Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Prezident Farmoniga asosan viloyatimiz shahar va tumanlari 5 ta toifaga ajratilgan.

5-toifaga kiritilgan Yozyovon tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan subyektlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida qator soliq imtiyozlari berilgan.

Mazkur imtiyozlar natijasida tuman hududida faoliyat olib borayotgan 1084 ta tadbirkorlik subyekti 2023-yil dastlabki 6 oyi davomida 8,8 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘larni soliqlardan tejab qolgan.

Mazkur imtiyozlar mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida soliq xizmati organlari tomonidan hududdagi tadbirkorlar bilan muloqotlar, faoliyat joyiga borgan holda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.

☝️ Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Soliq organlari
:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

👉 Batafsil

🖊 Qonun – 26-avgustdan kuchga kirdi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

Eslatib o‘tamiz❗️

2023-yil 17-avgustdan 31-avgustgacha
(31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoniyati berilgan.

👉 Batafsil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Berilayotgan soliq imtiyozlari natijasida bir korxonada 200 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratiladi

Xabaringiz bor, “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturida ishtirok etuvchi tadbirkorlarga qator soliq imtiyozlari va preferensiyalari berilmoqda.

Mazkur imtiyozlarni soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyat manziliga borgan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi muloqot Toshloq tumanida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi "AGRO IMPEX VALLEY MARKETING" MChJda o‘tkazildi.

Uchrashuv jarayonida dasturga asosan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlari va preferensiyalari, ulardan foydalanish tartiblari batafsil tushuntirildi.

Ayni paytda 55 nafar ishchining bandligi ta’minlangan ushbu korxonada dasturga asosan berilayotgan yengilliklar sabab yangi loyihalar ishga tushurilishi hamda 200 ga yaqin ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iyul oyi uchun to‘langan keshbek summasi 102,6 mlrd so‘mga yetdi

🔹25-avgustda 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga 86,4 mlrd so‘m;
🔹28-avgustda 1,7 mlndan ortiq iste'molchiga yana 16,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

💳Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 13 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lab beriladi.

♻️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

Agar mol-mulk ijarasi bo‘yicha shartnoma qarindoshlar o‘rtasida tuzilsa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JShODS) to‘lash zarurmi?

Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar mulkiy daromadlar jumlasiga kiradi.

Agar ijaraga oluvchi - jismoniy shaxs bo‘lsa, ushbu daromadlarga daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida JShODS solinadi (Soliq kodeksi, 393-modda).

Sodda qilib aytganda haq evaziga mol-mulk ijaraga berilsa, ijaraga beruvchi tomonidan JShODS to‘lanadi.

❗️
Soliq kodeksida yaqin qarindoshga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha imtiyozlar mavjud emas.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onalik iste'molchilar iyul oyida 6,1 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yilning iyul oyida (28-avgust holatiga) respublik bo‘yicha iste’molchilarga 27,2 mln chek uchun 102,6 mlrd so‘m keshbek to'langan.

Xususan, farg‘onalik iste'molchilar xarid qilingan mahsulotlarni "Soliq" mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 6,1 mlrd so‘m keshbek (2023-yil 7 oy yakuni bo‘yicha esa 42,6 mlrd so‘m) olgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqildi

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, bot test rejimida ishga tushdi, uni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads