FARG'ONA KADASTR
1.82K subscribers
4.9K photos
965 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Qonun #Fazoviy_malumotlar #Kadastr

Қонунда:

🔹 Амалиётда ноаниқликларга олиб келмаслиги учун Фазовий маълумотлар соҳасига доир асосий тушунчаларга изоҳ берилган.

🔹 Фазовий маълумотлар соҳасининг асосий мақсади, уни яратиш принциплари ва маълумотларининг барча манфаатдор фойдаланувчилар учун очиқлиги ва оммавийлиги белгиланган.

🔹 Фазовий маълумотлар соҳасидаги давлат сиёсатининг асосий йўналишлари ва уни амалга оширувчи органлар ҳамда соҳадаги иш турлари, маълумотларни тақдим этиш тартиби ва илмий изланишларнинг асосий йўналишлари белгиланган.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Qonun #Fazoviy_malumotlar

🇺🇿Bugun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 23-iyuldagi O‘RQ–702-sonli “Fazoviy maʼlumotlar to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati bilan Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya boshqarmasi boshlig'i Ixtiyor Ergeshov agentlik xodimlarni tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Qonun

🇺🇿Bugun “YER UCHASTKALARINI AJRATISH VA ULARDAN FOYDALANISH, SHUNINGDEK YERLARNI HISOBGA OLISH VA DAVLAT YER KADASTRINI YURITISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA” O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ–708-sonli Qonunining mazmun-mohiyati bilan Kadastr nazorati bo'lim boshlig'i Nodir Axmedov agentlik xodimlarni tanishtirdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Senat #Qonun #Yer #Kadastr

🇺🇿 Сенатнинг йигирма олтинчи ялпи мажлисида “Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун ҳужжатларига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Қонун муҳокама қилинди.

📌 Қонунда ижтимоий ҳимояга муҳтож айрим аҳоли қатламлари учун бир қатор кафолатлар ҳам белгиланмоқда. Хусусан, ногиронлиги бўлган шахслар ва уларнинг оиласи электрон онлайн-аукционлардан ер участкаларини сотиб олиши билан боғлиқ харажатлари давлат томонидан қоплаб берилади.

📝 Мазкур Қонун билан амалдаги 20 дан зиёд қонун, жумладан 4 та кодексга ўзгартиш ва қўшимчалар киритилмоқда.

Амалиётда учраётган турли тушунмовчиликларга барҳам бериш ва жамият ҳаётида қонунга бўлган эҳтиёжни инобатга олган ҳолда сенаторлар мазкур Қонунни маъқуллади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #qonun

“Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–821-son, 09.03.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🇺🇿 Qonun davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

⭕️Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, shuningdek quyidagi asoslarga ko‘ra ham yuzaga keladi:

🟢shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda;

🟢mol-mulkni yoki mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li bilan ulushni olishda;

🟢sud qarorlari asosida.

Qonunga ko‘ra, ayrim davlat mulklari xususiylashtirilmaydi, jumladan:

➡️O‘zbekiston hududi doirasidagi yer, yer osti boyliklari, suv omborlari, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

➡️moddiy madaniy meros obyektlari, arxiv hujjatlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, shu jumladan xiyobonlar va botanika bog‘lari;

🟢 Davlat mulkini boshqarish subyektlari quyidagilardan iborat:

Vazirlar Mahkamasi;

Agentlik;

maxsus vakolatli davlat organlari;

davlat muassasalari, shu jumladan davlat organlari;

mahalliy davlat hokimiyati organlari.

🏢 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

📝 Davlat mulki reyestrini yuritish Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda va shaklda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

🗒 Agentlik har yili 1 avgustgacha davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan moliya yilidagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni o‘z rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

✔️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#foydali_ma'lumot #Qonun_803

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" Qonuniga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
📃 Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

💠 davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
💠 ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
💠 huquq egasining ulushi;
💠 yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan eri, huquq turi, kadastr qiymati;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 servitutlar;
💠 binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
💠 binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 ipoteka to‘g‘risidagi axborot;

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #qonun

📄"O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" 838-sonli O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni imzolandi.

⚡️"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to'g'risida"gi Qonunga kiritilgan o'zgartirishlar va O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan o'zgartirilgan haqida infografika orqali bilib oling.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев “Ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳамда уларда қурилган бино ва иншоотларга бўлган ҳуқуқларни эътироф этиш тўғрисида”ги қонунни имзолади.

Президент Шавкат Мирзиёев подписал закон «О признании прав на самовольно захваченные земельные участки и построенные на них здания и сооружения».

#Mirziyoyev #qonun #yer #tanolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijrochi vazirlik idoralari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunda belgilangan ustuvor vazifalarni muddatida va sifatli bajarish, shu bilan birgalikda "E'tirof" AAT dasturidan foydalanish tartib-tamoyillari to'g'risida mas'ul vazirlik idoralar xodimlari ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

😎Uchrashuv davomida har bir vazirlik va idoralarning mas’ullariga “E’tirof” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish, ma’lumotlarni va hujjatlarni kiritish, hududlarda mazkur amallarni bajaruvchi xodimlarga moderatorlik (dostup) ruxsatnomalarini shakllantirish bo'yicha tushunchalar berib o'tildi.

#Kadastr_agentligi #Qonun_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM