Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.74K photos
525 videos
42 files
2.44K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Jismoniy shaxslar qanday qilib ortiqcha to‘lagan soliqlarini qaytarib olishi yoki boshqa soliq turiga o‘tkazishi mumkin?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 23-oktabr

🔹jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 milliard soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 2-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim soliq hisobotlari Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan:

🔹Soliq toʻlovchilarning tanloviga koʻra QQS, AOS, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha soliq hisobotlarini Soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibi joriy etiladi.
Bunda soliq toʻlovchi yoki uning vakolatli vakili soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotining toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlaydi yoki hisobotni qayta ishlab, soliq organlariga taqdim etadi.

Eslatma!
2022-yilda Xorazm viloyatida mazkur amaliyot boʻyicha eksperiment oʻtkazilgan edi.

🔹Sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarga tuzatish kiritish muddati keyingi soliq hisobotlarini topshirish davriga qadar uzaytiriladi (20.10.2023 y.)

bunga qadar tuzatuvchi kassa cheki tafovut aniqlangan oydan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay shakllantirilardi.

Mazkur qaror bilan 20.11.2020-yildagi VMQ-736-son qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, “Soliq toʻlovchining tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizom tasdiqlandi.

👉 VMQ-548 18.10.2023

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Vositachi va marketpleyslarning onlayn-NKT cheklari haqidagi maʼlumotlarni my3.soliq.uz shaxsiy kabinetida qanday koʻrish mumkin?

👉 YouTubeda ko‘rish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening
🗓 24-oktabr kuni
“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится
🗓 24 октября на тему
«Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida Quva tumanida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Elektron hisobvaraq-fakturalar, ularda MXIKlarni aks ettirish va QQS hisobotini shakllantirish”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/N9S9E_li4MQ?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Электронные счета-фактуры, отражение в них ИКПУ и формирование отчетности по НДС».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://youtube.com/live/N9S9E_li4MQ?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish uchun qanday holatlar asos bo‘lishi mumkin?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lash – har birimizning fuqarolik burchimiz

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida “Soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va mahalliy soliqlarning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Farg‘ona soliq texnikumi talabalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir boshqarma rahbariyat tomonidan ochib berildi hamda 2023-yil davomida soliq tizimida amalga oshirilgan islohotlar va amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, jismoniy shaxslar yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lab borishlari ahamiyati, mahalliy budjetni shakllantirishdagi o‘rni haqida ham batafsil axborot berildi.

Tadbir jarayonida ishtirokchidar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan zarur tushuntirishlar oldilar.

#matbuot_anjumani

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onadagi soliq to‘lovchilarga 405,9 mlrd so‘m QQS qaytarildi

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan 512 ta tashkilotga 405,9 mlrd so‘m QQS qoplab berilgan. Shundan 155,5 mlrd so‘mi 123 ta eksportchi tashkilotga qaytarilgan.

Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:
🔸Ishlab chiqarish - 210,5 mlrd so‘m;
🔸Savdo - 82,4 mlrd so‘m;
🔸Xizmat ko'rsatish - 36,4 mlrd so‘m;

👉QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

#QQS

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

To‘lov topshiriqnomalarini elektron ravishda ijrosiz chaqirtirib olish

♻️Toʻlov topshiriqnomasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasidan ortiqcha shakllangan boʻlsa uni masofadan ijrosiz chaqirtirib olish imkoniyati bor.

📌Buning uchun my.soliq.uz saytidan “Yuridik shaxslarning soliqlarini toʻlash” soʻngra “Topshiriqnomalar roʻyxati” tanlanadi. U yerdan chaqirtirib olinishi kerak boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi tanlanadi hamda amallar ustunidan “Qaytarish” soʻngra “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

❗️Hurmatli soliq toʻlovchilar, toʻlov topshiriqnomalarini toʻlov muddatidan avvalroq va bank ish kunida shakllantirish tavsiya etiladi. Bu soliq organlarining inkasso topshiriqnomalari bilan bir vaqtda toʻlov topshiriqnomalari shakllanib qolishining oldini oladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab berilishi belgilangan.

Sentabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari ayni kunlarda tasdiqlanmoqda.

Oktabrda
yig‘ilayotgan keshbek summalari noyabr oyining 25-sanasidan so‘ng to‘lab beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#sorovnoma #korrupsiya

Soliq qoʻmitasi korrupsiya holatlari boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda

Soliq organlari xodimlari o‘rtasida o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari qanchalik tez-tez uchrab turishi va bunga nima sabab bo‘layotganini bilish biz uchun muhim.

Bu korrupsiyani bartaraf etish uchun yana qanday choralar ko'rishimiz kerakligini aniqlashga yordam beradi.

👉 So'rovnomada anonim ishtirok etishingiz mumkin - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=uz
____________
#опрос #коррупция

Налоговый комитет проводит опрос о проявлениях коррупции

Нам важно знать, как часто среди сотрудников налоговых органов встречаются случаи злоупотребления своим служебным положением и что служит этому причиной.

Это поможет определить, какие дальнейшие шаги нам нужно предпринять для искоренения коррупции.

👉Принять участие в опросе можно анонимно - https://soliq.uz/anti-corruption/rating?lang=ru

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi

Soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.

Sayyor soliq tekshiruvi chog‘ida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablag‘lari harakatining tahlili o‘tkaziladi.

Tekshiruv o‘tkazish chog‘ida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari qo‘llanilishini tekshirishga, soliq nazoratining boshqa tadbirlarini o‘tkazishga haqli.

Sayyor soliq tekshiruvi o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi. Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash to‘g‘risidagi buyruqda ko‘rsatilgan sana ushbu tekshiruvni o‘tkazish muddatining boshlanishi, tekshiruv dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.

Telegram I Facebook I
#EHF

Paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddati uzaytirildi

Soliq qo‘mitasi sentabr oyida realizatsiya qilingan paxta xom ashyosi uchun elektron hisobvaraq-faktura rasmiylashtirish muddatini joriy yil 1-noyabrgacha uzaytirilganligini ma’lum qiladi.

Ushbu o‘zgarish, paxta xom ashyosini sotishdagi narxlarni erkinlashtirishdagi vujudga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda istisno tariqasida kiritilmoqda.

Ma’lumot uchun. Tovarlar yuklab jo‘natilgan sanada hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmaslik, shu kabi hisobvaraq-faktura bilan rasmiylashtirilmagan tovarlarni xarid qilish yoxud ushbu hujjatni tovarlar haqiqatda realizatsiya qilingan sanadan keyingi sana bilan rasmiylashtirish Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq soliq bazasini yashirish deb e’tirof etilishiga hamda jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
___________
#ЭСФ

Продлен срок оформления электронных счетов-фактур за хлопковое сырье

Налоговый комитет сообщает о продлении срока оформления электронных счетов-фактур за хлопковое сырье, реализованное в сентябре, до 1 ноября текущего года.

Данное изменение вносится в порядке исключения с учетом возникшей ситуации с либерализацией цен на реализацию хлопкового сырья.

Для информации. Неоформление счета-фактуры в день отгрузки товара, а также приобретение товара, не оформленного по счету-фактуре, либо оформление такого документа датой после даты фактической реализации товара, согласно ст.223 Налогового кодекса считается сокрытием налоговой базы и влечет наложение штрафа.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#savol_javob

2023-yil boshida turar joy🏠 sotib olgandim, ushbu xususiy mulkimni 2023-yil oxirigacha sotishni rejalashtiryapman. Mazkur holatda menga daromad solig‘i hisoblanadimi?

Ha, ushbu vaziyatda turar joyni sotishdan olingan daromad soliqqa tortiladi.

📄Soliq kodeksining 378-moddasiga ko‘ra, soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.

Bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:

❇️noturar joylarni;

❇️o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda❗️ soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni;

❇️qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“META”, “GOOGLE” ва “APPLE” – O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar

©️O'zbekiston24

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening

🗓 31-oktabr kuni

“Onlayn-NKT, fiskal belgili elektron cheklarni shakllantirish, iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek qaytarish va "Soliq hamkor" tizimi” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится

🗓 31 октября

на тему «Онлайн-ККТ, формирование электронных фискальных чеков, возврат потребителям 1% кешбэка и система «Налоговый партнер».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

“Onlayn-NKT, fiskal belgili elektron cheklarni shakllantirish, iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek qaytarish va "Soliq hamkor" tizimi”
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://youtube.com/live/fd5fam0RWRs?feature=share
__________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Начался онлайн семинар-тренинг на тему «Онлайн-ККТ, формирование электронных фискальных чеков, возврат потребителям 1% кешбэка и система «Налоговый партнер».

🌐
Ссылка на семинар 👉https://youtube.com/live/fd5fam0RWRs?feature=share

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads