FARG'ONA KADASTR
1.62K subscribers
6.45K photos
1.1K videos
17 files
3.88K links
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🖍Joriy yilning 30-iyul sanasidan boshlab 🌟Kadastr agentligi taklifiga binoan koreyalik ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan “Sun'iy idrok yordamida o'zgarishlarni aniqlash va yer nazorati” o’quv kursiga start berildi.

📰Mazkur kurs– “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, darslar koreyalik ekspertlar tomonidan olib boriladi.

📄 O‘quv kursidan maqsad – sunʼiy intellekt (AI)ning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish, Aerofotodan foydalangan holda binolarni ajratib olish va yer monitoringi bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish, amaliy ish faoliyatiga mos ravishda ish tartibini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha salohiyatni oshirish hisoblanadi.

Jami 102 soatdan tashkil topgan o’quv kursi 3 bosqichda, Agentlik tarkibiy tuzilmasidagi yer va kadastr nazorati boshqarmasining markaziy va hududiy boshqarmalaridan jalb qilingan xodimlari, IT va GIS mutaxassislari, dron operatorlari va xaritashunoslar ishtirokida amalga oshiriladi.


👀Ko‘nikmalar kelgusida noqonuniy qurilmalarni monitoring qilish jarayoniga sun’iy idrokni joriy qilish, yer nazorati sohasida zamonaviy texnologiya va instrumentlardan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ish jarayonlarini optimizatsiya qilishdagi tashabbusli qadamlardan biri hisoblanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 Farg‘ona viloyatida xatlov natijalari

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar samarasi bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

📝 Mazkur ko‘rsatkichlar — fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va huquqiy jihatdan rasmiylashtirish yo‘lidagi tizimli ishlar izchil davom etayotganidan dalolat beradi.


🗓 Ma’lumotlar 2025-yil 30-iyul holatiga tayyorlangan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ RASMIY MUNOSABAT

⚡️ Internet tarmoqlarida “Qo‘qondagi “sun’iy bozorlar” va mahalliy tortishuvlar: bu faqat bir shahar muammosimi?” mavzusida video tarqaldi.

⭐️ Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:

✍️ O‘rganishlar davomida ma’lum Qo‘qon shahar, “Sunbula” Baytqo‘rg‘on ko‘chasi hududida fuqaro M.X. tomonidan yengil tipdagi savdo do‘konlari qurilishi amalga oshirilayotganligi ma’lum bo‘ldi. Mazkur qurilish ishlarini amalga oshirish jarayonida, Baytqo‘rg‘on ko‘chasi hududida yoyma savdo bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar o‘rtasida nizo kelgan.

✍️ Shuningdek, qurilish rejalashtirilgan yer maydoni 110 kVli yuqori kuchlanishli havo liniyasi muhofaza hududida joylashganligi, hamda bu yerda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli nazorat organlaridan texnik xulosa olinmaganligi aniqlandi.

✍️ Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, fuqaro M.X. tomonidan Baytqo‘rg‘on ko‘chasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari 110 kVli havo liniyasi bo‘yicha mas’ul idoralardan zarur texnik xulosa olinguniga qadar to‘xtatildi.

❗️ Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, yer uchastkalari chegarasiga oid nizolar fuqarolar o‘rtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlar bo‘lib, bunday holatlar sud tartibida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 “E’TIROF” AATNING KUNLIK HISOBOTI

Jami muhokamadagilar soni - 166 401 ta;
😄 Jamoatchilikka e'lon qilinganlar soni - 18 347 ta;
Ko‘rib chiqilayotganlar soni - 3 838 ta;
🫥 Jarayondagi yerlar soni - 12 722 ta;
✔️ E'tirof etilganlar soni - 2 916 ta.

ℹ️ etirof.kadastr.uz saytiga kirib dasturdagi barcha jarayonlar bilan tanishishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #etirof #937qonun_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Yer fondi toifalari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yer resurslarining holati bo'yicha Milliy hisobotni yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 578-qarorida Respublikamizdagi yer fondi toifalari, yer hisobini yuritish tartibi tasdiqlangan.

🌱 Mazkur videoinfografika orqali O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yer fondi toifasi va uning kichik toifalari haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #yer_fondi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿  🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 Farg‘ona viloyatida xatlov natijalari

🇺🇿O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan bosqichma-bosqich ishlar samarasi bilan quyidagi infografika orqali tanishishingiz mumkin.

📝 Mazkur ko‘rsatkichlar — fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va huquqiy jihatdan rasmiylashtirish yo‘lidagi tizimli ishlar izchil davom etayotganidan dalolat beradi.


🗓 Ma’lumotlar 2025-yil 31-iyul holatiga tayyorlangan.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

📍 FARG'ONADA YER VA KADASTR NAZORATI

⭐️ Kadastr agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan Rishton va Buvayda tumanlarida o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

⭕️ Uchko'prik tumani "Sariqqo'rg'on" MFY hududida yashovchi fuqaro Rishton tumani "Dilnozaxon Abdurashid qizi" bog'dorchilik fermer xo'jaligining 31 kv.metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgani aniqlangan.

⭕️ Rishton tumanidagi yana bir holatda davlat zaxirasida bo'lgan jami 1,29 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish ishlari boshlanayotgani aniqlangan.

⭕️ Ushbu holatlar yuzasidan qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, qurilgan noqonuniy inshootlar buzilib, yer qonunbuzilish holatlari bartaraf etildi.

⭕️ Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 01-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar ko'rib chiqiladi.


⭐️ Kadastr agentligi tizimida yer ustidan nazorat ishlari kuchaytirilgan. Yurtimizning barcha hududlarida noqonuniy yer egallash va qurilish holatlarini aniqlash hamda bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

❗️Ogohlikka chaqiramiz! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash yoki ruxsatsiz qurilish ishlari olib borish — ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌐 Xatlov natijalarini “E’tirof” AATda kuzatib boring!

➡️ Ushbu dastur orqali tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan mahallalar, e’longa chiqarilgan har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalar bilan onlayn tanishish imkoniyati mavjud.

Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi hamda u asosida Nizom tasdiqlandi.

📖 Nizom bilan, ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibi belgilanadi.

🚪 Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

⬆️ 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

⬆️ 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

⬆️ 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

🕔 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида космик маълумотлардан фойдаланиш ва рақамлаштириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам цифровизации и расширения применения космических данных в сфере сельского хозяйства.

#Mirziyoyev #yigilish #kosmos #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⭕️ RASMIY MUNOSABAT

⚡️ Internet tarmoqlarida Qo'qon shahridagi "Rayhon" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylar yaqinidagi yer maydonlari noqonuniy ravishda egallanib, qurilish ishlari olib borilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

⭕️Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 340-sonli qaroriga asosan, ko‘p qavatli uylarga tutash va ularga yaqin hududlardagi yer maydonlari ustidan nazorat qilish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga o'tkazilgan.

⭕️ Shuni alohida ta’kidlash lozimki, amaldagi qonunchilikka muvofiq, ko‘p qavatli uylarga tutash yoki muhofaza hududidagi yer maydonlarini nazorat qilish kadastr idoralari vakolatiga kirmaydi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📍 FARG'ONA VILOYATI KADASTRI

⭐️ Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Mashrapov Nodirjon Ruziboevich

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i: Mirzaxmedov Ravshan Valijonovich

📍 Manzil: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Bobur ko‘chasi 4-uy

📞 Telefon: +998732497077

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
🎬YouTube | 🚀Telegram | 📷Instagram| 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM