Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.45K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистон – янги одимлар
#soliq_taqvimi

Eslatma❗️2021-yil 20-sentabr

avgust oyi uchun:

QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

agar avgust oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari).

sentabr oyi uchun:

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 1-qismi);

soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 1-qismi).
#soliq_imtiyozi #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉👉👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.
#ер_солиғи_ставкалари #15_октябрь

2021 йилда жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ставкалари (Фарғона шаҳри учун)

⚡️Солиқ тўловчилар ўз ҳудудидаги қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ерлар учун белгиланган солиқ ставкаларини soliq.uz сайтидан осон аниқлаши мумкин.

☝️15 октябрь – жисмоний шахслар учун мол-мулк ва ер солиқлари тўлашнинг сўнгги куни.

🔹Жисмоний шахслар ушбу солиқларни Soliq, Payme, Click ва бошқа мобил иловалар орқали ҳам тўлашлари мумкин.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

E-ijara – ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha yangi interaktiv xizmat yaratildi

📝Davlat soliq qo‘mitasi
ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturini ishga tushirdi.

📌2022-yilning 1-yanvaridan
amaliyotga to‘liq joriy qilish rejalashtirilayotgan ushbu xizmat ijara.soliq.uz manzilida sinovdan o‘tkazilmoqda.

📣Bu jarayonda jismoniy va yuridik shaxslar joriy yilning 1 dekabriga qadar ixtiyoriy ravishda ishtirok etib, taklif va mulohazalarini DSQ Call-markazi – 1198, ishonch telefoni – 71-244-98-98, @DSQ_Pressa telegram akkaunti hamda my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali yo‘llashi mumkin.

Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.
Hurmatli soliq to‘lovchilar!

⚙️Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 23-sentabr kuni soat 19:00dan 23:00gacha Davlat soliq qo‘mitasi Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshirilishini ma'lum qilamiz.

🛠Profilaktika ishlari davomida my.soliq.uz portalidagi ayrim elektron soliq xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__________________

Уважаемые налогоплательщики!

⚙️
В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам 23 сентября с 19:00 до 23:00 часов в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала my.soliq.uz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Intizomli soliq to‘lovchilarga QQS summasi 7 kunda qaytariladi

📜Vazirlar Mahkamising “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yana-da takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi (595-son 22.09.2021 y.).

Mazkur qaror bilan intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarishni tezlashtirilgan tartibda amalga oshirilishi belgilanmoqda.

📌Soliq to‘lovchilarni QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibiga ko‘ra soliq organlari tomonidan ularning faoliyati 7 kunlik muddatda avtomatlashtirilgan tizim orqali tahlildan o‘tkazilishi va soliq xavfining past, o‘rta hamda yuqori darajalariga ajratilishi nazarda tutilgan.

🟢 soliq xavfi past darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hech qanday soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilmaydi;

🟡 soliq xavfi o‘rta darajada bo‘lgan soliq to‘lovchilar keyingi keladigan o‘n ikki oy ichida soliq nazoratining tekshiruv tadbirlarini o‘tkazish sharti bilan maxsus ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

🔴 soliq xavfining yuqori darajasiga tushgan soliq to‘lovchilarning arizasi rad qilinishi yoki mavjud QQS guvohnomalari ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar avtomatik ravishda vaqtincha to‘xtatilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, QQS summasini hisobga olish huquqi soliq to‘lovchilarda hamda ularning kontragentlarida faol QQS guvohnomasining mavjudligi bilan belgilanmoqda.

❗️2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:

🔹asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;

🔹xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.

2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlardan asosiy maqsad, intizomli soliq to‘lovchilarni turli soliqdan qochish sxemalaridan foydalanayotgan ayrim tadbirkorlik subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga kirish xavfidan saqlashdir.

Soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish maqsadida ularning shaxsiy kabinetida “Mening holatimni tekshirish” imkoniyati yaratildi. Bu orqali ushbu tartib kuchga kirgunga qadar soliq xavfining yuqori darajasiga tushishi hamda mavjud guvohnomani vaqtincha to‘xtatilishiga sabab bo‘ladigan kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatma: ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 oydan so‘ng kuchga kiradi
#e_ijara

E-ijara dasturi sinovdan o‘tkazilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yana-da takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
(595-son 22.09.2021 y.)

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturini sinovdan o‘tkazmoqda.

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar ijara.soliq.uz manzili orqali ushbu sinovda ishtirok etib, taklif va mulohazalarini:
📞DSQ Call-markazi – 1198;
☎️ishonch telefoni – 71-244-98-98;
📟telegram messenjeridagi “Tadbirkor va Soliqchi” guruhi;
💻my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali yo‘llashi mumkin.

Dastur sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Farg‘ona shahridagi mingdan ortiq tadbirkor YaTTga berilgan soliq imtiyozidan foydalanadi

📝Xabaringiz bor, “Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bir qancha imtiyozlar berildi.

❇️Xususan, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan YaTT tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati bekor qilindi.

❇️Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toshkent shahri bundan mustasno) faoliyat yurituvchi YaTTga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytirilgan holda BHMning 50 foizi miqdorida belgilandi.

Ta’kidlash joiz, mazkur soliq imtiyozi qat’iy belgilangan daromad solig‘i to‘lovchi bo‘lgan yoki yillik tovar aylanmasi 100 mln. so‘mdan ortgan Farg‘ona shahrida faoliyat yurituvchi 1 100 dan ortiq YaTTga nisbatan tatbiq etiladi. Natijada, soliq imtiyozi davrida ushbu tadbirkorlar ixtiyorida qariyb 1,8 mlrd. so‘m mablag‘ qolishi kutilmoqda.
#savol_javob #yer_soligi #15_oktabr
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

🟣Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.
#vakansiya #fergana #soliq

Farg‘ona viloyati soliq idoralaridagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyat filiali bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi:

Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasi soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i;

Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i;

Buvayda tuman davlat soliq inspeksiyasi tashkiliy ishlarni nazorat qilish va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi davlat soliq bosh inspektori;

Uchko‘prik tuman davlat soliq inspeksiyasi jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori;

Uchko‘prik tuman davlat soliq inspeksiyasi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorida ishlarni tashkil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori (1-sektorga ma’sul);

Uchko‘prik tuman davlat soliq inspeksiyasi sayyor soliq tekshiruvlari sho‘basi katta inspektori.

▶️ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Hujjatlar 2021 yil 24 sentyabrdan 3 oktyabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mol-mulk va yer soliqlarini to'lash muddatlari va ahamiyati haqida jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazildi.

🗣Hurmatli fuqarolar!
Mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrdan kechiktirmay to‘lashni unutmang❗️

Siz to‘lagan soliqlar aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash hamda yurtimiz farovonligiga xizmat qiladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

#15_oktabr #yer #mol_mulk #soliq #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Murojaatlar 24 soat davomida qabul qilinmoqda

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jarayoni bevosita jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning ijobiy yechimi bilan chambarchas bog‘liq.

Shu bois, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sohaga oid bildirilgan murojaatlar 24 soat davomida uzluksiz ravishda qabul qilinib, ularda ko‘tarilgan masalalar aniq, qonuniy va tezkorlik bilan hal etilmoqda.

Joriy yilning 8 oyi davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq idoralariga kelib tushgan murojaatlar soni 19 483 tani tashkil etmoqda. Ulardan 10 392 tasiga huquqiy maslahat berish orqali zarur tushuntirish berilgan bo’lsa, 8 150 ta murojaat bo‘yicha aniq choralar ko‘rilgan.

Maʼlumot uchun, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari davlat soliq xizmati organlarining Call-markazi – 1198, ishonch telefoni – 73-241-70-61 orqali qabul qilinmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yutuqli_oyinlar #9_tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi mezboni Surxondaryo!

Yutuqli chek o‘yinlarining IX tiraji 30-sentabr kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin soat 17:30dan boshlab "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Diqqat ❗️IX tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 29-sentabr kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

🧾30-sentabr 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar X tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark sizlarni kutmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat soliq qo'mitasi Raisi maxsus shtabi tashabbusiga ko‘ra, Farg‘ona tumani Qorayantoq MFYdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi qayta ta’mirlanmoqda.

©️Sevimli TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Inspeksiyalarda “ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda

Soliq to‘lovchilar bilan ishlash jarayonidagi shaffoflik, davlat soliq xizmati organlari xodimlari oldiga qo‘yilgan vazifalar, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish maqsadida Oltiariq, Quva, Qo‘shtepa, Rishton va So‘x tumanlari davlat soliq inspeksiyalarida “ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarga soliq tizimida mehnat qilayotgan xodimlarning farzandlari, maktab, texnikum va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari jalb etildilar.

Inspeksiyalarga tashrif buyurgan mehmonlarga soliq organlarida xizmat qilishning naqadar sharafli ekanligi, soliq tushumlarining davlatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni eslatib o‘tildi.

Bundan tashqari, sohadagi bo‘limlar faoliyati, soliq tizimida ishlatilayotgan turli dasturlar, inspektorlarga yuklatilgan vazifalar yuzasidan zarur axborotlar, tushuntirishlar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt