Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekistonda “tax free” tizimi joriy etiladi

“Chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”
qaror qabul qilindi (653-son 09.11.2022).

Qarorga ko‘ra, 01.01.2023-yildan chet davlat fuqarolariga ular tomonidan Oʻzbekiston hududidagi chakana savdo bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda toʻlangan QQS summasini qaytarish – “tax free” tizimi tajriba tariqasida joriy etiladi.

“Tax free” qaysi mahsulotlarga tatbiq etiladi

“Tax free” respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.

Qancha miqdorda xaridni amalga oshirish lozim

Umumiy qiymati kamida 1 mln so‘m
bo‘lgan “tax free” tizimi tatbiq etiladigan tovarlarni xarid qilish lozim.

Chet el fuqarolari Tax Freedan qanday foydalanishi mumkin

Buning uchun chet davlat fuqarosi “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan o‘tishi va xaridlari boʻyicha taqdim etilgan onlayn-NKT fiskal cheklarini skanerlashi kifoya.

“Tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tizim operatori “Soliq-servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonlarni Soliq mobil ilovasida onlayn vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.

Chet davlat fuqarolari Oʻzbekiston hududini Toshkent, Samarqand, Buxoro, Fargʻona va Urganch xalqaro aeroportlari orqali tark etganda tizim operatoriga murojaat qilgan holda mahsulot xarid qilgan paytdan boshlab 3 oy ichida QQS summasini qaytarishni rasmiylashtirishlari mumkin boʻladi.

To‘langan soliq summalari qachon qaytariladi

“Tax free” summasi
chet davlat fuqarosining respublika hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan soʻng, xarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin qaytariladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oltiariq tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Oltiariq tumani Oqbo‘yra MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga daromad topish maqsadida tikuv mashinasi, motokultivator hamda kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, shuningdek, sog’lig’ida muammosi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor
🎉60 yosh muborak!

Soliq tizimida 32 yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi katta inspektori Murotjon Olimov ayni kunlarda 60 yoshni qarshilamoqda.

Yubiley munosabati bilan M.Olimovga Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev tabriknoma yo‘lladi.

Mazkur tabriknoma xodimlar ishtirokida tug‘ilgan kun sohibiga tantanali topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Murodjon Olimovning uzoq yillar davomida Farg‘ona viloyati DSB va Marg‘ilon shahar DSIda rahbarlik lavozimlaridagi samarali faoliyatini e’tirof etib, ko‘plab shogirdlar tarbiyalaganligini ta’kidladilar hamda ezgu tilaklarini bildirdilar.

Shuningdek, yubileyini nishonlayotgan xodimga Marg‘ilon shahar hokimi tomonidan ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fursatdan foydalanib, viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoasi ham M.Olimovga sihat-salomatlik, xonadoniga fayzu baraka va farzandlari kamolini ko‘rib yurishini tilaydi.

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillar

🟡Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida
soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

💬Xabarnomada qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oltiariq tumanida 1600 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan muammolar o‘rganildi

🗺Amaliyotda uchrayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili doirasida tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Xususan, Oltiariq tumani DSI xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

👨‍💻Xususan, joriy yil yanvar-oktabr oylarida 1614 nafar tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, ko‘maklashish zarur bo‘lgan 1411 ta subyektga 7 ta yo‘nalishda zarur amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Xususan, 185 nafar tadbirkorga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, 171 tasiga E-aktiv va E-ijara avtomatlashtirilgan dasturlardan qanday foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 221 ta holatda soliq turlaridan bo‘lgan ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda amaliy yordam berildi.

🛡Misol uchun, Qopchug‘ay MFY hududida tayyor mahsulotni qayta qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "WINEYARDS VALLEY" MCHJ hamda Yangi hayot MFYda qog‘oz quti mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "SENIFIM" MCHJ vakillari bilan uchrashib, soliq sohasiga taalluqli masalalar yuzasidan zarur ko‘mak ko‘rsatildi.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM