Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Mustaqillik bayrami shukuhi viloyat soliq boshqarmasida

Ayni kunlarda mustaqilligimizning 32 yilligi “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori asosida mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan tadbirlardan biri Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda boshqarma boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov so‘zga chiqib, Vatan mustaqilligi naqadar buyuk ne’mat ekanligi, nafaqat hududiy, balki iqtisodiy jihatdan ham erkinlikni anglatishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda Davlat rahbari tashabbusi bilan soliq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, soliq xizmati xodimlari mamlakat iqtisodiy barqarorligi uchun sidqidildan mehnat qilishlari lozimligini eslatib o‘tdi.

Tadbirda soliq xizmati organlaridagi samarali mehnat faoliyati uchun bir guruh xodimlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Aziz hamyurtlar, qadrli vatandoshlar!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Ta’kidlash joiz, oxirgi yetti yil davomida Prezidentimiz boshchiligida Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichida barcha yo‘nalishlarda keng qamrovli islohotlar boshlanib, izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tadbirkorlarga soliq yukini ko‘paytirish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fursatdan foydalanib, ko‘p millatli xalqimizni Mustaqilligimizning o‘ttiz ikki yillik shodiyonasi bilan Farg‘ona viloyati soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan muborakbod etaman.

Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hurmat bilan,
Maqsudxon MAMATXANOV,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i
Furqat tumanida 63 nafar o‘quvchiga bepul o‘quv qurollari topshirildi

Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar, nuroniylar, ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan, imkoniyati cheklangan fuqarolar bayram munosabati bilan yo‘qlanmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor tashabbusi bilan Furqat tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va “daftar”larga kiritilgan oilalarning farzandlari hisoblangan 63 nafar o‘quvchilarga maktab anjomlari, zaruriy o‘quv qurollari hamda kiyim-bosh sotib olish uchun bir martalik yordam pullari topshirildi.

Mas’ullar sovg‘alarni o‘z egalariga yetkazib, bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, yangi o‘quv yilida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

#4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
“Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida 4-sektor rahbari ishtirok etdi

Bugun respublikamiz bo‘ylab barcha maktablarda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari jarang sochdi.

Marg‘ilon shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ishtirok etib, o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 32 yilligi hamda an’anaviy tarzda yangi o‘quv yili boshlanganligi bilan tabrikladi.

Shuningdek, davlatimiz mustaqilligining ahamiyati hamda Prezidentimiz boshchiligida ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, o‘quvchilarga yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari, shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilariga badiiy kitoblar topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Talabalar uchun soliq imtiyozlari

❗️Quyidagilarga soliq solinmaydi:

🔹Talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekistonning professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘larga ("kontrakt" uchun to‘lov soliqdan ozod etilgan).
📄Soliq kodeksi 369-modda 12-band
👉Imtiyozdan qanday foydalaniladi?

🔹Soliq to‘lovchilarning uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga (ijaraga beruvchi soliq to‘lamaydi);
📄Soliq kodeksi 378-modda 19.1-band
👉Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

🔹Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari;
📄Soliq kodeksi 369-modda 9-band

#imtiyoz

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👩‍🎓"Kontrakt"dan 12% daromad solig‘ini qaytarib olish to‘liq masofadan

📚Ko‘p hujjatlar kerak emas, shartnoma va to‘lov kvitansiyalari bo‘lsa yetarli.

📽Videorolikda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda subsidiya asosida ajratilgan ipoteka kreditlari uchun to‘langan mablag‘lardan daromad solig‘ini qaytarib olish ham ko‘rsatib o‘tilgan.

👉Youtubeda ko‘rish

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt