Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga imtiyozlar taqdim qilinadi

Mikrofirma va kichik korxonalar “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarni ishga qabul qilsa va MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan (1 155 000 so'm) miqdorda oylik to‘lasa, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan JShODSning yarmi respublika budjetidan ish beruvchiga qaytarib beriladi.

Bunda soliq summasi har 1 xodim uchun BHMning 2 barobari (750 000 so‘m)dan oshmasligi kerak. Imtiyoz 2025-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
👉 PQ-7-son 9.01.2024 y.
————
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda:
🔹51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rini yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘ining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;
🔹101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;
🔹200 tadan ortiq ish o‘rini yaratadiganlar mazkur soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.

Shuningdek, ushbu dastur doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilib ularga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan (1 155 000 so'm) miqdorda oylik to‘lasa JShODS summasi (har 1 ishchi uchun BHMning 2 baravaridan oshmagan miqdorda) respublika budjetidan ish beruvchiga qaytarib beriladi va ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytiriladi. Imtiyozlar 2025-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
👉 VMQ279-son 07.07.2023

Bundan tashqari, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”, shuningdek, “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar daftariga” kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlaganlik uchun tadbirkorlarga barqarorlik reytingida rag‘batlantiruvchi ballar beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_siyosati_2025 #qonunchilikdagi_yangiliklar #imtiyoz

Kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini ishga qabul qilgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi


Soliq kodeksining 483-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar:

🔹kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (o‘ttiz yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;

🔹maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilari kasb o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#imtiyoz

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun soliq imtiyozlari

📃Soliq kodeksining 473-moddasiga asosan, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:

▫️3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yilga;

▫️5 million AQSh dollaridan 15 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yilga;

▫️15 million AQSh dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yilga ozod etiladi.

✍️ Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube