Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#foydali_ma'lumot #Qonun_803
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrdagi "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida" Qonuniga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishini, boshqa shaxsga o‘tishini, cheklanishini va bekor qilinishini nazarda tutuvchi hujjatlar ushbu ko‘chmas mulk haqidagi ma’lumotlar davlat reyestriga kiritilganidan keyin kuchga kiradi.
📃 Davlat reyestriga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
💠 davlat reyestridagi yozuvning tartib raqami;
💠 ko‘chmas mulkka doir huquqlar tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda shaxsiy identifikatsiya raqami;
💠 huquq egasining ulushi;
💠 yer uchastkasining kadastr raqami, maydoni, joylashgan eri, huquq turi, kadastr qiymati;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi;
💠 yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 servitutlar;
💠 binolarning, inshootlarning, ko‘p yillik dov-daraxtlar turlarining va sonining ro‘yxati;
💠 binoning, inshootning kadastr raqami, maydoni, huquq turi va kadastr qiymati;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
💠 binolarga, inshootlarga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi;
💠 ipoteka to‘g‘risidagi axborot;
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM