Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

“Tax gap” va QQS guvohnomasini to‘xtatib qo‘yish amaliyotlari bekor qilindi

📃“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

📌Hujjatga asosan:

👉 QQS salbiy summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsientini qo‘llash amaliyoti taqiqlanadi;

👉 QQS bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi (amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lgan holatlar bundan mustasno);

👉 foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mga oshiriladi.

👉 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi;
soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.

👉 Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilar taqiqlandi
(QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish)da o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari bundan mustasno):

soliq to‘lovchining hududiga kirish;
soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini 6 oy davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi joriy etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #mobil_ilova

“Soliq” mobil ilovasining faol foydalanuvchilari soni 4 mln nafardan oshdi

Joriy yilning 30-avgust holatiga “Soliq” mobil ilovasida 4,5 mln nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgan, bu bir oy avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 161,4 ming nafar ko‘p.

🤳🏻Faol
foydalanuvchilar – 4,1 mln nafar

🏆Mobil ilova:
🔹Eng ko‘p yuklangan ilovalarda – TOP-10;
🔹“Moliyaviy xizmatlar” toifasi eng ommabop ilovalarida – TOP-5.

🎗Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
O‘zini o‘zi band qilish
Soliqlarni to'lash
Soliq hamkor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etuvchi tadbirkorlarga berilayotgan soliq imtiyozlari samarasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#JShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha videoqo‘llanma

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda oyiga MHTEKMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblanganda, daromad solig‘i ish beruvchiga qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50% ga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi.

👉Youtube orqali ko‘rish

👉“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi qanday soliq imtiyozlarini taqdim etadi?

👉 Paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga ishchilari uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi?

👉 Issiqxona maydoni 25 sotixdan koʻp boʻlgan tadbirkorlar xodimlari uchun to‘langan JShODSni qaytarib olishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #raqam_almashtirish

Soliq mobil ilovasida ma’lumotlarni saqlagan holda telefon raqamini almashtirish mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Qo‘shtepa tumanidagi chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Agar tadbirkor faoliyatiga soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy aralashish yoki ta'magirlik holatlari kuzatilsa, ijtimoiy tarmoqlar yoki "ishonch telefoni" orqali xabar berish mumkinligi tadbirkorlarga batafsil tushuntirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Harbiy vatanparvarlik” festivali doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Unda yoshlar tomonidan deklaratsiya, o‘zini o‘zi band qilish, yoshlarga berilayotgan soliq imtiyozlari, kredit ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Festival doirasida milliy sport o‘yinlari, shaxmat, rassomchilik, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, kitob savdosi yarmarkalari tashkil etildi.

#4_sektor #yoshlar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt