FARG'ONA KADASTR
1.81K subscribers
4.91K photos
966 videos
17 files
3.11K links
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#vazirlar_mahkamasi #qaror #kadastr #yer

🇺🇿 Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 22 июндаги “Давлат кадастрларини юритиш соҳасини тартибга солувчи айрим норматив-ҳуқукий ҳужжатларни тасдиқлаш тўғрисида”ги 389-сон қарори асосида эришиладиган натижалар:

💻 Давлат кадастри маълумотларини ахборот тизимлари орқали алмашиш йўлга қўйилади;

📑➡️💻 Ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишда ортиқча қоғозбозлик йўқолади;

Давлат кадастри маълумотларидан очиқ ва шаффоф фойдаланиш имконияти яратилади;

👨‍💼 Кадастр йиғмажилдларини тайёрлаш жараёнига хусусий сектор жалб қилинади.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#qaror #vmq_709 #kadastr

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabr kunidagi "QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANGAN YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBIGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA"gi 709-son qarori Infografikada.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#qaror #prezident #kadastr

🇺🇿 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

➡️2023-yil 1-yanvardan boshlab:

➡️ Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

➡️ Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi;

➡️ Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #qaror #pq_192

🌍 Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanayotganlarga sog'likni 3 karra oshirib to‘latish to‘xtatiladi

🇺🇿 Prezident qaroriga (PQ–192-son, 14.06.2023 y.) asosan 2023-yil 1-iyun holatiga quyidagilar hisobdan chiqariladi:

jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i (noturar ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno) bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarziga hisoblangan penya summalari;

oxirgi 6 oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan YATTlarning qatʼiy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan vujudga kelgan qarzi, hamda ularga hisoblangan penya va jarimalar summasi;

xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi uchun qo‘llanilgan jarimalar summasi.

Ushbu soliq qarzi, penya va jarimalarni undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer solig‘ining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi to‘xtatiladi.

🟢 Bu qaror ayniqsa qishloq hududlaridagi aholini qo‘llab-quvvatlash va ovoragarchilikdan xalos etish yo‘lidagi muhim qaror bo‘libdi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_agentligi #qaror #vm_424

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 🏙 "“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida” 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi (2023-yil 25-avgust 424-son).

📄 Qarorning 1-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

😎 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish va yagona hujjatga birlashtirish;

😎jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlari yuzaga kelganligi, boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi va bekor qilinganligi faktini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili;

😎ko‘chmas mulkni bo‘lish, birlashtirish va ularning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomili hamda ushbu xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdori;

😎davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, bu haqda guvohnoma berilgan ko‘chmas mulklarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va undan ko‘chirma berish, shu jumladan mazkur xizmatlarni bepul amalga oshirish.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM