Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.86K photos
532 videos
42 files
2.48K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-209-son, 25.12.2023)ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etilmoqda.

Unga ko‘ra, har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar quyidagilarni tashkil etadi👉 Infografikada batafsil ko‘rsatilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi

Soliq qonunchiligiga 2024-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2023-yilga nisbatan 11% foizga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi:
🔹umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,31%.
🔹shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,41%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,55%;
▫️boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,41%.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2024-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha maʼlumotnoma shakllari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan 2024-yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

2024-yil uchun Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bunda, soliq davrida soliq summasi:
▫️ BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_11;
▫️ BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_12.

2024-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar havolada 👉https://soliq.uz/storage/files/January2024/000000008c4470d3018cdd227a03001f.pdf

❗️Eslatma, 2023-yil uchun soliq hisobotini (10601_13) taqdim etish muddatlari:
🔹Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek YTTlar tomonidan — joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay;
🔹Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) — joriy yilning 1-martidan kechiktirmay.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#AOS

2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi o‘zgardi

Qatʼiy belgilangan summada AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 25 mln so‘m;
▫️ jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 34 mln so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona viloyatida soliq tushumlari 4,7 trln so‘mni tashkil qildi

2023-yilda Farg‘ona viloyati bo‘yicha soliq organlari tomonidan davlat budjetiga 4 trln 740 mlrd so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu 2022-yilga nisbatan (420 mlrd so‘m) 10% ko‘p.

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq xizmati xodimlarining har bir mahallaga biriktirilishi hamda “mahalla yettiligi” sifatida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilishi jismoniy shaxslar tomonidan yer va mol-mulk soliqlarining o‘z vaqtida to‘lanishi, shu bilan birga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasi kengayishiga ijobiy ta’sir etmoqda.

©️Farg‘ona TV

#mahallabay #reportaj

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-yanvar

dekabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi Farg‘onada 97 foizga yetdi

2023-yilda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ni tashkil etdi.

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahri, Buxoro va Toshkent viloyatlariga tegishli – 98%;

📍Navoiy, Samarqand, Jizzax, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Fargʻona va Xorazm viloyatlari – 97%;

📍Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Sirdaryo viloyatlari – 96%.

#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️1% keshbek olishda chegaraviy miqdor oʻrnatildi, QQS qaytariladigan mahsulotlar 4 taga ko‘paydi


Prezident qarori (PQ-13-son, 10.01.2024 y.) bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔰 Shunga ko‘ra, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda QQS summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

▪️un;
▪️shakar;
▪️dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshirilishi belgilandi.

✔️ Shuningdek, “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

📝 Jismoniy shaxslar tomonidan bir oy davomida sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining BHMning 60 baravaridan oshmagan qismidan 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytarilishi belgilandi.

Ilgari ma’lum bir qiymat belgilanmagan edi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar mohiyati tadbirkorlarga yetkazilmoqda

📍Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasida 2024-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar va ularning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda shahar hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va inspeksiya xodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda so‘zga chiqqanlar qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar, xususan, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirilganligi, foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlari to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd so‘m etib belgilanganligi, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish, QQS zanjirining uzluksizligini ta’minlash borasida kiritilgan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq xizmati xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Ayni kunlarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish oyligi o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari ham shahardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan to‘liq chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tadbir davomida soliq xizmati xodimlari 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kasallik aniqlanganda xodimlarga davolanishi uchun barcha zaruriy shart-sharoit yaratib berilishi tushuntirildi. Shuningdek, xodimlar sog‘lom turmush tarzi, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha shifokorlar maslahatlarini oldilar.

Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt