Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.41K photos
597 videos
43 files
2.72K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillar

🟡Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar
tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

💬Xabarnomada qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

🖥Buning uchun my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
▶️“Xizmatlar” oynasidan “Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillar” bo‘limi tanlanadi.
▪️Ushbu bo‘limda “Avtokameral” tizimi orqali soliq turlari kesimida aniqlangan tafovutlar aks etadi.
▪️Soliq turi tanlanadi hamda tafovut mavjud oylar kesimida summalar avtomatik tarzda shakllanadi.

▶️Oy tanlanganda “Avtokameral” tizimida mavjud mezon bo‘yicha tafovut summasi ekranda paydo bo‘ladi.

▶️Maʼlumot tugmasi bosilganda tafovut summasini hisoblash formulasi hamda uning tavsifi aks etadi.

Maʼlumot uchun: Maʼlumotlar har kuni bir marta avtomat tarzda yangilanadi. Mazkur xizmatdan foydalanib soliq hisobotidagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarga tuzatish kiritish va soliq organiga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish mumkin.

#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Tekshiruvdan oldingi tahlil qachon o‘tkaziladi?

Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin.

🔎 Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz amalga oshiriladi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

🗓Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

🖥Buning uchun my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
▶️“Xizmatlar” oynasidan “Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillar” bo‘limi tanlanadi.
▪️Ushbu bo‘limda “Avtokameral” tizimi orqali soliq turlari kesimida aniqlangan tafovutlar aks etadi.
▪️Soliq turi tanlanadi hamda tafovut mavjud oylar kesimida summalar avtomatik tarzda shakllanadi.

▶️Oy tanlanganda “Avtokameral” tizimida mavjud mezon bo‘yicha tafovut summasi ekranda paydo bo‘ladi.

▶️Maʼlumot tugmasi bosilganda tafovut summasini hisoblash formulasi hamda uning tavsifi aks etadi.

Maʼlumot uchun: Maʼlumotlar har kuni bir marta avtomat tarzda yangilanadi. Mazkur xizmatdan foydalanib soliq hisobotidagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarga tuzatish kiritish va soliq organiga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish mumkin.

#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

“Avtokameral" tizimidan xabarnoma olgan taqdirda nima qilish kerak?

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining buyrugʻi va soliq toʻlovchining ishtirokisiz “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali oʻtkaziladi.

Agar tekshiruvdan oldingi tahlil asosida soliq toʻlovchilar faoliyatida tafovutlar yoki xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.

Joriy yilning 10-11-iyun kunlari soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga shunday xabarnomalar yuborildi.

Soliq toʻlovchi xabarnomani olgan kundan boshlab 10 kun ichida soliq organlariga shaxsiy kabineti orqali aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

‼️Agar hisoblash formulasida noaniqlik va tushunmovchiliklar yuzaga kelsa:
📞 Sizga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qiling;
☎️my3.soliq.uz saytida eslatma oynasida ko‘rsatilgan raqamlar bilan bogʻlaning;
🧑🏻‍💻 yoki qayta aloqa tizimi orqali xabar qoldiring.


Misol uchun, bugungi kunda QQS boʻyicha 01007-mezon yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Ushbu mezonning asosiy mohiyati foyda soligʻi hisobotining 1-ilovasi 220-satrida koʻrsatilgan boshqa daromadlarni QQS hisobotida aks ettirmasligini aniqlashdan iborat.

Soliq toʻlovchilar EHF yoki onlayn-NKT cheklarini rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan tovar va xizmatlar realizatsiya qilish aylanmalariga ham ushbu hujjatlarni tuzmasdan, foyda soligʻi hisobotida boshqa daromadlar sifatida aks ettirib, QQS toʻlanmaslik holatlari kuzatilmoqda. Mazkur holatlar qayd etilgan mezon asosida tahlil qilinadi.

Maʼlumot uchun: Tekshiruvdan oldingi tahlil tizimida foydalaniladigan barcha formulalar my3.soliq.uz saytida joylashtirilgan:
👉https://my3.soliq.uz/services/shared-services/autocameral-formula
______
#предпроверочный_анализ

Что делать, если получили уведомление по "Автокамералу"?

Предпроверочный анализ проводится через автоматизированную систему "Автокамерал" без приказа руководителя налогового органа и без участия налогоплательщика.

Если в результате предпроверочного анализа в деятельности налогоплательщиков выявляются расхождения и (или) ошибки, через персональный кабинет направляются уведомления о необходимости внести соответствующие изменения в налоговую отчетность.

10-11 июня текущего года налоговыми органами были направлены такие уведомления налогоплательщикам.

В течение 10 дней с момента получения уведомления налогоплательщику нужно через персональный кабинет представить уточненную налоговую отчетность или обоснование выявленных расхождений.

‼️Если у вас возникают вопросы или неясности в формулах расчета:
📞обратитесь к закрепленному за вами налоговому инспектору;
☎️ или свяжитесь по номерам, указанным в окошке с напоминанием на my3.soliq.uz;
🧑🏻‍💻либо оставьте сообщение через систему обратной связи.


К примеру, в настоящее время поступают вопросы о критерии №01007 по НДС. Суть этого критерия заключается в выявлении того, что прочие доходы, указанные в строке 220 приложения 1 отчётности по налогу на прибыль, не отражены в отчётности по НДС.

Наблюдаются случаи, когда при реализации товаров и услуг, по которым подлежат оформлению ЭСФ либо чеки онлайн-ККТ, налогоплательщики не оформляют соответствующие документы, а отражают это в отчётности по налогу на прибыль как прочие доходы, что приводит к неуплате НДС. Указанные случаи подлежат анализу в рамках критерия, предусмотренного системой предпроверочного анализа.

К сведению. Все формулы, используемые в системе предпроверочного анализа, размещены на my3.soliq.uz:
👉 https://my3.soliq.uz/services/shared-services/autocameral-formula

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads