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning qolgan summasini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 7-qismi);

- suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 447-moddasi 7-qismi);

noyabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismlari).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

"Soliq" ilovasida – “Mening uyim” xizmati

“Soliq” mobil ilovasining 🏠 “Mening uyim” bo‘limida siz barcha kommunal va boshqa xizmatlarni kuzatib borish va to‘lash, shuningdek, “Avtoto‘lov” va “Xabarnoma” xizmatlarini o‘rnatishingiz mumkin.

🏠Buning uchun yangi foydalanuvchilar Face ID avtorizatsiyasidan oʻtishlari kerak.

Agar fuqarolarning egaligida ko'chmas mulki bo'lsa, barcha obyektlar avtomatik ravishda aks ettiriladi.
Boshqa kvartira yoki uyni mustaqil ravishda qo'shishlari mumkin.

"Mening uyim" xizmati orqali:
💡 elektr energiyasi;
🔥tabiiy gaz;
❄️ sovuq suv;
☀️issiq suv;
🗑maishiy chiqindilarni olib ketish;
🌐 internet;
☎️shahar telefoni aloqasi
uchun to'lovlarni amalga oshirish mumkin.

Buning uchun bir marta quyidagi ma'lumotlarni kiritish kerak:
- shaxsiy hisobraqam,
- kompaniya provayderi;
- shahar telefon raqami;
- bank kartasi (agar oldin qo'shilmagan bo'lsa).


📌Shuningdek, qarzdorlik holati kuzatilganda 🏠"Mening uyim" bo‘limining asosiy oyna qismida "Qarz" yozuvi orqali xabardor bo‘lish imkoniyati mavjud.

✔️To'lov haqidagi ma'lumotlar "To'lovlar monitoringi"da saqlanadi.
________
#мобильное_приложение

В приложении Soliq – услуга "Мой дом"

В разделе 🏠 "Мой дом" мобильного приложения Soliq можно отслеживать и оплачивать все коммунальные и другие услуги, а также установить опции "Автоплатеж" и "Уведомление".

🏠Для этого новым пользователям необходимо пройти Face ID авторизацию.

При наличии у граждан в собственности недвижимого имущества все объекты отразятся автоматически.
Остальные могут добавить квартиру либо дом самостоятельно.

В "Мой дом" можно оплатить за:
💡 электроэнергию;
🔥природный газ;
❄️холодную воду;
☀️горячую воду;
🗑вывоз бытовых отходов (мусор);
🌐интернет;
☎️городскую телефонию.

Достаточно один раз добавить
- лицевые счета,
- компанию провайдера,
- указать городской телефонный номер;
- банковскую карту (если ранее не добавлена).


📌Если по коммунальным услугам имеется задолженность соответствующее уведомление будет отражено на главной иконке 🏠 "Мой дом".

✔️Информация об оплате хранится в "Мониторинге платежей".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM